“Sodda gaplarda shakl va mazmun aloqadorligi”


  Sodda gaplarda shakl va mazmun birligining ifodalanishi



Download 354,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.06.2022
Hajmi354,58 Kb.
#677762
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HO\'AT

 



Sodda gaplarda shakl va mazmun birligining ifodalanishi 

Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat bo’ladi. Shu jumladan sodda 


gaplar ham. Sodda gapning umuman olganda, gapning barcha turlarida lisoniy 
sathdagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmuniy 
jihatidan farqlanadi.
Gapning eng kichik qurilish qolipi – [WP

= fikr ifodalovchi eng kichik birlik]
 
lisoniy sathda o’rnashgan. Bunda LSQning chap tomoni shakliy va o’ng tomoni 
mazmuniy jihati. Nutqiy sathda esa shakliy va mazmuniy jihat lisoniy sathdagidan 
farqliroq. Gapning nutqiy sathdagi shakliy-mazmuniy munosabatini tilshunoslikning 
mazmuniy sintaksis yo’nalishi o’rganadi. Mazmuniy sintaksis ma’lum bir sintaktik 
birlik nimani ifodalaydi va ma’lum bir voqea qanday ifodalanadi degan muammoni 
ochib berish bilan shug’ullanadi.
Sintaktik birlik (SB, gap bolagi, gap)da ifodalangan borliq bo’lagi, voqelik, vaziyat 
mazmuniy sintaksisda propozitsiya deb yuritiladi. Masalan, borliqdagi kitob ustida 
harakat bajarildi – kitob o’qildi. Bu propozitsiyadir. Propozitsiya holatini biz 
faqatgina so’z birikmalaridagina kuzatmaymiz, gapning barcha turlaruda 
kuzatishimiz mumkin. Mana shuning qiyosiy tahlilini keltiramiz. Misol: 
kitobning o’qilishi
(so’z birikmasi) 
 toza havo
(so’z birikmasi) 
kitob o’qildi
(sodda gap)
havo toza
(sodda gap)
Lekin turli sintaktik birlikda turlicha – so’z birikmalarida muayyanlashgan 
tushuncha, berilgan sodda gapda esa nisbiy tugal fikr sifatida aks etagan. Bundan 
ko’rinadiki, ma’lum bir propozitsiya gap sifatida namoyon bo’lishi uchun unga 
boshqa narsalar – so’zlovchining kommunikativ maqsadi, modallik belgilari ham 
qorishadi. Bunday holat esa gapga xos grammatik kategoriyaning nutqiy namoyon 
bo’lishini taqozo etadi va tegishli sintaktik birlik (
kitobning o’qilishi)
da propozitsiya 
tushuncha tarzida berilib, u so’zlovchining buni hukm sifatida bermaslik maqsadiga 
bo’ysundirilgan. Maqsad esa ifodalovchi sintaktik birlikda grammatik shakllar va 
ohang bilan ta’minlangan. Ikkinchisida esa so’zlovchi propozitsiyani nisbiy tugal fikr 


10 
sifatida berishni maqsad qilganligi tufayli u nutqda tegishli grammatik vosita sodda 
gapni shakllantiruvchi kesimlik belgisi va maxsus ohang bilan ta’minlangan.
Ma’lum bo’ladiki, mazmun va shakl muvofiq emas. Bir mazmun (propozitsiya) 
turli shakl (so’z birikmasi, sodda gap) bilan ifodalangan. Shuningdek bir shakl turli 
mazmunlarni ifodalashi mumkin.
Mazmuniy sintaksisda gap mazmuni ikki unsur – obyektiv va subyektiv 
mzmundan iborat deb qaraladi. Obyektiv mazmun gapda aks etgan propozitsiya (u 
diktum 
ham deyiladi), subyektiv mazmun esa bu voqelikka so’zlovchining 
munosabati (u modus deb yuritiladi). Masalan, 
Halim keldi, Halim kelmoqchi, Halim 
kelsa edi, Halim, balki kelar 
gaplarida diktum bir xil, ammo har bir gapda modus 
turlicha.
Bir sintaktik birlik bilan turli mazmunning, bir mazmunning turli sintaktik 
birliklar 
vositasida 
ifodalanishi 
sintaktik 
birliklarda 
mazmuniy-sintaktik 
nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi (bunga yuqorida misollarimiz keltirilgan). Bir 
propozitsiya sodda gap bilan ham, qo’shma gap bilan ham ifodalanishi mumkin. 
Qiyoslash uchun misol keltiramiz: Sharifa kelgach, men ketdim (sodda gap). Sharifa 
keldi va men ketdim (qo’shma gap). 
Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turida ham mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik 
mavjud bo’ladi. Masalan, gap shaklan so’roq gap (She’rdan bahra olmagan kim bor?) 
bo’lsa-da, mazmun darak (She’rdan hamma bahra oladi) yoki gap shaklan so’roq 
bo’lsa-da (Oq ayiqlarni ko’rmaysizmi?), mazmunan buyruq (Oq ayiqlarni ko’ring), 
mazmunan buyruq gap shaklan darak gap xarakteriga ega bo’lishi mumkin 
(Borsangiz bo’lardi). 
Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, sintaktik birliklar va ular ifodalayotgan obyektiv 
voqelik orasida muvofiqlik ham, nomuvofiqlik ham mavjud bo’ladi. Buni so’z 
birikmasida ham, u so’z birikmasining qaysi turiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, 
gap bo’laklarida ham, gapda (gapning tuzilishiga ko’ra ham sodda, ham qo’shma 
hamda ularning ichki tuzilishiga ko’ra hamma guruhlarida) ham kuzatish mumkin.


11 

Download 354,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish