O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/229
Sana16.06.2022
Hajmi5,33 Mb.
#678238
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   229
Bog'liq
fayl 781 20210505

Ikkinchidan, 
psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi
 
sharoitlarga, 
tashqi ta’sirotlarga bog‘liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan 
va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo‘lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar 
hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik 
xususiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta’sir qiladi. 
Uchinchidan, 
odam faol mavjudot sifatida o‘zi ham ongli ravishda o‘z shaxsini
 
o‘zgartirishi, ya’ni o‘zi-o‘zini tarbiyalash bilan shug‘ullanishi mumkin. Lekin, bu 
jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda 
va muhit bilan o‘zaro munosabatda sodir bo‘ladi. 
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, 
o‘quvchining) ijtimoiy tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik 
rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik 
imkoniyatlar nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me’yorida tarkib 
topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv 
sistemasi bo‘lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanishni harakatta 
keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos. 
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch emasligiga 
qaramay, inson psixik taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchidan, 
tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining
 
turli 
yo‘llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o‘z-
o‘ziga shaxsning hech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi. Hech bir 
me’yordagi bola dadil yoki qo‘rqoq, irodali yoki irodasiz, mehnatsevar yoki 
yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo‘lib tug‘ilmaydi. Agarda tarbiya to‘g‘ri tashkil 
qilinsa, nerv sistemasining istalgan tipi asosida xarakterning barcha ijtimoiy 
qimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o‘z-o‘zini 
tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipi shiddatli bo‘lgan bolalarda ham, yoki 
nerv sistemasining tipi vazmin bo‘lgan bolalarda ham tarbiyalash mumkin va 
tarbiyalasa bo‘ladi. Biroq birinchi holdagi bolalarni tarbiyalash ikkinchi 
holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo‘ladi. Har ikkala holda kerakli 
sifatlarni tarbiyalash yo‘llari va usullari ham turlicha bo‘ladi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish