O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/286
Sana20.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#679716
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   286
Bog'liq
qarshiliklar

 
Ishni bajarish tartibi 
Tok kuchini o‘lchash 
“Katta” toklarni o‘lchash uchun qizil shchupni 10A yozuvi bo‘lgan uyachaga ulash kerak.
Ushbu uyacha atrofida quyidagi ogohlantiruvchi yozuv bitilgan: u ushbu oraliq saqlagich bilan 
ximoya qilinmagani, va o‘lchashlarni atiga 10 sekundda bajarish kerakligi va bundan keyini 15 
minut tanaffus qilish kerakligi aytib o‘tilgan. Nima uchun? Bunga to‘g‘ri javob berish uchun 
oddiygina bo‘lgan batareykani ulanish qismiga e’tibor beramiz. 6.4-rasmda multimetr platasini 
qismi ko‘rsatilgan.
6.4-rasm. Multimetrni kirish uyachalari. 
Rasmda multimetrni uncha katta bo‘lmagan bosma platasi, aynan uchta kiruvchi uyachalari 
ko‘rsatilgan. YUqorisidagi, aynan 10A dagi tokni o‘lchash uchun, quyidagisi –umumiy, o‘rtadagi 
uyacha qolgan barcha o‘lchashlar uchun. CHapdagi qalin simli dastak 10 A oraliqni o‘lchovchi 
shchupni xuddi o‘zi. Simni qalinlig‘i 1,5 mm, bu esa uni 10 A va undan yuqori amperdagi tokni 
asbob korpusida ogoxlantirilgandek 10 sekund emas, balki etarlicha uzoq ushlab turishiga ishonch
hosil qilishga imkon beradi. Gap shundaki, ishlatiladigan o‘lchash shchuplari o‘zini ichida juda
ham yuqa bo‘lgan simlarga ega, mana ogoxlantiruvchi yozuv nimaga tegishli.
Biroq mufassal tekshirishlardan keyin ma’lum bo‘lishicha faqat shchuplar gumbirlagan, 
asbobni o‘zi esa butun va zarar ko‘rmagan: o‘lchash shchupidagi yuqagina sim go‘yoki saqlagich 
sifatida xizmat qilgan. SHuning uchun, agarda 5...10 A oraliqlardagi toklarni davomiiy kuzatishlar 
talab qilinsa, oddiy shtatdagi shchuplarni anchagin “mahkam”lariga almashtirish lozim. Byudjet 
seriyasidagi DT83X multimetrlarda faqat doimiy tokni o‘lchashi mumkin, o‘zgaruvchan toklarni 
o‘lchash rejimi esa, sodda qilib aytganda ularda mavjud emas. Bunday olib qaraganda, garchi
o‘zgaruvchan tokni ancha qimmat modellari albatta o‘lchasada, ular xamisha kerak bo‘lavermaydi. 
Tok o‘lchashning eng katta oraliklari ko‘p emas kam emas 20A! Ushbu asboblar esa xuddi o‘sha 
o‘lchash simlari bilan ta’minlangan.


119 
6.4-rasmda tok o‘lchashlari 2000µ, 20m, 200m bo‘lgan oraliqlaridagi multimetrni ximoya 
qiluvchi eruvchan, oldinda saqlagich (predoxranitel) o‘rnatilgan. Bunga xayron bo‘lmasa ham 
bo‘ladi, agar ushbu oraliqlarda multimetr o‘lchashni istamasa, darrov orqa qopqoqni ochib oldindan 
saqlagichni tekshirib ko‘rish zarur. 
Rasmni o‘ng tomondagi yuqori burchagida qandaydir oqish doirachani choragi ko‘rinadi. Bu
p’ezo nurlantiruvchini bir qismi bo‘lib, qo‘ng‘iroq rejimida chiyillaydi. Aynan shu “jiringlash” 
haqida sxemadagi “jiringlash” deb ataladi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish