O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
Z. M. ISLOMOV, N. A. MUHAMEDOV, F. A. SINDAROVA
DINSHUNOSLIK
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma
TOSHKENT
«Niso Poligraf»
2016
UO‘K: 291(075.32)
KBK 86.3
I 53
Ta q r i z c h i l a r:
M. Artikov
– falsafa fanlari nomzodi, dotsent
M. Komilov
– tarix fanlari nomzodi, dotsent
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari
bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2016-yil 6-apreldagi 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
Islomov Z.
Dinshunoslik:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
uchun o‘quv qo‘llanma. Z. Islomov, N. Muhamedov, F. Sindarova.
/O‘z be kiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli gi. –
T.: «Niso Polig raf», 2016. – 120 b.
Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda
milliy qadriyatlar bilan bir qatorda diniy qadriyatlarning ham ahamiyati
katta. Xalqimizning buyuk ajdodlarimiz mеrosidan bahramand bo‘lishi,
islom dinining insonparvarlik falsafasi va ezgu g‘oyalari yoshlar qalbidan
joy olishi uchun mamlakat ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar olib
borilmoqda. Jumladan, jahon madaniyatining muhim qismlaridan biri
hisoblangan dinga, хususan, «Dinshunoslik» faniga qiziqish tobora ortib
bormoqda.
«Dinshunoslik» fani bo‘yicha ushbu o‘quv qo‘llanma akadеmik litsеy
va kasb-hunar kollеjlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
UO‘K: 291(075.32)
KBK 86.3я721
ISBN 978-9943-4765-1-6
© «Niso Poligraf», 2016-y.
3
KIRISh
Globallashuv jarayonlari kechayotgan hozirgi kunda turli
madaniyat va dinlarga mansub xalqlar o‘rtasidagi muloqot va
hamkorlik, o‘zaro bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada dinshunoslik fani
oldiga muhim vazifalar qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyati bilan ham-
korlik qilayotgan sharoitda turli konfessiya vakillari bilan
muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish dolzarb
masalalardan sanaladi. Hozirda O‘zbekistonda 16 diniy
konfessiya vakillari emin-erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z
navbatida ko‘pdinlilik sharoitida o‘quvchi yoshlarimiz barcha
bilimlar qatori dinshunoslik fanini ham yaxshi o‘zlashtirishi
lozim.
Ayniqsa, bugungi globallashuv sharoitida inson ongi va
qalbini egallash uchun kurash ketayotgan davrda din omilining
ahamiyati beqiyos. Bugungi yoshlar davlat va din hamda
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy
jihatlarini to‘g‘ri idrok etishlari zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
ta’kidlaganlaridek,
«Dunyoviy va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi
nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to‘g‘ri
tushuntirishimiz lozim. Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat
beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to‘ldirmas
ekan, bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli
javob topish oson bo‘lmaydi. Shu ma’noda, biz muqaddas
dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo ulug‘lab, shu bilan
4
birga, dunyoviy hayotga ham qat’iy ishonch bilan intilib
yashagan taqdirdagina o‘z ezgu maqsadlarimizga yeta olamiz»
1
.
Mazkur fikrni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutgan holda
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida «Dinshunoslik» fani
joriy etilgan.
Ta’lim muassasalarida dinshunoslik fanini o‘qitishdan
asosiy maqsad – o‘quvchi yoshlarga din, uning kelib chiqishi,
taraqqiyoti, insoniyat hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy
tushunchalar berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov-
ning din, o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, qadriyatlari, milliy
istiqlol g‘oyasi haqidagi fikr-mulohazalari, chuqur ilmiylik,
tarixiylik, xolislik tamoyillari asos qilib olindi.
«Dinshunoslik»ning asosiy fanlar qatorida o‘qitilishi O‘zbe-
kiston Respublikasi mustaqilligining sharofati ekanligi, din,
dindorlar va diniy tashkilotlarga nisbatan davlat tomonidan
adolatli siyosatning o‘rnatilishi, vijdon erkinligining fuqarolarga
Konstitutsion kafolat lanishini tushuntirish bosh maqsadlardan biri
qilib qo‘yildi. «Dinshunoslik» fani bo‘yicha qaytadan tuzatish va
to‘ldirishlar kiritilgan ushbu o‘quv qo‘llanma akademik lisey va
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga moslab tuzilgan.
1
Karimov I.A.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat»,
2008. B. 96.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |