Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari



Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/331
Sana20.06.2022
Hajmi3,92 Mb.
#685115
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   331
Bog'liq
2 5343945090190540872

 
 
 
Darsning mavzusi: Undalma haqida ma‘lumot. 
(66-68-mashqlar)
 
Darsning maqsadi:
ta‘limiy: 
undalma haqida tushuncha berish orqali o‗quvchilarni undalmali 
gaplarni ohangiga rioya qilib o‗qishga, ularni o‗zgalarga to‗g‗ri murojaat qilishga, 
o‗zgalarning esa o‗zlariga qaratilgan fikriga e‘tibor bilan qarashga o‗rgatish, 
undalmali gaplarda tinish belgilarini to‗g‗ri ishlatish ko‗nikmasini shakllantirish; 
FK1: 
o‗qilgan matn mazmunini va o‗zgalar fikrini anglash, ifodalay olish, 
undalma va undalmadan so‗ng vergul yoki undov belgisining qo‗yilishini bilish; 
tarbiyaviy: 
o‗quvchilarda kamtarlik, shirinsuxanlik, rostgo‗ylik fazilatlarini 
tarbiyalash; 
TK2:
media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; 
TK3:
mustaqil o‗qib-o‗rganish va bilimini muntazam oshirib borish; 
TK5:
yaxshi 
va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
17 


rivojlantiruvchi
: o‗quvchilar nutqida undalmalardan to‗g‗ri foydadlanishga 
o‗rgatish;
FK2: 
mavzuga oid so‗zlarni og‗zaki va yozma nutqda qo‗llay olish, 
o‗zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‗llay olish. 
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi dars. 
Darsning metodi
: suhbat, analiz, tushuntirish, mustaqil ish metodi. 
Darsning jihozlari: 
uyushiq bo‗lakli gaplar yozilgan ko‗rgazma,multimedia 
ilovalari. 
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. 
Husnixat daqiqasi: 
 Bolalar, siz kitobni seving!
 
II. Yangi mavzuning bayoni.
Dars yangi mavzuni tushuntirish bilan boshlanadi. O‗qituvchi doskaga 
oldindan undalmali gaplar yozib qo‗yadi. Gaplarni o‗qituvchi ohangga rioya qilgan 
holda o‗qib, namuna ko‗rsatadi. So‗ng 1—2 o‗quvchiga o‗qitadi, qayerda biroz 
to‗xtam (pauza) qilingani o‗quvchilardan so‗raladi:
1. 
Bolam, bobong yaratgan bog‗lar, bobong ekkan tutlar hozir ham yashnab 
turibdi.
2. 
O‗quvchilar, berilgan topshiriqlarni o‗ylab bajaring. So‗ng matn ustida 
quyidagicha ishlanadi.
O‗quvchilardan berilgan gaplarda fikr kimlarga qaratilganligi, murojaatni 
bildirgan so‗z qaysi turkumga kirishi so‗raladi. 
Multimedia ilova orqalimavzuni quyidagicha tushuntiriladi: 
1-topshiriq. 
Ekranda gaplar va ularning ostiga chiziqlar beriladi. O‗quvchilar 
gaplarning ega, kesimini tagiga tegishli chizig‗ini qo‗yib topadilar. 
O‗quvchliar gaplarning bosh bo‗laklarini belgilab, quyidagi savollarga javob 
beradilar: 
‒ Berilgan gaplarda fikr kimlarga qaratilgan?
‒ Murojaatni bildirgan so‗z qaysi turkumga kiradi? 
Javoblar umumlashtiriladi va qoida bilan tanishtiriladi. 
Eslab qoling: So‗zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‗z undalma 
deyiladi. Og‗zaki nutqda undalma undash ohangi bilan aytiladi. Yozuvda 
undalmadan so‗ng ko‗pincha vergul qo‗yiladi, kuchli his-hayajon bilan aytilsa, 
undov belgisi qo‗yiladi. 
Undalma gap bo‗lagi sanalmaydi. 

Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish