Kurs ishi mavzusining obyekti bo’lib,
Davlat byudjeti xarajatlari, uning
turlari va ularning tarkibi hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti bo’lib,
Davlat byudjeti xarajatlari
iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishda tutgan ahamiyatini o’rganish
hisoblanadi
.
Xususan, biz bilgan iqtisodiyotning birlamchi tushunchalariga e’tibor
qarataylik: daromadlar va xarajatlar. Ularni aniqlash, asosiy xususiyatlarini
belgilash shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zararni
aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Hisobot davrida olingan barcha
daromadlarning xarajatlardan ortishi foyda sifatida e’tirof etiladi.
5
1.
Davlar byudjet xarajatlari mazmun-mohiyati, tarkibi va tuzilmasi.
Davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda
vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning
markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan turli yo’nalishlar bo’yicha
foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet
tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni
mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi.
Moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish,
qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi
— so’mda amalga oshiriladi. Byudjet xarajatiari umumiy moliyaviy kategoriya
bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga tegishli bo’lgan umumiy
xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul
shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan
tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o’ziga xos
qismi bo’lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari
mablag’laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir
2
.
Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini
moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Iqtisodiy mazmuniga
ko’ra davlat byudjeti xarajatlari davlatning markazlashgan pul fondini taqsimlash
va ishlatish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlardir. Budjet xarajatlarining turlari
xilma-xil bo’lib, bir qator omillarga bog’liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
–budjetning iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish soha-tarmoqlari bilan
aloqalarining ko’lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
2
http://em.tiiame.uz/storage/web/source/1/elektron%20kutubxona/15-17%20Moliya.pdf A.V. Vohobov,
T.S.Malikov 387 bet
6
– budjet mablag’larini taqdim etish shakllariga va boshqalar.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi
shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, unda byudjet xarajatlari
tarkibida yirik investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish
xarajatlari ustun bo’ladi.
Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga,
aholini ijtimoiy himoyalashga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan
bo’lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi. Budjet
mablag’lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni byudjet mablag’ larini oluvchilar byudjet xarajatlari
orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xarakterga ega.
Byudjetda faqat
byudjet
xarajatlarining
miqdori
xarajatlar
moddalari
bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag’ oluvchilar amalga
oshiradilar. Bundan tashqari, byudjet dotatsiyalari, subvensiyalari va budjet
ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo’yicha budjet mablag’larini qayta
taqsimlash byudjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib
olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va byudjet ssudalari
qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi byudjet yili uchun
tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi iqtisodiy
vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
O’z iqtisodiy mazmuniga qarab byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga
bo’linadi.
Byudjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo’lib, davlat
hokimiyati organlarining, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining, byudjet
tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog’onadagi
byudjetlar
va iqtisodiyotning
ayrim
tarmoqlariga
mablag’
ajratish,
dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko’rsatish
uchun ajratiladi.
7
Byudjetning kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va
investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan
investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan
xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun byudjet kreditlari
tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta’minlash xarajatlari va kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.
Vazirlar mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli ‘Byudjet
tashkilotlarini moliyalashtirish tarkibini takomillshtirish to’g’risidagi’qarori bilan
tasdiqlangan quyidagi xarajatlar guruhlari bo’yicha bir satrda moliyalashtirish usuli
amalga oshiriladi:
•
Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar, kam
taminlangan oilalarga moddiy yordam, stependiyalar va boshqalar)
•
Ish haqiga qo’shimcha to’lanadigan to’lovlar
•
Kapital qo’yilmalar
•
Boshqa xarajatlar.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining funksional tayinlanishiga ko’ra
quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ommaviy axborot
vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot muassasalari va tadbirlarini
mablag’ bilan ta’minlash) va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ko’p bolali va kam
ta’minlangan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari) xarajatlari;
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
3. Iqtisodiyot xarajatlari;
4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
7. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
8. Zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;
8
9. Boshqa xarajatlar.
Sanab o’tilgan har bir guruh xarajatlar, o’z navbatida, mahkamaviy va
maqsadli belgisiga ko’ra guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko’ra byudjet
mablag’larini oluvchi vazirlik, davlat qo’mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv
organining xarajatlariga bo’linadi.
Bu belgiga ko’ra xarajatlarni tahlil qilishda byudjet xarajatlarining qaysi
tarmoq va sohalarga yo’naltirilayotgani haqida xulosa qilish mumkin bo’ladi.
Masalan, davlat byudjetidan funksional tasnifga ko’ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul
mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, V-bo’lim, 139-bob, 69-
modda.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi mahkamalar
tomonidan tasarruf etiladi. O’z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo’mitasi, idorasi
yoki alohida budjet tashkilotiga ajratilgan budjet mablag’lari xarajatlar ning aniq
turlari bo’yicha ajratiladi (maqsadli belgisiga ko’ra). Masalan, kasb-hunar kollejiga
ajratilgan jami mablag’ ish haqi, kommunal to’lovlar, joriy ta’mirlash, asbob-
uskunalar va o’quv jihozlari sotib olish kabi xarajat turlari bo’yicha (muassa saning
xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar) rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko’ra budjet xarajatlari umumdavlat xarajatlariga va
mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo’ linadi. Umumdavlat xarajatlari,
odatda, respublika budjetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi
tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa
hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, Qoraqalpog’iston Respublikasi
budjeti va viloyat, shahar, tuman budjetlari mablag’laridan xarajatlarni amalga
oshiradilar
3
.
Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy buyumlashgan shakli turli
sohalarga yo’naltirilayotgan byudjet mablag’larining harakatidan iboratdir. Byudjet
xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko’rinishlari (turlari) orqali
namoyon bo’ladi. Xarajatlarning har bir turi o’zining miqdoriy va sifat tavsifiga ega.
Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet
3
https://fayllar.org/14-variant-davlat-byudjetiga-tarif-bering-va-uning-xarajatlari.html
9
xarajatiarining mo’ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning o’lchamini
(miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi. Byudjet xarajatiari chiqimlarning
konkret turlari orqali namoyon bo’ladi. Byudjet xarajatiarining konkret turlarining
xilma-xilligi esa, o’z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi:
•
davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari;
•
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
•
byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi;
•
iqtisodiy munosabatiarning rivojlanganlik darajasi;
•
byudjet mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va h.k
Bu omillarning qo’shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir
bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga
keltiradi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini
aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq.
Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha
belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror
ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy
bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum
maqsadlari va yuridik nuqtai nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra
alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Asosiy bo’limlar 2021 yil uchun byudjet hamda Davlat byudjetining
daromadlari va xarajatlariga asos bo’lib hisoblangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar
prognozlariga bag’ishlangan. 2021 yilda iqtisodiy faollikning tiklanishi,
iqtisodiyotning
o’sishi
hamda
soliq
siyosatidagi
o’zgarishlar
hisobiga
daromadlarning barcha turlari bo’yicha (yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va
boshqa soliqlardan tashqari) o’sish prognoz qilinmoqda. Sezilarli ravishda o’sishi
kutilayotgan daromad moddalari bo’lib, qo’shilgan qiymat solig’i, foyda solig’i,
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va aksiz solig’i xizmat qildi
4
.
4
http://em.tiiame.uz/storage/web/source/1/elektron%20kutubxona/15-17%20Moliya.pdf A.V. Vohobov,
T.S.Malikov 174 bet
10
Davlat byudjetining xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo’llab-quvvatlashga xarajatlar salmoqli bo’lib qolmoqda. Ushbu xarajatlar umumiy
xarajatlarning 52 foizini tashkil etadi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog’liq
bo’lgan xatarlarning saqlanib qolayotganini e’tiborga olgan holda 2021 yilda 3 trln
so’m koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksinalar harid qilishga
yo’naltiriladi.
Shuningdek, “Davlat byudjeti” bo’limida byudjet taqchilligi va uning qoplash
manbalari to’g’risida ma’lumotlar ham keltirilgan. Prognoz qilinayotgan daromadlar
va xarajatlarning tasdiqlangan parametrlarini hisobga olgan holda 2021 yilda
Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foiz
miqdorida prognoz qilinmoqda. Alohida bir bo’limda davlat qarzining holati va
dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar yoritilgan bo’lib, davlat qarzi o’sishiga
qaramasdan makroiqtisodiy barqarorlik darajasiga xavf solmaydigan darajada
qolmoqda. Mazkur maqsadlar uchun 2020 yildan boshlab tashqi qarzlarni
O’zbekiston Respublikasi nomidan yoki O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida
jalb qilishga cheklovlar kiritildi.
2020 yilda milliy iqtisodiyotning o’sish sur’ati inqiroz sharoitida sezilarli
ravishda pasaydi (1,6%gacha).
Iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash maqsadida hukumat
tomonidan iqtisodiy o’sishni tiklash va tarkibiy islohotlarni davom ettirish yuzasidan
amaliy harakatlar rejasi qabul qilindi. Mazkur harakatlar rejasi hukumat, vazirliklar,
idoralar, xo’jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
sa’yharakatlarini muvofiqlashtirishni, tizimli islohotlarni davom ettirish maqsadida
sharoit yaratishni va iqtisodiyotni rivojlanishiga yanada turtki beruvchi yangi
imkoniyatlarni va zaxiralarni aniqlashni («o’sish nuqtalari») nazarda tutadi.
2021 yilda makroiqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va tizimli tarkibiy
islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy o’sish
5,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2021-2023 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining o’sish sur’atlarini inqiroz
davrigacha bo’lgan miqdorlarga bosqichma-bosqich tiklanishi prognoz qilinmoqda.
11
2021 yilda va kelgusi ikki yilda inflyasiya darajasi 7-11% darajada bo’lishi
prognoz qilinmoqda.
Jahon iqtisodiyoti bosqichma-bosqich tiklanishi va tashqi savdo
operatsiyalarining yangilanishi hisobiga 2021 yilda tashqi savdo hajmining 2019
yildagi inqiroz davrigacha bo’lgan miqdorlarga yetkazish prognoz qilinmoqda.
2021-2023 yillarda jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini sanoat, qishloq xo’jaligi
sohalaridagi va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan ustuvor
yo’nalishlarni saqlab qolgan holda inqirozgacha bo’lgan davr ko’rsatkichlariga
yetkazish prognoz qilinmoqda.
2021 yilda Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida byudjetga tushayotgan
umumiy tushumlarning 42,4 foizini ta’minlovchi bilvosita soliqlar ulushi oshib
bormoqda.
Bilvosita soliqlar tushumining asosiy qismi (75,1%) QQS va aksiz solig’i
tushumlarining ortishi hisobiga ta’minlanadi. QQS bo’yicha tushumlar 47,0 trln
so’m miqdorida prognoz qilinmoqda, o’sish sur’ati joriy yil kutilayotgan tushumga
nisbatan 50,6% ni tashkil etadi.
2021 yilda Davlat byudjeti xarajatlari 165 879 mlrd so’m miqdorida
tasdiqlangan, bu YaIMning 24,1 foizi miqdori tashkil etib, 2020 (20,1 foiz) yilga
nisbatan qariyb 4 foizga ko’p. Sog’liqni saqlash sohasiga – 19 648 mlrd so’m
ajratilgan. 2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib
olish uchun. COVID-19 pandemiyasi inqirozi barcha mamlakatlarda ijtimoiy
himoya muammolarini kuchaytirdi. Aholini qo’llab-quvvatlash choralarida ijtimoiy
zaif toifalarni qo’llabquvvatlash byudjet xarajatlarining dolzarb masalalariga
aylandi. Ijtimoiy himoya xarajatlari – 10 244,7 mlrd so’m.
12
2021 yilda oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olishning o’sishi davom
etadi. Ijtimoiy nafaqa oladigan kam ta’minlangan oilalar soni 2020 yil boshiga
nisbatan 2 baravarga ko’payadi.
Birinchi marta byudjetda chin etimlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 50 mlrd
so’m ajratilishi ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan, chin yetimlarni uy-joy bilan
ta’minlashning yangi tartibi ishlab chiqiladi va unga murojaat yetuvchilar ro’yxati
tuziladi.
2021 yilda iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tiklanishi Konsolidatsiyalashgan
byudjet taqchilligi 37 534,2 mlrd so’m miqdorida prognoz qilinmoqda (YaIMga
nisbatan 5,4%). Jami davlat qarzi 2021 yil yakunida 28,3 mlrd AQSh dollari
miqdorida bo’lishi prognoz qilinmoqda (YaIMga nisbatan 45,3%). O’sish
dinamikasiga qaramay davlat qarzi mo’’tadil bo’lib, makroiqtisodiy barqarorlikka
xavfsiz darajada qolmoqda.
2021 yil yakuniga davlat tashqi qarzi 25,7 mlrd AQSh dollari hisobida
prognoz qilinmoqda, shundan 18,6 mlrd AQSh dollari – O’zbekiston Respublikasi
nomidan (O’zbekiston Respublikasi Hukumati) va 7,1 mlrd AQSh dollari –
O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan
5
.
5
https://review.uz/uz/post/opublikovano-izdanie-byudjet-dlya-grajdan-na-2021-god
13
Do'stlaringiz bilan baham: |