213
XV bob. SANITARIYA - EPIDEMIOLOGIYA XIZMATINI
TASHKIL ETISH
Tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, qishloq va shaharlarni,
aholi turar joylarini, sanoat-korxonalarini sanitariya jihatdan
obodonlashtirish, kasbga oid va yuqumli kasalliklarni oldini olish, aholi
sanitariya madaniyatini oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda katta ishlar
amalga oshirilmoqda.
Oxirgi o‘n yilliklarda fan - texnikani rivojlanishi natijasida tashqi
muhit, ekologik vaziyat birmuncha buzildi va hozirgi kunda ushbu
masala dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ekologiya masalalari kasalliklarni oldini olish, aholiga sog‘lom
turmush va ishlab chiqarish sharoitini yaratish, atrof muhitni
sog‘lomlashtirish asosiy profilaktik yo‘nalishga muhim masalalardan
hisoblanadi.
Profilaktika sog‘liqni saqlashning asosiy prinsipi sifatida,
birinchi navbatda yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda tarqalishiga
qarshi kurash sifatida namoyon bo‘ladi, keyin esa kasbiy kasalliklarni
oldini olishga, sanoat korxonalarida ishlovchi ishchi xizmatchilarni
ustivor tibbiy xizmat bilan taъminlashga qaratilganligi bilan ajralib
turadi.
Hozirgi kunda esa profilaktika davlat, jamiyat va tibbiy
tadbirlar majmuini, yaъni aholini, jamiyatning yashashi uchun eng qulay
shart-sharoitlar bilan taъminlashga, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ehtiyojni
to‘la qondirishga qaratilgan. Profilaktika sog‘liqni saqlash tizimini bosh
yo‘nalishi hisoblanganligi tufayli, sanitariya-epidemiologiya xizmati va
davolash-profilaktika
muassasalarining
aholi
salomatligining
muhofazalashga qaratilgan asosiy vazifalarini aniq belgilab olish lozim.
Davolash profilaktika muassasalarning profilaktik faoliyati
asosan aholi orasidagi kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktik ko‘rik
o‘tkazish, dispanser nazoratiga olish, emlash, aholini tibbiy-gigienik
jihatdan tarbiyalashga qaratilgan bo‘lmog‘i zarur.
Sanitariya - epidemiologiya xizmati muassasalari aholining
turmush sharoitini, mehnat, yashash, ovqatlanish, atrof -muhit
214
holatini sog‘lomlashtirish, yanada yaxshilash bo‘yicha xalq-xo‘jaligi
obъektlarida sanitariya nazoratini olib borish orqali umumjamiyat
profilaktikasi bilan shug‘ullanadi.
Profilaktika o‘z ichiga to‘rtta yo‘nalishni kamrab oladi:
— sanitariya-gigienik, yaъni tabiiy, ishlab chiqarish va
turmush
sharoitini sog‘lomlashtirish xizmati;
— sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
— funksional-biologik risk omillarini aniqlash, kamaytirish,
yo‘qotish;
— davolash-sog‘lomlashtirish.
Birinchi uch yo‘nalish birlamchi profilaktikaga kirsa, oxirgisi
ikkilamchi profilaktikani tashkil etadi.
Tibbiyotda amalga oshiriladigan asosiy birlamchi profilaktik
tadbirlarga yuqumli kasalliklarning oldini olish vositasi hisoblangan
sanitariya va epidemiologik tadbirlar, profilaktik immunlash va emlash
tadbirlari kiradi. Birlamchi profilaktikada turmush tarzini belgilovchi
konsepsiya etakchi ahamiyat kasb etadi. Ushbu konsepsiyadan kelib,
chiqqan holda barcha surunkali kechuvchi noepidemik kasalliklarning
(yurak-qon tomir, onkologik, endokrin, asab - ruhiy va boshqa) oldini
olish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish mumkin. Chunki, yuqorida qayd
etilgan kasalliklarning ko‘pchiligi kelib chiqish jihatidan no gigienik
xatti-harakatlar (chekish, spirtli ichimliklar isteъmol qilish, kam
harakatchanlik va boshqalar) va turmush tarzining boshqa salbiy
tomonlariga bog‘liq.
Profilaktik yo‘nalishni amalga oshirish insonni o‘rab turgan tashqi
muhitni, aholining turmush sharoitini, ularning salomatligini
mustahkamlash va faol uzoq umr ko‘rishni taъminlash maqsadida
sog‘lomlashtirish yotadi. Bu esa o‘z navbatida yuksak umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan hayotiy o‘rniga ega bo‘lgan maъnaviy boy,
ahloqan etuk, intellektual rivojlangan, har tomonlama kamol topgan
shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni
amalga oshirishni taqozo etadi.
215
Shunday qilib, ijtimoiy - profilaktik yo‘nalish deganda jismonan
baqkuvat va ruhan tetik, har tomonlama kamol topgan sog‘lom avlodni
tarbiyalashga, aholi sog‘lig‘ini muhofazalashga qaratilgan eng
ko‘lam sharoitni yaratishning, birinchi navbatda kasalliklarni kelib
chiqish va taraqqiy etish sabablarini oldini olish va yo‘qotish
maqsadida o‘tkaziladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy
tadbirlar yig‘indisi tushuniladi.
Sog‘liqni saqlash sohasida olib borayotgan siyosatida profilaktik
yo‘nalish asosiy o‘rinni egallaydi, aholi salomatligini saqlash va
yaxshilash qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda hamshiralar roli
katta.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari sanitariya - gigienik
va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni olib boradi va ushbu tadbirlarni
o‘tkazish bo‘yicha davlat sanitariya nazoratini o‘tkazadi.
Ilmiy texnik progress natijasida tibbiyotdagi insonlarning ishlab
chiqarish
faoliyatidagi,
xayotidagi
o‘zgarishlar
sanitariya-
epidemiologiya xizmati organlari oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
—
xalq xo‘jaligiga tadbiq etilayotgan barcha yangiliklarga o‘z
vaqtida gigienik va ergonomik muhitdan baho berish;
—
har xil obъektlardan tashqi muhitga chiqarilayotgan
zaharli moddalar, chiqindilarni nazorat qilish usullarini, yo‘l
qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan konsentratsiyalar meъyorini ishlab chiqish
va amaliyotga tadbiq etish;
—
aholining mehnat, turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha
ishlab chiqilgan tavsiyalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularni
ustidan
nazorat o‘rnatish.
Aholi salomatligiga taъsir etuvchi kuyidagi tashqi muhit
omillarini alohida kayd etish lozim:
— atmosfera havosi, tuprok, aholi yashash joylaridagi suv va
suv havzalarining sanitariya holatini nazorat qilish;
— aholini suv, toza ichimlik suvi bilan taъminlash masalalari;
—
aholining ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash, bunda ikki
216
narsani alohida nazarda tutish kerak: ratsional oqilona
ovqatlanish: aholining yoshi va salomatligiga mos holdagi to‘la
qonli ovqatlanish va sog‘lom ovqat isteъmol qilish, yaъni oziq -
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida, saqlash, bir
joydan ikkinchi joyga olib borish, sotish jarayonida har xil
kimyoviy moddalar va mikroblar bilan zararlanishining oldini
olish;
—
bolalarning rivojlanishini va tarbiyalanishni ularning yoshiga
va organizmiga fiziologik holatiga mos ravishda olib borish;
—
radiatsion fon ustidan nazorat o‘rnatish.
Hozirgi kunda Respublika xalq xo‘jaligini barcha sohalarida olib
borilayotgan islohatlar, aholini o‘zgarib borayotgan turmush tarzi,
qishloq xo‘jaligi, sanoat va turmushda, insonlar hayot faoliyatida
yangi kimyoviy, fizik va biologik vositalarning keng qo‘llanili shi
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari faoliyatini, davlat
sanitariya nazoratining hajmini kundan-kunga kengayib borishiga
sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Aҳолининг
санитария-эпидемиологик осойишталиги тўғрисида"gi qonunida
hamda «O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni isloh
qilishning davlat dasturi»da sanitariya-epidemiologiya xizmati
muassasalari va organlari tizimini, ularning faoliyatini qayta ko‘rish,
davlat sanitariya nazoratini samaradorligini oshirish bo‘yicha asosiy
vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekistonda
sanitariya-epidemiologiya
xizmatini
tashkil
etishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat.
1.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati davlat xarakteriga ega
ekanligi.
2.
Sanitariya-profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ilmiy
va aniq reja asosida olib borish prinsipi, bu esa o‘z navbatida
aholi salomatligiga taъsir etuvchi har xil tashqi muhit
omillarini muntazam reja asosida o‘rganib borishni, aholining
mehnat va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan
sanitariya
meъyorlari va qoidalarni ishlab chiqishni, hamda
217
sanitariya-
sog‘lomlashtirish ishlarini epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni
reja asosida olib borishni taqozo etadi.
3.
Shahar va qishloq joylarida tashkil etilayotgan
sanitariya profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlarni birlik prinsipi. Umumdavlat miqyosida sanitariya -
gigenik va epidemiologik vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarilishini taъminlash uchun shahar, qishloqlarda sanitariya-
epidemiologiya xizmati organlarining faoliyat yo‘nalishidagi
maqsad va vazifalarining birligiga erilishiladi.
4.
Sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi
faoliyatning boshqaruv birligi prinsipi. Sanitariya-
profilaktik va epidemiyaga qarshi olib borilayotgan
barcha
ishlar
bitta
DSENMlari orqali boshqariladi va mujassamlashtiriladi.
5.
Ogohlantiruvchi va joriy sanitariya nazoratining birlik
prinsipi. Mamlakatimizdagi barcha sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazlarining asosiy funksiyasi ogohlantiruvchi va
joriy sanitariya nazorati hisoblanadi va ushbu muassasalar orqali
amalga oshiriladi.
6.
Barcha tibbiyot muassasalarini sanitariya profilaktik
va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok
etish prinsipi.
O‘tkazilayotgan tadbirlarda nafaqat sanitariya organlari, balki
shu hududda joylashgan barcha tibbiyot muassasalarining ishtirok
etishi muhim prinsiplardan biri hisoblanadi. Mahalla vrachi,
hamshiralar va mutaxassis vrachlarning, sanitariya vrachlari va
epidemiologlar bilan hamkorlikdagi sanitariya va epidemiyaga qarshi
sanitariya-epidemiologiya muassasalari bilan birgalikdagi reja
asosida olib borayotgan ishlari aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy -
profilaktik xizmatning sifati va samaradorligini belgilaydi.
7. Sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalari xosil qilishda, oilani
sog‘lomlashtirish ishlarini olib borishda aholining ishtiroki. Ushbu
218
prinsip barcha sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshi o‘tkazilayotgan
tadbirlar, jamiyat orasidagi sog‘lomlashtirish va profilaktik choralarni
amalga oshirishda aholining bevosita ishtirokini nazarda tutadi.
Aholining ishtiroki turli xil bo‘lib: tibbiyot muassasalaridagi shifoxona
kengashi, «Qizil xoj» va «Qizil yarimoy" jamiyatlari, «"Sog‘lom avlod"
xayriya jamg‘armasi, «"EKOSAN» o‘tkazayotgan tadbirlarni aholi
ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xuddi shunday sanoat
korxonalari, shirkatlar uyushmasi, mahalla qo‘mitalarida sanitariya
faollari, hokimiyatlar qoshida, xalq deputatlari kengashlari, sog‘liqni
saqlash qo‘mitalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Aholiga
sanitariya
epidemiologiya
xizmatlarini
tashkil
etishning asosiy prinsiplari uzoq yillar davomida sog‘liqni saqlash
tizimi bilan birgalikda rivojlanib taraqqiy etib kelmokda.
Davlat sanitariya - epidemiologiya nazorati markazlarining asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
-tegishli tashkilotlar bilan birgalikda sanitariya - epidemiologiya
masalalarida aholining xotirjamligini taъminlash va Respublika
xududiga karantin va o‘ta xavfli infeksiyalarni kirib kelishini va
tarqalishini oldini olish;
-
xalq xo‘jaligi obektlarini, texnologik qurilmalar va uskunalar hamda
transport vositalarini rejalashtirish, joylashtirish, loyihalashtirish, qurish
va foydalanishga topshirish paytida aholi salomatligiga zarar
etkazishi mumkin bo‘lgan tashqi muhit omillarining oldini olish
bo‘yicha ogohlantiruvchi sanitariya nazoratini o‘tkazish;
-aholining sanitariya madaniyatini oshirish;
-ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan
sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish.
Yuqorida keltirilganlarga qo‘shimcha Respublika DSENM
quyidagi vazifalarni bajaradi:
-mamlakatimizda orttirilgan tajriba va dunyodagi eng ilg‘or
yutuqlardan foydalangan holda sanitariya-gigiena, epidemiologiya va
yuqumli kasalliklar profilaktikasi sohalari bo‘yicha tibbiyot fanini
taraqqiy ettirishning strategik va istiqbol rejalarini tuzish, fan-texnika
sohasidagi yutuqlarni va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tadbiq etish.
219
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati bo‘yicha normativlar va
standartlar tizimini yaratish.
DSENM yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqqan holda
quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Davlat sanitariya nazorati va sanitariya-profilaktik, epidemiyaga qarshi
hamda dezinfeksiya ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi.
-
Eksperimental va boshqa laboratoriya tadqiqot usullari yordamida
bakteriologik, virusologik, radiologik, toksiko - gigienik
ekspertiza o‘tkazadi.
-
Favqulodda epidemiyaga qarshi Komissiyada (CHPK),
Kollegiyada,
Sanitariya-epidemiologiya
Kengashida
(Respublika DSENM) eshitish uchun materiallar tayyorlaydi
va qabul qilingan qarorlarni bajarilishini nazorat qiladi.
-
Davlat sanitariya nazoratini olib borish bo‘yicha ilg‘or ish
tajribalarni, shu jumladan, chet el tajribalarini umumlashtiradi va
hayotga tadbiq etadi.
-
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimini
tadbiq
etish,
sanitariya-epidemiologiya
nazoratida
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, samaradorligini
oshirish bo‘yicha mezonlar ishlab chiqish, tegishli ilmiy-tadqiqot
markazlarini, sanitariya axborot tizimini yaratishga jalb etish.
-
Aholini sanitariya-epidemiologiya
xotirjamligini
taъminlashning
yangi
shakl
va
usullarini
takomillashtirish,
DSENMlar
laboratoriyalari tomonidan metrologik va standart talablarga rioya
etilishini nazorat etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |