125
8.1-rasm. Universal turdagi raqamli voltmetr.
8.2-rasm. Universal turdagi raqamli ampermetr.
Raqamli asboblarni joylashtirishni muayyan qo‘llash sharoitlariga bog‘liq xolda amalga
oshirish mumkin va asbobni ishlashi ularni yo‘nalishlariga bog‘liq emas. Masalan, raqamli
voltmetrni gorizontal yoki ham vertikal o‘lchash shchitida ham, va raqamli shkaladan
ko‘rsatkichlarni engil va tez hisoblashga imkon beruvchi istalgan burchak ostida joylashgan
o‘lchash shchitlariga ham, joylashtirish mumkin. Asboblar ko‘rsatkichlarini hisoblash va yozish
qurilmasiga ham oson etkazib beriladi va bu operatorni ishtirokisiz, kattaliklarni o‘zgarishlarni
avtomatik rejimda kuzatishga imkon beradi.
Raqamli o‘lchagichlarni eng muxim xossasi ularni aniqlik darajasi hisoblanadi. O‘lchash
xatoliklari foizni o‘nlardagi va yuzlardagi ulushlarida bo‘lishi mumkin. Milli asboblarda esa
maksimal nisbiy hatoliklar, yuqori aniqlik sinfiga ega bo‘lgan o‘lchash asboblarida ham
favqulotda xolatda, bir foiz atrofida va undan yukori qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Raqamli ampermetr va voltmetrlarni ustivorligiga shak-shbha yo‘q: apparatlar katta
diapozondagi namlikda, atmosfera bosimlarida va harortada ham ishlayveradi. Bu esa raqamli
qurilmalarni ochiq havoda, er osti inshootlarida va boshqa murakkab atmosfera sharoitlarida
qo‘llashga imkon beradi.
SHuntlar, qo‘shimcha qarshiliklarni qo‘llash - o‘lchanayotgan elektrik kattaliklar diapozonini
muhim darajada kengaytishga imkon yaratadi. Raqamli asboblar bir necha mkA dagi kichik toklarni
hamda bir qancha o‘nlab kA gacha iste’mol qiluvchi qudratli qurilmalardagi katta toklarni
o‘lchashga imkon beradi.
Ushbu yutuqlariga qaramay raqamli chastotomer, ampermetr va voltmetrlar ham ba’zi
kamchiliklarga ega. O‘lchanadigan parametrlarni doimiy va tez-tez o‘zgarishlari holatlarida,
mutlaq kattalik bo‘yicha raqamli asbobni ko‘rsatkichini hisoblashni iloji yo‘qdek ko‘rinadi,
bunday xolda o‘lchash uchun kattaliklarni tebranishlarini shkala bo‘yicha kuzatish oson bo‘lgan
milli asboblar qo‘llaniladi.
Bundan tashqari raqamli voltmetr va ampermetrlar murakkakab elektron sxemaga ega va
hamda ularni ta’mirlash va sozlashtirish ancha murakkab. Bundan kelib chiqadiki, raqamli
o‘lchagichlarni ta’mirlash va sozlashtirish ishlariga istak-xoxish juda chegaralangan va maxsus
ixtisoslashtirilgan ustaxonalarga murojaat qilishni talab etadi.
Asboblarni ushbu sifatlariga qaramay ular texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida, ham
ko‘chma va ham statsionar elektrostansiyalarda, o‘lchash laboratoriyalarida, raqamli apparaturalarni
ta’mirlash ustaxonalarida keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: