bir marotaba tekshirib ko‘riladi. Burg‘ilash uskunalarining aniqlangan uzunligi geologik jurnalga yozib
qo‘yiladi. So‘ng quduqqa kolonkali doloto tushirilib, u bilan kern burg‘ilanadi, kern diametri kolonkali
dolotaning ichki diametriga teng keladi. Kern - jins namunalarini to‘la chiqarish va uning butunligini
saqlash uchun burg‘ilash rejimiga rioya qilish zarur.
Ichida kern bor namunaolgich yoki doloto quduqdan juda sekin ko‘tariladi. Doloto yoki
namunaolgich mustahkamlash quvurlari boshmog‘iga yaqinlashganda ko‘tarish
tezligi yanada
pasaytiriladi. Kernni chiqarib olish uchun dastlab kernuzatgich burab olinadi, keyin namunaolgichning
yuqori qismi asta ko‘tariladi, shunda kern bemalol ajraladi.
Agar kern namunaolgichning kern saqlovchi quvurida siqilib qolgan bo‘lsa, u vaqtda
namunaolgichning drenaj klapanli yuqori qismi burab olinadi va kern gidravlik yoki vintli press
yordamida itarib chiqariladi. Namunaolgich va kernni biror jism bilan urib chiqarish mumkin emas. Kern
chiqarishda geologiya xizmati vakili qatnashishi lozim. Olingan kern gil eritmasidan tozalanadi va maxsus
yashikka solinadi. Yashikka taxlash chapdan o‘ngga qarab, quduq chuqurligi bo‘yicha, tartib bilan amalga
oshiriladi. Kern sinib bo‘linib ketgan bo‘lsa, bo‘linish tekisligi bo‘yicha ulanadi. Kernning
sinib ketgan
mayda bo‘lakchalari qopga solinadi yoki qalin qog‘ozga o‘raladi, so‘ng kern kabi chuqurlik bo‘yicha
joylanadi. Yashikka taxlangan kern ikki nusxada yozilgan yorliq (etiketka) bilan hujjatlashtiriladi,
ularning har biri qalin qog‘ozga o‘ralib, birinchi nusxasi taxlangan kernning bosh qismiga, ikkinchi
nusxasi kern tugagan joyga qo‘yiladi. Yorliq quyidagi shaklda tuziladi:
– Geologik-qidiruv partiyasining, burg‘ilash korxonasining nomi. . . . .
– Quduq burg‘ilanayotgan maydon nomi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Quduq №. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Quduqning qazilgan oralig‘i... m dan ___ m gacha . . . . . . . . . . . .
– Kernni chiqqan uzunligi. . . . . . . . . . . . . m . . . . . . . . . . . . . . . . . .%
– Namuna № . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
– Kern olingan muddat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
( Ochilgan jinslarning qisqacha litologik tavsifi. . . . . . . . . . . .
Yorliq oddiy qora qalamda to‘ldiriladi. Agar belgilangan intervaldan kern olishning iloji bo‘lmasa
yashikka yorliq qo‘yilib, kern olinmaganligining sababi yoziladi. Yashikka kern taxlangandan so‘ng
qopqog‘i yopiladi. Uning
har ikkala yoniga quduq raqami, kern olingan interval chuqurligi yoziladi,
strelka bilan kernning taxlash yo‘nalishi ko‘rsatiladi. So‘ngra yashik kern o‘rganiladigan geologiya
bo‘limiga yuboriladi.
Kern olishda turli tipdagi kolonkali snaryadlardan foydalaniladi. Tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon
foydali qazilmalar bo‘lgan jinslarni burg‘ilashda, odatda bir boshli kolonkali snaryad ishlatiladi. Bunday
snaryadlar ishlatilishining samaradorligi asosan jinsni maydalaydigan uskunaning turiga bog‘liq. Odatda
qattiq foydali qazilmalarni burg‘ilashda O‘zbekiston Respublikasida qattiq qotishmali, pitra (drob)li va
olmosli koronkalar hamda kolonkali sharoshkali dolotolardan foydalaniladi. Chaqiq va yumshoq jinslarni
burg‘ilashda esa tishli va qirrali koronkalar ishlatiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan dolotolar konstruksiyasi va burg‘ilash
texnologiyasi kernni 100% olish imkonini bermaydi. Burg‘ilanayotgan jinslarning litologik tarkibiga va
burg‘ilash texnologiyasiga bog‘liq holda kolonkali dolotolar yordamida 40-90% kern olish mumkin.
Amaliyotda esa kern faqat 30-40%gina chiqarib olinadi. Chaqiq terrigen jinslardan, ayniqsa mahsuldor
qumtoshlardan kern chiqishi 5-10%ga tushib qoladi, ba’zan qattiq gil va karbonat jinslarda 60-80%ga
etadi.
Yonlama namunaolgich bilan quduq kesimining xohlagan chuqurligidan namuna olish mumkin.
Lekin, olingan namunaning o‘lchami juda kichik (uzunligi 70 mm, diametri - 30 mm) bo‘lganligidan
kolonkali doloto bilan olinadigan kern o‘rnini bosa olmaydi va o‘rganilayotgan qatlam jinslari to‘g‘risida
to‘liq ma’lumot bermaydi. Jinslarning neft-gazga to‘yinganlik ehtimoli geofizik metodlar yordamida
aniqlansa, kesimning ushbu intervallarini yanada mufassalroq o‘rganish zarur bo‘ladi. Buning
uchun
burg‘ilash tugagandan so‘ng quduq devoridan jins namunalari olinadi. Ba’zan grunt namunalari burg‘ilash
jarayonida hamda quduqda kon-geofizikasi yoki boshqa ko‘rinishdagi tadqiqotlar o‘tkazilganda ham
olinadi.
Hozirgi vaqtda amaliyotda otuvchi yonlama namunaolgichlardan keng foydalanilmoqda. Namuna
nihoyatda tez olinishi bilan birga u ko‘pincha bo‘laklarga bo‘linib yoki maydalanib, kukun holiga kelib
qolishi yoki o‘lchami juda kichik bo‘lishi mumkin. Bunday namunaolgichlar qo‘llanganda kern chiqishi
50%ga etadi. Yumshoq (qum-gilli) jinslardan kern chiqishi 100%ga etishi va o‘z navbatida qattiq (zich
qumtosh, zich ohaktosh, angidrit va b.) jinslardan namunani umuman olib bo‘lmasligi mumkin.
Shuningdek, parmalovchi yonlama namunaolgichli snaryadlar ham ishlab chiqarilgan.
Kern olinadigan intervallarni tanlash asosan o‘rganilayotgan geologik muammoning mazmuniga bog‘liq.
Burg‘ilanadigan quduqlar vazifasiga ko‘ra tayanch, parametrik, izlash, razvedka, baholash va ishlatish
quduqlariga bo‘linadi.
Tayanch quduqlari chuqur quduqlar bilan izlanishlar olib borilmagan maydonlarda qaziladi. Ushbu
quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida yirik struktura elementlarining geologik tuzilishi va
gidrogeologik sharoiti, neft va gaz to‘planishiga qulay bo‘lgan tog‘ jinslari yotqiziqlari majmuasining
tarqalish qonuniyatlari, neft va gaz konlarini topish uchun bajariladigan geologik-qidiruv ishlarining
istiqbolli yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi. Tayanch quduqlari devoridan kern uzluksiz olinadi.
Parametrik quduqlar katta chuqurlikdagi jinslarning geologik tuzilishini o‘rganish, neft-gaz to‘planishi
mumkin bo‘lgan rayonlar va istiqbolli uchastkalarni aniqlash uchun burg‘ilanadi. Bunday quduqlardan
kern kesimning belgilangan qismidan bir
meyorda olinadi, shuningdek, geologik tuzilishi va litologik
tarkibi keskin farqlanadigan intervallardan ham olinadi.
Neft-gazli rayonlardagi yangi maydonlarda qaziladigan ikkinchi va uchinchi izlash quduqlaridan
kern belgili va mahsuldor gorizontlardan, keyinchalik qaziladigan izlash va razvedka quduqlarida esa
faqat mahsuldor gorizontlardan olish tavsiya etiladi.
Ishlatish boshlanayotgan yangi uyumlarda va uzoq muddat beri ishlanayotgan neft konlarida jinslarning
qay darajada neftga to‘yinganligini aniqlash va qoldiq zaxiralarni baholash maqsadida baholash quduqlari
qaziladi. Bunday quduqlarda mahsuldor qatlamning qalinligi bo‘yicha 12,5% uzluksiz kern olinadi.
Ishlatish quduqlaridan odatda kern olinmaydi. Faqat hamma burg‘ilanayotgan quduqlarning 10%dan neft
va gazli qatlamlar ochilganda mahsuldor jinslarning kollektorlik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida
kolonkali doloto yordamida kern olinadi.
Kesimning etalon namunalaridan tashqari quyidagi namunalar olinadi va saqlab qo‘yiladi:
1) tayanch (belgili) gorizontlardan olingan namunalar;
2) ayrim stratigrafik majmualar tutash yuzalarini tavsiflovchi namunalar;
3) tektonik buzilishlar va transgressiv nomuvofiqlik zonalaridan olingan namunalar;
4) fauna (jonzotlar qoldig‘i) bor
jinslarning namunalari;
5) neftlilik belgilari bo‘lgan jins namunalari;
6) yuqori va o‘ta yuqori radioaktivlikka ega bo‘lgan jins namunalari;
7) etalon kesimda qayd qilinmagan fatsiyali biron-bir gorizontni ochgan quduqdan olingan kern va sh.k.
Do'stlaringiz bilan baham: