O`qituvchi va o`quvchining o`rtasida o`zaro interaktiv va teskari alokaning
yo`lga qo`yilishi
Ishlab chiqarilayotgan elektron darsliklarni ikki usulda, ya’ni lokal va
tarmoqda foydalanish mumkin. Lokal usuli individual xolda ta’lim berishda, tarmoq
usuli esa o`quvchining o`qituvchi bilan aloqasini o`rnatish uchun qo`llaniladi.
Talabaning o`qituvchi bilan o`zaro aloqasi dialog (online) yoki elektron pochta
(offline) ko`rinishda amalga oshirilishi mumkin. Asosiy o`quv materiali talabaning
kompyuterida joylashgan bo`lib, serverda ayrim ma’lumotlar saqlanadi, bu esa
tarmoqda katta xajmdagi axborotlarni uzatishga chek kuqadi. Bundan tashqari,
serverda xar bir talaba uchun uning ismi, sharifi, familiyasi, paroli, test natijalari
kabilar saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |