3.1 - rasm. Faoliyat modeli 1 - inson, 2- muhit, 3- reaktiv aloqalar.
3.2 – rasm. Faoliyatni dekompozitsiyalash
1- inson, 2- mexnat predmetlari, 3- mehnat vositalari, 4 – energiya, 5 mexnat
maxsuli, 6- texnologiya, 7 – flora, 8 – fauna, 9 – ma‘lumot, 10 – tabiiy-klimatik
sharoitlar, 11 – tashkil qilish, 12 – jamoa, n – va boshqa,
Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma‘noda xavf va uning xavfli
turkumlarini aniqlashga imkon beradi.
Shuning uchun faoliyatni loyixalashda maqbul bo‘lgan manba
ma‘lumotlaridan foydalanilgan holda uni yetarli darajada detallashtirish
(elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muximdir.
3. Faoliyatni dekompozitsiyalashga
topshiriq:
Quyidagi ishlab chiqarish ob‘ektida faoliyatni dekompozitsiyalash shakli
tuzilsin:
1.
Ishchi xodimlar uchun faoliyat dekompozitsiyasini tuzish.
2.
ITB (Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi) bo‘yicha ishlab chiqarish muxiti
tavsifi.
3.
ITB bo‘yicha to‘liq ma‘lumotlar keltiriladi.
AMALIY MASHG„ULOTLAR №6
XAVFSIZLIKNI LOYIHALASHNING VA TAXDIL QILISHNING
USLUBIY LOGIK KETMA-KETLIGINI O„RGANISH
Ishdan maqsad:
Sanoat korxonasi sanitariya-texnik pasportini ishlab
chiqish uslubi va mazmunini o‗zlashtirish.
Mustaqil bajarish uchun vazifa:
Sanitariya-texnik pasport qo‗llash haqidagi
uslubiy ko‗rsatmani o‗rganish, korxona, sex sanitariya-texnik holatining
namunaviy pasport shakli va mazmuni bilan tanishish, ish natijalari
jadvallarini tayyorlash (1,2 ilova)
Amaliy ish hisobotida ishlab chiqarish bo‗limida mehnat sharoitlarining
sanitariya-texnik holati pasportini tuzish tartibi va uning maqsadi haqida
yozish hamda uslubiy ko‗rsatma so‗nggida keltirilgan nazorat savollariga
qisqa javob berish talab qilinadi.
Sanitariya-texnik pasporti jadvallarni to‗ldirishda ishlovchilarni soni,
sexlar maydoni va xajmi, havo almashish karraligi, sanitariya-maishiy
xonalar bilan ta‘minlanganlik bo‗yicha qiymatlarni 4-amaliy ish natijalaridan,
meteorologik holat, yoritilganlik, titrash va changlanganlik va boshqalar
bo‗iicha 159-auditoriyada bajarilgan laboratoriya ishlari natijalaridan linadi.
To‗qimachilik va engil sanoat korxokalarida mehnat sharoitlarini sanitariya-
texnik pasportini tuzishdan ko‗zda tutilgan maqsad ishlab chiqarish
sexlarida mehnzt sharoitlari holatini muntazam nazorat qilish, zararli va xavfli
mehnat sharoitlarini aniqlash va 6u uchastkalarda ishlovchi ishchilar sonini
qisqartirish maqsadida tadbirlar ishlab chiqishdir.
Pasportizaiiya har bir ishlab chiqarish uchastkasida amalga oshiriladi.
Agar mehnat sharoitlari ayrim ish joylarida zararli omillar ta‘siri bo‗yicha bir-
biridan farq qilsa yoki hudud bo‗yicha alohida bo‗lsa pasportizatsiya mehnat
sharoitlari bir xil bo‗lgan bir guruh ish joylari uchun eki alohida ,ish joylari
uchun o‗tkaziladi.
Pasportlash vaqtida havo muhitining holati (yilning issiq va sovuq
davrlari uchun harorat, eaharli gazlar, bug‗lar changlar)ga, shovqin va titrash
sathiga va yoritilganlikka baho beriladi. Bu kattaliklar sanitariya
me‘yorlari, mehnat xavfsizligi standartlari bilan solishtiriladi vz sexning
nohush uchastkalari aniqdanadi. Bunda ishlovchilar soni, shu jumladan
ayollar soni, tungi smenada, zararli ish sharoitlaridz ishlovchiler soni,
qo‗shimcha ta‘tildan va qisqartirilgan ish kunlaridan foydalanuvchilar,
davolash-profilaktik ovqatlaridan foydala-nuvchi o‗ta zararli shi joylarida
ishlovchilar soni, og‗ir mehnat bilan band hamda me\nat muhofazasi
talablarnga javob bermaydigan, zararli omillar ta‘siri ostida bo‗lgan mehnat
sharoitlarida ishlovchilar soni aniqlanadi.
Ishlab chiqarish ob‘ektlari har yili pasportizatsiyadan o‗tkaziladi, bu
ish joylarda mehnat sharoitlarini dinamikada baxo berishiga va ish
sharoitlarini sog‗lomlashtirish, kasallik va jaroxatlarni pasaytirish bo‗yicha
o‗z vaqtida tadbirlar qabul qilishiga imkon beradi. Pasportlash natijalari
bo‗yicha quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi:
a)
zararli sharoitlarda ishlovchi ishchilar sonini kamaytirish
bo‗yicha;
b) mehnat sharoitlari belgilangan me‘yorlarga mos bo‗lmagan bino,
inshoot va ob‘ektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish, sozlash va ta‘mirlash
bo‗yicha;
v) zarur da‘vo – profilaktik muassasa va sanitariya-maishiy xonalarni
ko‗rish bo‗yicha;
SHuning uchun pasportlash ko‗rsatkichlari korxonaning iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish rejasida o‗z aksini topadi.
Pasport ikki nusxada to‗ldirilib, uning bir nusxasi sex boshlig‗ida va
ikkinchi nusxasi korxonaning mehnat muhofazasi bo‗limida saqlanadi.
Pasportni to‗g‗ri va o‗z vaqtida to‗ldirish mas‘uliyati sex boshlig‗iga
yuklanadi.
O‗lchov natijalariga sex boshlig‗i, mehnat muhofazasi vakili va
o‗lchovlarni olib borgan shaxs tomonidan imzo chekiladi.
Korxona sanitariya-texnik pasporti bosh muxandis va korxona kasaba
uyushmasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Sex, bo‗lim va uchastkalarning sanitariya-texnik holatini pasportlarini sex,
bo‗lim va uchastka boshliqlari olib boradilar. Pasportga kiritilgan
ko‗rsatkichlar va pasportning saqlanishi uchun ular javob beradilar.
Ishlab chiqarish omillari kattaliklarini (chang, gaz konsentratsiyasi,
yoritilganlik, shovqin, titrash va sh.o‗.) sanitariya laboratoriyalari xodimlari
o‗lchaydilar.
Sanitariya laboratoriya faoliyatini tuman, shahar sanepidem stansiyalari
usyaubiy boshqaradilar. Korxona bo‗yicha olib boriladigan tadqiqot ishlari
hajmini, ularning sex, z/chastka va ish joylaryadagi namuna olish
nuqgalarining
joylashishini
korxona
mexnat
muhofazasi
bo‗limi
sanepidem stansiyaning korxonaga biriktirilgan sanitariya vrachi bilan
birgalikda belgilaydi va bosh muxandis tasdiqlaydi. Korxonada sanitariya
laboratoriyasi bo‗lmagan hollarda pasport to‗ldirish ishlarini mehnat
muhofazasi muxandisi tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |