Fotoenergetikada nanostrukturali yarimo‘tkazgich materiallar
II xalqaro ilmiy anjumani
19-20 noyabr 2021 yil
580
Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda MDH davlatlaridagi korxonalarda ham
konstruktiv elementlari, ham funksiyalari bo’yicha katta xilma-xillik bilan
xarakterlanadigan bir qator avtomatlashtirilgan hisobga olish, nazorat qilish va
boshqarish tizimlarini ishlab chiqarilmoqda. Bunday tizimlar tarkibiga odatda
o’zgartiruvchi datchiklar (analog va diskret signallar), o’zgartirgichlardan
ma’lumotlarni yig’ish, axborotlarga ishlov berish, axborotlarni bosishga yoki
tabloga berish qurilmalari va boshqalar kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan texnik vositalar korxonalarda amaldagi ta’riflar
bo’yicha tijorat hisoblarini olib borishga imkon beradigan avtomatlashtirilgan
axborot-o’lchov tizimini (ENHAT AAO’T) qurish, elektr quvvat va energiya,
shuningdek, energiya tashuvchilar turlarini nazorat qilishni tashkil etish uchun
mo’ljallangan.
Qurilmalar bozorida elektr energiyasini hisobga olishning turli xil vositalari,
ularning xilma-xilligi barcha energiya tizimlari sub’yektlari, iste’molchilari va
rivojlanayotgan elektr energiya bozori sub’yektlarining muvozanatlashtirilgan
manfaatlarida hisobga olish masalalarini samarali va to’liq yechish maqsadida, u
yoki bu vositalarni tanlab olish va qo’llashga yagona yondashishni ishlab
chiqilishini talab qiladi.
Ta’kidlash zarurki, O’zbekiston energetika tizimi elektr energiyani sotib
olish va sotish bilan qo’shni davlatlar energiya tizimlari bilan o’zaro bog’lanadi.
Shuning uchun energiya tizimi ichida va uning sub’yektlarida hisobga olish
tizimini rivojlantirish zamonaviy xalqaro me’yor va qoidalar va standartlarga mos
kelishi zarur.
Yuqoridagi fikrlarga ko’ra, elektr energiyasini hisobga olishning yangi
usullariga o’tishda, energiyani hisobga olishning avtomatlashtirish hajmini
aniqlashda, energiya resurslarini va elektr energiyani tijorat asosida hisobga
olishning avtomatlashtirilgan axborot-o’lchov tizimlarining (ENHAT va ENHAT
AAO’T) texnik va iqtisodiy samaradorliklari masalalarini tahlil qilishda oldingi
hisobga olish tizimi siyosatni ko’rib chiqish zarurati tug’iladi.
Ta’kidlash zarurki, ENHAT ni joriy etish yordamida quyidagi iqtisodiy
samaradorlikka erishiladi:
•
sutka davomida pog’onalashgan tarif bo’yicha iste’molni hisobga olish
tizimiga o’tish;
•
6/10/0,4 kV taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyani yYetkazib berish
davomida barcha zanjirlar bo’yicha nomuvozanat holatini hisoblash;
•
elektr energiyasi isroflarini aniqlash;
•
elektr energiya hisoblagichlarining aniqlik darajasini oshirish;
•
elektr energiyadan noratsional foydalanishni o’z vaqtida aniqlash;
•
inson omili ishtirokisiz elektr energiya hisoblagichlaridan ko’rsatkichlarini
olishda xatoliklarning bo’lmasligi;
•
tezkor nazorat qilish va elektr tarmoqlari yuklamalarini simetriyalashga
o’tish munosabati bilan elektr tarmoqlarning xizmat qilish muddatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |