- 13 -
2- MA’RUZA
TABIIY TOSH MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Tog‘ jinslari va jins hosil qiluvchi minerallar.
3.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish.
4.
Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining asosiy xossalari.
1. Umumiy ma’lumotlar
Tog‘ jinslari
deb, bir Yoki bir necha mineraldan tashkil topgan jinslarga aytiladi.
Mineral
deb, kimyoviy tarkibi bir xil, fizik xossalari bir xil bo‘lgan tabiiy jinsdir.
Bitta mineraldan tashkil topgan tog‘ jinsiga
monomineral
, bir necha mineraldan tashkil
topganiga
polimineral
deyiladi.
Tog‘ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo‘lib, geologik jarayonlar natijasida yer
qatlamida hosil bo‘lgan. Minerallar (ma’danlar) fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo‘lib, yer
qatlamida yuz bergan fizik kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan.
Tabiatda minerallar turi 2000 ortiq bo‘lsada, tog‘ jinslari 50 yaqin minerallardan tashkil topgan.
Tog‘ jinslari monomineralli va polimineralli bo‘lishi mumkin.
Tabiiy tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida
ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan
tosh millionlab kub metr ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak
material sifatida qo‘llaniladi.Tabiiy tosh materiallari zaxiralari ishlatilganda ekologik muxitni
asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo‘ladigan
texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Insoniyat tarixi toshdan yasalgan qurollar va asbob uskunalar orqali belgilangan tosh davridan
boshlangan deb aytiladi. Bundan muqaddam, insoniyat bilan hayvonlar o’rtasidagi tafovut jismoniy
tomondan bo’lgan. Ammo insonlar toshdan foydalanishni boshlagan paytlardan boshlab
ikkalasining ham dunyosi butunlay o’zgarib ketgan.
Tosh - qoyalarda mavjud bo’lgan yer ashyolari,materiali va minerallardan shakllanadigan
tabiiy va qattiq modda deb aniqlab kelinadi.. Qoyani esa xech qanday aniq shakl va strukturaga
ega bo’lmagan yerning ustki qatlamining qismi deb atash mumkin. Deyarli barcha qoyalar ma’lum
kimyoviy tarkibga ega va organik moddalardan paydo bo’ladi. Qoya toshni shaklga keltiradigan
minerallar esa : chaqmoqtosh,felspar, mika, dolimit va hokazolar. Qoyalardan qurilishga
foydalaniladigan granit, basalt, trap, marmar, shifer, qumlitosh va ohaktoshlar olinadi. Xatto
ularning narxi ishlatilishidagi ayrim cheklovlarga qaramasdan,bino qurilishida toshlardan
foydalanish qayerda ishlab chiqarilishiga qarab an ‘anaviy bo’ladi. Qurilish maqsadlari uchun
ishlatiladigan toshlarning tanlovini idora qilib turadigan holatlar: narx, usul, bezakning qiymati va
chidamliligidir. Tarixdan ilgari davrdan beri toshlar ko’plab strukturalarning qurilishida
foydalanilgan.
Dunyo bo’ylab ko’plab qal’alar, Toj Mahal, Misrning mashxur piramidalari va Buyuk
Xitoy devori, bularga ba’zi misollar bo’la oladi xolos. Shuningdek, toshlardan bino qurilishining
barcha elementlarida qismlarni ko’tarib turagan yuk sifatida,shuningdek, binoning ko’rkamligi va
go’zalligini yuksaltirishda keng foydalanilgan. Qurilish materiali sifatida toshlar sement va
temirning rivojlanishi natijasida sekin asta o’z o’rnini yo’qotib borgan. Ikkinchidan, toshlardan
qurilgan strukturaviy elementlarning kuchini muvofiq tarzda tahlil qilish mumkin emas.Bulardan
foydalanishda to’siq bo’ladiga bshqa katta omillar: ularni yetkazib borish, hamda qurilishning sust
sur’atidagi ko’p vaqtni oladigan bog’log’ich muammo qilib ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: