Hinduiylik.
Hinduiylik murakkab din bo‘lib, u uzoq davr
mobaynida shakllangan.
22
Miloddan avvalgi VI–V asrlarda braxmanlik bilan bud-
daviylik o‘rtasidagi raqobat natijasida hinduiylik dini yuzaga
keldi. Bu dinga Hindiston aholisining 83 foizi e’tiqod qiladi.
Hinduiylikda besh qoida ustuvor hisoblanadi:
1) Vedalarning muqaddasligi;
2) (pir, ustoz) ning tan olinishi;
3) muqaddas joylarga ziyoratga borish;
4) sanskrit muqaddas til ekanligi;
5) sigirning muqaddas ekanligi tan olish.
Hinduiylikda braxmanlar deb ataluvchi ruhoniylar asosiy
o‘rin egallaydi. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa
vakillaridan, balki oddiy xalqdan yoki ayollardan bo‘lishi
mumkin. Ular eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini
ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni
yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar.
Hinduiylikning o‘ziga xos jihati tabaqalanish, ya’ni, kasta
tizimining mavjudligidir.
HINDUIYLIK DINIDA TABAQALANISH TO‘RTgA
BO‘LINADI
Braxmanlar (Ruhoniylar)
Kshatriylar (Harbiylar)
Vayshiylar (Savdogarlar, hunarmandlar)
Shudriylar (Past tabaqalar)
Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva
xudolari asosiy bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni
yaratgan xudosi sanalsa-da, asosan Vishnu va Shivaga sig‘iniladi.
Shundan kelib chiqib, hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi:
23
1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi (Shivaizm).
2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi (Vishnuizm).
Shiva – kambag‘allar xudosi sanalib, «Rigveda» manbasida
Pudra nomi bilan zikr etilgan.
Vishnu – «Rigveda» manbasida u quyosh xudosi – birinchi
darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita,
Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U «Krishna bilan qo‘shilib
yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi».
Hinduiylikda «Mahobxorat» va «Ramayana» dostonlari o‘ziga
xos muqaddas o‘rin egallaydi. Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib
tasvirlanadi.
Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq,
moma qaldiroq, osmon, quyosh, bilan bog‘liq afsonalar mavjud.
Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuiylik bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha
kunlarga cho‘zilib ketadi. Ular duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish,
ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, qurbonliklar
atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish
kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida
bajariladi. Sigir muqaddas hayvon sifatida xudolar qatorida
e’zozlanadi. U keyinchalik «tirik but»ga aylanib, Shivaning
ma’budlik o‘rinini to‘ldirdi. Vishnuiylikda muqaddas hayvon
maymun bo‘lib «Rigveda»da «Vrishakani (erkak maymun)
timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin», degan
rivoyat keltirilgan. Maymun «Ramayana» dostonidagi odam-
xudo – Ramning ittifoqchisi maymun-xudo Xanumanning vakili
sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki
xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy
sohasi, marosimiy tizimi murakkablashib ketgan. Xalq ommasi
orasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom
etmoqda.
24
Do'stlaringiz bilan baham: |