3
KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz,
farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Sh.M.Mirziyoyev
Ma’naviyat — insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini anglashi, didi, farosati,
adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik
bilan xunuklikni,
vazminlnk bilan joxillkni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad
va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish
salohiyatidir. Albatta, bu ta’rif eng oxirgi, qiyomiga yetgan mukammal deb,
aytishimiz mumkin emas. Ma’naviyat — taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson
qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi
kerak. Ma’naviyat inson tug’ilishida ona suti,
uning allasi, mehri, ajdodlar
qadriyatlari ta’siri ostida shakllanadi. Uning shakllanishida oiladagi muhit,
jamiyatdagi hamjihatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi
adolatparvarlik va
insonparvarlikning qay darajada amal qilinishi asosiy o’rinni egallaydi.
Ma’naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi
muhim omil sanaladi. Chunki qayerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak
darajada bo’lsa, o’sha joyda, o’sha mamlakatda johillik, hasadgo’ylik, beparvolik,
xudbinlik, qalloblik,
manmanlik, tekinxo’rlik, g’iybat qilishlik, ko’rolmaslik,
yovlik, qo’poruvchilik, o’z Vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik, tuhmat qilgan kabi
salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik ko’rinishlariga o’rin qolmaydi. Ma’naviyat har doim
ma’rifat bilan uyg’un holatda rivojlanib boradi. Ma’rifat — bilish, bilim, tanish va
ma’lumot, - degan ma’noni anglatadi.
Ma’naviyatli odamlarning hammasi ham doimo ma’rifatli, shu bilan birga
ma’rifatli, ilmli kishilarning ham hammasi yuksak ma’naviyatli bo’lavermaganlar.
Shunday kishilarga qarata haqli ravishda olim bo’libdiku, ammo odam bo’lmabdi
iborasi ishlatiladi. Boshqacha aytganda insonlar borki, olim emas. Olim bo’lmasa
bo’lmas, ammo ma’naviyati yuksak olimlar borki, inson zotiga loyiq emas. Bunisi
og’ir. Ulardan elga, yurtga foyda yo’q. Shuning uchun xalqimiz: «Olim bo’lma —
odam bo’l», iborasini ishlatib kelgan. Ikkalasining uyg’unligi barkamollikni
4
ta’minlaydi. Ma’naviyat va ma’rifat bir-birini inkor etadi degani emas. Ma’naviyat
va ma’rifat bir-biriga chambarchas bog’liqdir.
Ular bir-birini quvvatlab, o’zaro
ta’sirlanib rivojlanib boradi.
Ma’naviy faoliyat va uning natijalarini hisobga oladigan umumiy madaniyat
tizimining bir qismi ma’naviy madaniyat deyiladi. Bu adabiy, ilmiy, axloqiy va
boshqa yo'nalishlarning kombinatsiyasini nazarda tutadi. Shaxsning ma'naviy
madaniyati ichki dunyosining mazmunidir. Uning rivojlanishiga ko'ra, inson va
jamiyatning dunyoqarashi, qarashlari va qadriyatlarini tushunish mumkin.
Ma'naviy madaniyat asosiy tushunchalarni tashkil etuvchi juda ko'p
sonli
elementlarni o'z ichiga oladi.
1.
Umumiy axloqiy tamoyillar, ilmiy asoslash, til boyligi va boshqa unsurlar.
Unga ta'sir qilishning iloji yo'q.
2.
U ota-onalarning tarbiyasi va turli ta'lim muassasalarida o'z-o'zini tarbiyalash
va o'qitish orqali olingan bilimlar tufayli shakllanadi. Uning yordami bilan
hayotning turli jabhalariga o'z qarashlariga ega bo'lgan
shaxsning shaxsiyati
tarbiyalanadi.
Ma'naviy madaniyatning boshqa sohalardan qanday farq qilishini yaxshiroq
tushunish uchun ba'zi xususiyatlarni hisobga olish kerak.
1.
Texnik va ijtimoiy soha bilan solishtirganda, ma'naviy manfaatsiz va foydasiz.
Uning vazifasi foyda olish emas, balki insonni rivojlantirish va unga baxt berishdir.
2.
Ma'naviy madaniyat - bu o'z fikringizni erkin ifoda etish imkoniyatidir.
3.
Ma'naviyat nomoddiy sohalar bilan bog'liq bo'lib, individual qonunlarga
muvofiq mavjud, shuning uchun uning voqelikka ta'sirini inkor etib bo'lmaydi.
4.
Shaxsning ma'naviy madaniyati shaxs va jamiyatdagi har qanday ichki va
tashqi o'zgarishlarga sezgir. Misol uchun, islohotlar yoki boshqa global o'zgarishlar
paytida hamma madaniy rivojlanishni unutadi.