10.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa umumiy
daromaddan umumiy harajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir. Firmalarning taklifi
qarorini tahlil qilishni 10.2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning birinchi ustunida A firma
ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma’lumotlari berilgan. Ikkinchi ustun firmaning
umumiy daromadini ifodalasa, ya’ni 1 litr sut $6 narxini miqdor ko’paytmasiga teng,
uchinsi ustun firmaning umumiy harajatini ko’rsatadi. Umumiy harajat doimiy
harajatlarni o’z ichiga olib, u 3$ deb belgilangan, o’zgaruvchan harajatlar esa
mahsulotning miqdoriga bog’liq.
To’rtinchi ustunda firmaning foydasi ko’rsatilgan, bu umumiy daromaddan
umumiy harajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab
chiqarmasa, u 3$ yo’qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 1$,
agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi foydani
maksimallashtirishdir. Misolga ko’ra, firma to’rt yoki besh litr sut ishlab chiqarsa, uning
foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi.
A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma
foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan
mahsulotning chekli harajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi
mumkin. 10.2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy
harajatlar hamda mahsulot miqdorlari o’zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan chekli
daromad va chekli harajatlarni va oxirgi ustun har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan
miqdor uchun foydani ko’rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan birinchi litr sutning
chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 2 $dir. Shu sababli 1 litr sut ishlab
chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi litr sutning chekli
daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut ishlab chiqrishning foydasi
3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab chiqarishni 5 litrga yetkazsa, vaziyat
o’zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 7 $dir. Shu
sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$ dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada
A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab chiqara olmaydi.
Agar chekli daromad chekli harajatlardan yuqori bo’lsa, firma yana sut ishlab
chiqargani ma’qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli harajatlardan
past bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma’qul. Agar A firma yaxshilab o’ylab
cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarsa ular foydani
maksimallashtirgan bo’ladi.
10.2-jadval
Foydani maksimallashtirishga doir misol
Tahlilimizni davom ettirib, 10.1-rasmdagi harajatlar egri chizig’ini ko’rib
chiqamiz. Ular uchta asosiy xususiyatga ega: chekli harajatlar egri chizig’i yuqoriga
qarab ko’tariladi. Umumiy o’rtacha harajatlar esa U shakliga ega bo’ladi. va chekli
harajatlar egri chizigi umumiy o’rtacha harajatlarning eng oxirgi minimum nuqtasida
tutashadi. Shuningdek, diagrammada bozor narxi gorizontal chiziq bilan ko’rsatilgan.
Uning o’rtacha va chekli daromadlariga mos keladi. Boshqacha so’z bilan aytganda,
narx firma ishlab chiqarmoqchi mahsulot miqdoriga bog’liq emas. Narx chizig’i
gorizontaldir, chunki firma narxni qabul qiluvchi hisoblanadi. Firmaning ishlab
chiqarish hajmidan qat’iy nazar narx bir xil bo’ladi. Shuni esdan chiqarmangki,
raqobatli firmaning o’rtacha va chekli harajatlari kabi narxlari ham tengdir.
10.1-rasmdan biz daromadni maksimallashtiradigan mahsulot miqdorini topish
uchun foydalanamiz. Tasavvur qiling, firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari soni Q1.
Ishlab chiqarishning bu darajasida chekli daromad chekli harajatlardan ko’p bo’ladi.
Ya’ni, agar firma ishlab chiqarish miqdorini bir birlikka ko’paytirsa, qo’shimcha
daromad qo’shimcha harajatlardan ustun bo’ladi. Foyda, ya’ni umumiy daromaddan
umumiy harajatlarni ayirib tashlanishiga teng bo’ladi va u o’sib boradi. Bu jadvalda
chekli harajatlarning egri chizig’i, o’rtacha umumiy harajatlar, o’rtacha o’zgaruvchan
harajat egri chizig’i ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |