B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/143
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#681445
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI (1)

 
 
 
 


94 
 
 
 
 


95 
VIbob: АҲОЛИ КАСАЛЛАНИШИНИ ЎРГАНИШ ВА УНИНГ 
ПРОФИЛАКТИКАСИДА ХАМШИРАЛАРНИ УРНИ 
 
6.1. Aholini kasallanishini turlari, uni o‘rganish usullari 
 
Aholining 
salomatlik 
darajasiga 
baho 
beruvchi 
ko‘rsatkichlardan biri kasallanish hisoblanadi. Kasallanish deganda - 
aholi orasida yoki uning ayrim guruhlari ichida tarqalgan kasalliklar 
tushuniladi. Ayrim joylarda va ma’lum vaqt oralig‘ida kasallanishlarni 
o‘rganish sog‘liqni saqlash muassasalari uchun katta ahamiyatga ega. 
Kasallanish ko‘rsatkichi aholi o‘rtasida, barcha kasalliklarni birgalikda 
va har bir nozologik shakl bo‘yicha alohida aholining yoshi, jinsi, 
ijtimoiy kelib chiqishi, mutaxassislik va boshqa guruhlari bo‘yicha 
tarqalish darajasini ko‘rsatadi. Kasallik ko‘p hollarda bemorlar tibbiy 
yordam olish uchun murojaat etganlarida ro‘yxatga olinadi. Shu sababli 
kasallanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi, asosan tibbiy 
yordam hajmi, xarakteri, sifati, ixtisosligi va ko‘rsatilishi bemorlarning 
murojaat qilish imkoniyatiga bog‘liqdir. Aholining kasallanish 
ko‘rsatkichining aniqligi, to‘liqligi, sifati asosan vrach va uning 
yordamchisi hamshiraga bog‘liq, chunki u o‘zining mutaxassislik 
faoliyatida kasallikni aniqlaydi, halkaro tasnifiga ko’ra tashhis qo’yadi 
va ruyxatga oladi. 
Bemorni davolayotgan va kasallikni ruyxatga olgan vrach 
kasallikni belgilashda, unga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda klassifikatsiyadan 
foydalanadi. Kasallanishlarni o‘rganayotgan tibbiyot xodimlari hozirgi 
paytda ishlatilayotgan kasalliklar klassifikatsiyasidan foydalanib, 
statistik materiallarni to‘g‘ri guruhlay bilishi kerak. 
1900 yil 21 avgusda Parijda 26 mamlakatdan kelgan delegatlar 
ishtirokida kasalliklar va o‘lim sabablari klassifikatsiyasini ko‘rib 
chiqish uchun birinchi marta halqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan va u 
birinchi klassifikatsiyani tasdiklangan. Konferensiya karori bilan xar 10 
yilda klassifikatsiya qaytadan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Hozirgi paytda 
jahon sog‘liqkni saqlash tashkilotini sanitar statistika sohasidagi 
ekspertlari bunday klassifikatsiya qaytadan ko‘rish bilan bevosita 
shug‘ullanadilar. Kasallik va o‘lim sabablarini halqaro klassifikatsiyasi 
va nomenkulaturasi o‘tgan davrlar mobaynida 10 marta ko‘rib chiqiladi. 


96 
1989 yilda 10 – chi HKT qayta ko‘rib chiqilgan 1993 yili Jahon 
sog‘liqni saqlash Assambleyasi sessiyasida qabul qilindi. 
Ushbu “Xalqaro kasalliklar tasnifi va sog‘liq bilan bog‘liq 
muammolar” 
hafaqat 
undan 
foydalanuvchilarning 
diagnostik 
ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun balki inson 
salomatligini xarakterlovchi boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga 
qamrab olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vaziri buyrug‘i (22 
yanvar 2003 yil 31 sonli) ga ko‘ra HKT – 10 ni bizning Respublikada 
amalga kiritish bo‘yicha tartib va chora tadbirlar belgilangan. Ushbu 
buyruqning joriy etilishi kasalliklar va o‘lim sabablarini barcha boshqa 
mamlakatlar bilan qiyoslash imkonini beradigan nomenklaturaga o‘tish 
imkonini beradi. 
Bu esa, o‘z navbatida statistik ma’lumotlar sifatini yaxshilash, 
sog‘liqni saqlashni boshqarish va tibbiy ilmi rivojini integratsiyalash 
imkonini yaratadi. Uning o‘zbek tilidagi nashri 2004 yili birinchi bor 
chop etildi. 
HKT–10 da barcha bir turdagi patologik holatlar olingan 
ma’lumotlarni tahlil etish uchun guruhlarga ajratilgan. HKT–10 da 
barcha kasalliklar, sinflarga bo‘lingan, sinflar o‘z navbatida – bloklarga, 
bloklar uch belgili ruknlarga, uch belgili ruknlar to‘rt belgili kenja 
ruknlarga bo‘lishgan.
10-qayta ko‘rilgan ""Kasalliklar, shikastlanishlar va o‘lim 
sabablarini xalqaro klassifikatsiyasi" 21-ta sinfdan iborat. 

I sinf – Ba’zi infeksion va parazitar kasalliklar 

II sinf – O‘smalar

III sinf – Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun 
mexanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar

IV sinf – Endokrin sistema kasalliklari, ovqatlanish tartibsizligi 
va moddalar almashinuvi buzilishlari

V sinf – Ruhiy buzilishlar va hulq atvor buzilishlari

VI sinf – Nerv sistemasining kasalliklari 

VII sinf – Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari


97 

VIII sinf – Quloq va so‘rg‘ichsimon o‘sig‘ kasalliklari

IX sinf – Qon aylanish sistemasi kasalliklari

X sinf – Nafas organlari kasalliklar

XI sinf – Hazm qilish organlari kasalliklari 

XII sinf – Teri va teri osti klechatkasi kasalliklari 

XIII sinf – Suyak – mushak sistema va qo‘shuvchi to‘qima 
kasalliklari 

XIV sinf – Siydik tanosil sistema kasalliklari

XV sinf – Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr 

XVI sinf – Perinatal davrda yuzaga keladigan ba’zi holatlar 

XVII sinf – Tug‘ma anomaliyalar (rivojlanish nuqsonlari), 
deformatsiyalar va xromosom buzilishlar 

XVIII sinf – Boshqa ruknlarda tasniflanmagan klinik va labarator 
tekshiruvlarda aniqlanmagan, simptom, belgi, normadan 
chetga chiqishlar

XIX sinf – Tashqi sabablar ta’sirining jarohatlar, zaharlanishlar 
kabi va ayrim boshqa oqibatlari 

XX sinf – Kasallanish va o‘limning tashqi sabablari 

XXI sinf – Salomatlikning holatiga ta’sir qiluvchi omillar va 
sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish. 
HKT – 10 sog‘liqni saqlash amaliyotida qo‘llash uchun yaratilgan, 
shuning uchun tasniflashdan tashqari kasalliklar maxsus guruhlarga ham 
ajratilgan: 

Epidemik kasalliklarga 

Konstitutsion yoki umumiy kasallikka 

Mahalliy kasalliklar (anotomik joylashish bo‘yicha) 

O‘sish, rivojlanish bilan bog‘liq kasalliklarga 

Jarohatlarga 
Shunday 
qilib, 
HKT–10 
aholi 
salomatligini 
o‘rganish 
metodologiyasini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan muhim 
hujjat bo‘ldi. 


98 
Ma’lumki, kasallanish aholining salomatlik darajasiga baho 
beruvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi va uni o‘rganish sog‘liqni 
saqlash muassasalari uchun katta ahamiyatga ega. 
Birinchidan kasallanishlar aholi salomatligini, uning sanitariya 
holatini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Ikkinchidan
 
kasallanishlar sog‘liqni saqlash muassasalarining ish 
faoliyatini sifatini va samarasini ko‘rsatuvchi asosiy mezon hisoblanadi. 
Uchinchidan kasallanishlarni o‘rganish va uni kamaytirish sog‘liqni 
saqlash, 
sanitariya-epidemiologiya, 
davolash-profilaktika 
muassasalarining va barcha shifokor, hamshiralarning bosh vazifalaridan 
biri hisoblanadi. 
To‘rtinchidan kasalliklarning dinamikasini o‘rganish natijasida 
aholi orasidagi patologik jarayonlarning o‘zgarishi haqida chuqur 
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Buning asosida aholining tibbiy sanitariya 
yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlab uni tashkil etishga, yanada yahshi-
lash bo‘yicha tibbiy chora-tadbirlarni rejalashtirishda katta ahamiyatga 
ega. 
Kasallanishni o’rganishda turli usul va statistik hujjatlardan 
foydalaniladi. Har bir qullaniladigan usul kasallanish to‘g‘risida ma’lum 
bir ma’lumotlarni beradi. Aholining to‘liq kasallanish darajasini 
o‘rganish uchun barcha usullardan foydalanish mumkin. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish