MUSTAQIL TA'LIM MAQSADI, MAZMUNI VA VAZIFALARI
Mustaqil ta'limning maqsadi:
-
talabalarni "Umumiy pedagogika" fanining pedagogika tarixi bo'limi bo'yicha
nazariy bilimlar mustahkamlash va umumlashtirish;
-
talabalarda fan asoslarini mustaqil o'zlashtirish ko'nikma va malakalarini
shakllantirish;
-
talabalarning
bilish faolligi, mustaqil ijodiy ish qobiliyatlari va kreativ
ko'nikmalarini rivojlantirish;
- talabalarda o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish va takomillashtirish malakalarini qaror
toptirishdan iborat.
Mustaqil ta'lim mazmuni
Mustaqil ta'lim mavzusi talabalar mustaqil o'rganadigan ma'ruza va seminar
mashg'uloti mavzulalaridan iborat bo'ladi. Jumladan:
"Avesto" asarida komil inson qiyofasining aks etishi, Kultegin, Bilga Hoqon,
Tunyukuk bitiklarida ta'lim-tarbiya masalalarni o'ziga xos yoritilishi,
Ahmad
Yassaviy merosida pedagogik g'oyalarning o'rni, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy
merosining pedagogik ahamiyati, Mahmud Qoshg'ariyning
ijtimoiy tarbiyaga
munosabati, Umar Hayyomning ijodiy merosining falsafiy-pedagogik tavsifi, Amir
Temurning ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy masalalarga yondashuvi, Zahiriddin
Muhammad Boburning ma'naviy-ma'rifiy qarashlari, Komil inson va uni tarbiyalash
masalasi Alisher Navoiy talqinida, Husayin Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari,
Muhammad Sodiq Qoshg'ariy tomonidan umumlashtirilgan
odob-axloq kodeksi,
Jahon Otin Uvaysiy va Anbar Otinlarning qizlar maktabi, Yangi usul maktablarining
ta'lim taraqqiyotidagi o'rni, Munavvar Qori Abdurashidxon о'g'lining ta'lim-tarbiya
sohasidagi xizmatlari, XX asrning 70-80 yillarida O'zbekistonda xalq ta'limi,
Mustaqillik va ta'lim tizimidagi islohatlar, O'zbekiston
Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida
ma'naviy tarbiya masalalari, Qadimgi Sparta va Afina maktablari tajribasi, Iogann
Genrix Pestalosining ta'lim-tarbiya, maktab - maorif tizimiga qo'shgan hissasi,
Iogann Fridrix Gerbartning pedagogik qarashlari, Fransiya davlatida ta'lim tizimi.
Mustaqil ta'lim talabalarning nazariy
bilimlarini mustahkamlashga
mavzularni tushunishg qobiliyatini maksimal darajada rivojlanishiga, umumiy
dunyoqarashlini kengaytirishga yordam beradi.
Mutaxassislar tayyorlash
tizimini tubdan qayta qurishda, o'quv-tarbiya
jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o'rin
egallaydi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o'quv
faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko'nikmalar
shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta'minlanadi. Bu esa amaliyotda xususiy-
didaktik maqsadiarga bog'liq ravishda 4 ta mustaqil ish tipida amalga oshadi.
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik
maqsadining
birinchi turi
- bu sirtdan qaraganda
faoliyatning algoritmi ma'lumotlari va vazifalar sharoitidan iborat, ya'ni
dastlabki
bilimlarning (bilimlarning birinchi bosqichi) shakllanishi omillari asosida
talabalarda shakllanadigan va ulardan talab qilinadigan malakalarni aniqlashdir. Bu
maqsadga yetish uchun talabalar tomonidan idrok qilinadigan vazifalarni yechish
zarurligi ko'zda tutiladi. Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining
ikkinchi tipi
-
bunda o'zlashtirilgan axborotlar xotirada qayta ishlashga va tipik vazifalarni, ya'ni
bilimlarning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlar shakllanadi.
Mustaqil ishlarning ikkinchi tipi barcha turlarining
umumiy tavsifnomasi
shundaki, bunday ishlarda vazifalarning hal qilinish g'oyasi (tamoyili) e'lon qilinadi,