65
Ishlab chiqarish jarohatlari mexanik, issiqlik, kimyoviy, elektrik, aralash
turlariga bo‗linadi. Odam organizmiga rentgen, elektromagnit va boshqa
nurlanishlarning salbiy ta‘sirlari ham bo‗lishi mumkin.
Baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sabablar quyidagi guruxlarga bo‗linadi:
-
tashkiliy;
-
texnik;
-
texnologik
-
sanitariya-gagienik;
-
psixofizioligik.
Jarohatlar kelib chiqishi bo‗yicha ishlab chiqarish bilan, ish bilan bog‗liq va
maishiy turlarga bo‗linadi.
Ishlab chiqarish bilan bog‗liq jarohatlarga korxona hududida yoki undan
tashqarida lavozim vazifasini bajarish vaqtida hamda korxona transportida ishga
yoki ishdan ketayotganda sodir bo‗lgan baxtsiz xodisalar kiradi.
Ish bilan bog‗liq jarohatlarga esa, ishga jamoat transportida, shaxsiy
transport vositasida yoki yayov ketayotgan hollarda hamda korxona hududida
lavozim vazifasidan boshqa ishlarni bajarish hollarida yuz bergan baxtsiz hodisalar
kiradi.
Ish bilan bog‗liq jarohatlar ixtiyoriy formadagi dalolatnoma yozib, ikkita
guvohga imzo chektirish bilan rasmiylashtiriladi va vaqtinchalik ishga qobiliyatini
yo‗qotganligi uchun ish stajidan qatiy nazar ijtimoiy sug‗urta jamg‗armasidan
100% haq to‗lanali, lskin bu jarohatlar korxona iqtisodiy faoliyatiga ta‘sir
qilmaydi.
Boshqacha aytganda, korxona bu jarohatlar uchun javob bermaydi.
Bularga misol tariqasida alkogol yoki narkotik moddalar bilan mast bo‗lish,
mehnat intizomini buzish, o‗z shaxsiy maqsadida ishlar qilayotganda va boshqa
sh.o‗. hollarda jarohatlanish.
Jarohatlar og‗irligi bo‗yicha quyidagacha tavsiflanadi:
-
mikrojarohatlar, ish qobiliyatini yo‗qotmaydi;
-
mehnat qobiliyatini kundan ortiq muddatga yo‗qotish
bilan bog‗liq jarohatlar;
-
og‗ir baxtsiz hodisalar (o‗lim bilan tugagan yoki bir guruh,
ikki va undan ortiq odamlar bilan sodir bo‗lgan
jarohatlar. Bu jarohatlar alohida taftish qilinadi).
Nizomga binoan ishlab chiqarishda sodir bo‗lgan barcha baxtsiz hodisalar,
og‗irligidan qatiy nazar, taftash qilinadi. Taftish qilishdan asosiy maqsad - baxtsiz
hodisaning haqiqiy sababini aniqlash va shunga o‗xshash hodisalar qayta
takrorlanmasligi uchun aniq tadbirlar ishlab chiqishdir.
Baxtsiz hodisalarni taftish qilish uch sutka davomida tugatilishi va N-1
formasida dalolatnoma yozilishi kerak va u korxonada 45 yil saqlanishi kerak.
Nizom korxonaga boshqa tashkilotdan vaqgincha ishlashga yuborilgan,
ishlab chiqarish amaliyoti o‗tayotgan talaba va o‗quvchilar, guruxli va o‗lim bilan
tugagan baxtsiz hodisalarni taftish qilishga alohida ahamiyat berilishi kerakligini
ta‘kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: