1.2. Masalaning qo`yilishi.
Bitiruv malakaviy ishda C dasturlash tili bo`yicha Elektron ma’lumotnoma
yaratish asosiy maqsad hisoblanadi. Elektron ma’lumotnoma dasturni yaratishda
birinchi navbatda C dasturlash tili haqida ma’lumotlar yig`iladi va taxlil qilinadi.
Shundan so`ng Elektron ma’lumotnomaning strukturasi ishlab chiqiladi. Struktura
asosida HTML, Flash va FrontPage dasturlari foydalanilgan holda Elektron
ma’lumotnoma yaratiladi.
Elektron o`quv resurslarini yaratish jarayonida psixologo-pedagogik, texnik-
texnologik, estetik va ergonomik talablar qo`yiladi. Elektron darslik, Elektron
ma’lumotnoma, Elektron ma’lumotnomalar va uslubiy qo`llanma kabi dasturiy
maxsulotlar qo`yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Didaktik talablar
ta’lim berishning spetsifik qonuniyatlariga va mos ravishda ta’lim berishning
didaktik tamoyillariga mos kelishi kerak.
Dasturni yaratish jarayoni aniq mantiqiy davom etadigan harakatlardan iborat
bo`lib, ularni bajarish natijasida ishga yaroqli, qonun-qoidalarga asosan
rasmiylashtirilgan dastur maxsuloti yaratiladi. Dastur buyurtmachining texnik
shartlariga javob berganda ishga yaroqli deb hisoblash mumkin. Uni uquv jarayonida
qo`llash yoki Internet tarmog`iga ulangan kompyuterga joylashtirish mumkin.
Masalaning to`g`ri qo`yilishi buyurtmachiga vaqt va moliyaviy xarajatlarni
kamaytirishga yordam beradi. Topshiriq buyurtmachining maslaxati bilan
qo`yiladi. Buyurtmachi o`z imkoniyatlari va o`ylangan loyixaning qanday
bo`lishidan kelib chiqib maslaxat beradi. Ba’zan qo`yilgan topshirikning oxirgi
natijasi boshlangich xolatidan tubdan farq kiladi. Bu tabiiy xoldir, chunki
buyurtmachi bilan muloqot natijasida u o`ylangan loyixaning shaklini o`zgartiruvchi
qo`shimcha, ba’zan unikal axborotlar berishi mumkin. Masalaning qo`yilishi
loyixalash dasturini yaratishini boshlashning birinchi va muxim qadamidir. Masalani
qo`yish va muxokama qilishda, loyixaning muvaffaqiyatli xizmat ko`rsatishida
qanday texnik vosita va resurslardan foydalanishni belgilash lozim.
Tizimlashtirish dasturni yaratish jarayoninning ajralmas qismidir. Strukturani
tartibga solish dastur komponentlarini bo`limlarga taqsimlash natijasida yuz beradi.
Dastur bo`limlari nomlanadi va shunday joylashtiriladiki, foydalanuvchiga axborotni
qabul qilish va elementlarning harakatlanishi yengillashtiriladi. Strukturani
tasdiqlashda shunga asosiy e’tiborni qaratish kerakki, birinchi darajali hisoblangan
loyixa bo`limlari harakatlanuvchi tugmalarida o`z aksini topsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |