196
a) yangi refraktometrlarning metall buyumlarida uchli qirralari bo‘lishi mumkin emas. Bu
detallarda o‘tkir uchli joylari bo‘lsa ular o‘tmas xolatga keltirib qo‘yilishi kerak.
b) metall buyum detallaridagi ushlagichlar bir tekis va aniq ko‘rinishda bo‘lishi kerak.
v) vint va gaykalarning qirralari bo‘lmasligi kerak.
g) metall buyum detallarining ustki qismlarida zanglar, metall oqmalari, bo‘yoqlarning
oqmalari va refraktometrning tashqi ko‘rinishini buzib turadigan defektlar bo‘lmasligi kerak.
d) refraktometrning ustki qismlari bir tekis, yuzasidagi bo‘yoqlari ko‘chmagan, qirilmagan
xolatda bo‘lishi kerak.
Refraktometrning
tashqi yuzasida shtrix-kod, son va belgilar aniq ko‘rinadigan xolatda
bo‘lishi kerak.
a) refraktometrning korpusida birka mahkamlangan bo‘lib, unda ishlab chiqaruvchi korxona
nomi, refraktometrning shifri, indeks modellari va uning nomeri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
5.2. Sinab ko‘rish
5.2.1.
Refraktometrning yig‘ishdagi sifati va ularning alohida qismlarini sinab ko‘rish va
ko‘rikdan o‘tkazish
orqali tekshiriladi,
bunda
a) Refraktometrning barcha mahkamlangan detallari va qismlari asosiy tayanch bilan zich
xolatda bo‘lishi kerak;
b) barcha buraladigan va harakatlanadigan qismlari bir tekis va yumshoq xolatda buralishi va
harakatlanishi kerak;
5.2.2. Refraktometrning optik qismlarini tayyorlanishi va yig‘ishdagi sifati sinab ko‘rish va
ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi; bunda
a) refraktometrning optik detallarining yuzasida uchgan joylari qo‘pol qirilishlar bo‘lmasligi
kerak;
b) elim bilan yopishtirilgan detallarni ko‘chirish mumkin emas;
v) alyuminiy bilan qoplangan optik qismlarda ko‘chgan va buzilgan joylari bo‘lmasligi kerak.
5.2.3. Refraktometrning o‘lchash qismlarining sifatini sinab ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish
orqali tekshiriladi; bunda
a) refraktometrning buraladigan qismlari bir tekis buralishi kerak;
b) refraktometrning shkalasi yaxshi yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak;
5.2.4. Okulyarning dioptriy chegarasini aniqlash
Refraktometr okulyarining dioptriy chegarasini dioptriy trubkasi yordamida quyidagi tarzda
aniqlanadi:
- dioptriy trubkasini cheksiz xolatga qo‘yiladi,
- dioptriy trubkasini refraktometrning okulyariga o‘rnatiladi;
- refraktometrning okulyarini birinchi boshlang‘ich chegaraviy va keyin oxirgi chegaraviy
xolatlarga o‘rnatiladi. Dioptriy trubkasini shkalani yaxshi ko‘rinadigan xolatiga qo‘yiladi va
dioptriy trubkasining shkalasidan hisob olinadi. Okulyarning dioptriy chegarasi ±5 dioptriydan kam
bo‘lmasligi kerak.
5.2.5. Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik
chegarasining sifatini
tekshirish.
Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik chegarasini joylashishini
okulyarga qarab kuzatish orqali tekshiriladi. Bunda refraktometrning ko‘rish maydoni quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
- refraktometrning ko‘rish maydoni toza, dumaloq ko‘rinishda bo‘lib, o‘rtasida
chiziq bilan
ikki qismga, yorug‘ va qorong‘i qismlarga ajratilgan xolatda bo‘lishi kerak;
197
- yorug‘ qismi bir tekis yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak;
- yorug‘ va qorong‘i qismlarining o‘rtasidagi chegara aniq, bir tekis va ranglarga
bo‘yalmagan xolatda bo‘lishi kerak;
- refraktometr ko‘rish maydonidagi shtrix chiziq va shkalaning raqamlari,
hamda X -
ko‘rinishdagi kesishishgan chiziq aniq ko‘rinishi, defektsiz bo‘lishi, hisoblarni olish uchun noqulay
xolatda bo‘lmasligi kerak;
- hisob olinadigan chiziqlar shkalaning shtrix chiziqlariga parallel va ko‘zga yaxshi
ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
5.2.6. Disspersiya kompensatorini tekshirish
5.2.6.1. Disspersiya kompensatorini kunduzgi yorug‘lik bilan quyidagi tarzda tekshiriladi:
- prizmaga bir tomchi suv tomizib ustki prizmani yopamiz va kunduzgi yorug‘likni oyna
orqali tushirib refraktometrik blokdagi yoritiladigan prizmani yoritib berishga erishish kerak.
Disspersiya kompensatorini burash orqali yorug‘ va qorong‘i qismlarining chegarasini X -
ko‘rinishdagi chiziqlarni kesishishgan nuqtasiga olib kelamiz. Keyin xuddi shunday tarzda ikkinchi
xolat uchun n
D
ko‘rsatkichni yozib olamiz. SHunga o‘xshash 5 marotaba o‘lchashlar
davomida
ularning farqini aniqlaymiz. Sindirish ko‘rsatkichining olingan natijalar bo‘yicha farqi ±1∙10
-4
dan
katta bo‘lmasligi kerak.
5.2.6.2. Disspersiya kompensatorini natriyli sariq chiroqda quyidagi tarzda tekshiriladi:
- refraktometrni qorong‘i xonaga o‘rnatib natriyli sariq chiroq bilan yoritiladi;
- o‘lchash prizmasiga bir tomchi disstillangan suv tomizib kompensatorni bir necha xolatda
sindirish ko‘rsatkichi aniqlanadi. Qorong‘i va yorug‘lik chegarasining siljishi shkalaning 0,1
bo‘limidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
5.3. Metrologik parametrlarni aniqlash.
5.3.1. Refraktometrning sindirish ko‘rsatkichi bo‘yicha asosiy xatoligini aniqlash:
- refraktometrning asosiy xatoligi namunaviy prizma vak plastinkalar orqali amalga oshiriladi.
Refraktometrning ustki prizmasi ochiladi. Namunaviy va o‘lchanadigan prizmaning ustki qismlari
efir bilan spirtning aralashmasida artiladi. Namunaviy prizmaning (plastinkaning) ustiga bir tomchi
immersion suyuqlik tomizilib keyin uni o‘lchash prizmasining ustiga shunday o‘rnatiladiki,
immersion suyuqlik prizmaning chetlaridan chiqib ketmagan xolda uning yuzasida bir tekis
taqsimlansin. Agar prizmaning bir-biriga tegib turgan yuzalari orasidak 2-3
tadan ortiq polosalar
kuzatilsa, unda prizma qaytadan yaxshilab tozalanib o‘rnatiladi. Keyin 5 marotaba sindirish
ko‘rsatkichi o‘lchanadi. O‘lchangan qiymatlarni o‘rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi va uni
namunaviy prizma (yoki plastinka) ning qiymatlari bilan solishtiriladi. Ularning farqi ± 2,5∙10
-
4
dan oshmasligi kerak.
5.3.2. Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha n
F
- n
c
asosiy xatoligini aniqlash.
Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha asosiy xatoligini n
F
- n
c
disstillangan
suv va namunaviy plastinka yordamida aniqlanadi:
- sindirish ko‘rsatkichini 1,2 - 1,7 oralig‘ida o‘lchash disstillangan suv va markasi TK-21(TK-
20) bo‘lgan plastinkalar bo‘yicha aniqlanadi
- sindirish ko‘rsatkichining 1,6 - 2,0 oralig‘ida TF - 5 va STF - 58 markali shisha plastinkalar
orqali aniqlanadi.
Bunda hisoblashlar quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
n
F
- n
c
= A + V
Do'stlaringiz bilan baham: