48
bo‘lib o‘tgan voqea, hodisa, ish-harakatni
yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga
guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma
tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni tuzishdan asosiy maqsad sodir
bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy
jihatdan isbotlash
yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy me’yorlar
bilan qat’iy belgilangan.
Dalolatnomalar
tegishli
taftish
o‘tkazishdan
keyin,
rahbarlik
almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan
ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va
keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida,
qimmatbaho buyumlarni hisobdan o‘tkazish
yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni
miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar
yoki tabiiy ofatlar
oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida,
xodimlarning
moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1.
Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
2.
Tuzilgan sanasi va joyi.
3.
Tartib raqami va tasdiq belgisi
4.
Matn sarlavhasi.
5.
Hujjat turi nomi (Dalolatnoma)
6.
Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori
yoki ko‘rsatmasi kabilar)
7.
Komissiya tarkibi (Rais va a’zolar)
8.
Ishtirok etuvchilar (guvohlar)
9.
Dalolatnoma matni.
10.
Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi)
11.
Tuzilgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12.
Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim
hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-
49
topshirish
chog‘ida
tuziladigan
dalolatnomalarda
xodimlar
tomonidan
topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalar tarzida),
topshirish vaqtidagi
ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va
hokazo.
Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kirish va ta’kid qismlaridan
tashkil topadi.
Kirish qismi quyidagi tartibga ega:asos, tuzildi, ishtirok etganlar kabi
qismlardan iborat. Bu qismlarning o‘z vazifasi va mohiyati mavjud. Dalolatnomaning
ta’kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan
ishlarning maqsad va
vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos
bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda
dalolatnomaning ta’kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan
xulosalar va takliflar
qilinadi.
Dalolatnoma matni so‘nggida uning necha nusxadaligi ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma odatda uch nusxada tuzilib, birinchisi-yuqori idoraga,
ikkinchisi-
muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘ma jildiga solib qo‘yish
uchun topshiriladi. Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish
qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda, to‘rtburchak
muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana
shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma oxiriga komissiya raisi va a’zolari
tomonidan imzo qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: