O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

 
 
 
7-rasm. Xlorit (Ural) 8- rasm. Asbest 
Yaltiroqligi.
Minerallar sirti yorug'lik nurlarini ma'lum darajada 
qaytaradi. Ba'zi minerallarning yuzasi xira, boshqalarniki esa yaltiroq. 
Yaltiroqlik-mineral yuzasiga tushgan yorug'lik oqimini orqaga qaytarish 
xususiyati. 
Minerallarning yaltiroqligi ularning sindirish ko‘rsatkichiga (n) 
bog‘likdir: 
metalldek (12-rasm) (n = 3,0) - pirit, galenit; 
yarimmetalldek (n = 2,6-3,0) - magnetit, ilmenit; 
metalldek yaltiramaydigan (n =2,6) ya’ni; 
a) olmosdek - kassiterit, sfalerit 
(10-rasm);
b) sadafdek – talk (
9- rasm
), slyuda; 
d) shishadek - dala shpatlari, kalsit; 
e) yog‘dek - nefelin, kvars (sinishida). 
Mineral donalaridan tashkil topgan agregatlarning yaltiroqligi 
agregatdagi donalarning joylanish shakliga va uning katta-kichikligiga 
bog‘liqdir: 
ipakdek - gips, (selenit), asbest;( 8- rasm) 
mumdek - serpentin, xalsedon; 
xira, tuproqdek - kaolinit, limonit. 


55 
9- rasm.Talk (Ural) 
10-rasm.Galenit-sfalerit 
 
 
11- rasm. Tog‘xrustali 
Tiniqligi.
Minerallar plastinkachalarining nurni nechog‘lik yaxshi 
o‘tkazishiga qarab tiniq, yarimtiniq, xira va tiniqmas bo‘ladilar. Tiniq 
minerallarga tog‘xrustali (
11- rasm
), gips, osh tuzi; yarimtiniq minerallarga 
opal, xalsedon minerallari, yupqa plastinkalaridan nur o‘tadigan, shunda 
ham tagidagi jismlar bilinar-bilinmas ko‘rinadigan xira minerallarga dala 


56 
shpatlari va hech nur o‘tkazmaydigan, tiniqmas minerallarga pirit, 
gematit, magnetit va boshqa minerallar misol bo‘la oladi. 
Mirnerallarning rangi.
Rang minerallarga xos muhim belgilardan 
biridir. Ko‘pgina minerallarning nomlari ularning ranglariga qarab 
berilgan. Masalan, lazurit, azurit (fransuzcha “azur” - lazur), xlorit 
(grekcha “xloros” - yashil), rodonit (grekcha “rodon” - pushti), gematit 
(grekcha “gematikos” qondek) va boshqalar. 
Tabiiy birikmalarning rangi kelib chiqishiga qarab uch xil bo‘ladi:
1. Idioxromatik (doimiy);
2. Alloxromatik (o‘zgaruvchan);
3. Psevdoxromatik (qalbaki). 
Tabiiy birikmalarning rangi ularning ichki xususiyatlari bilan 
bog‘liqdir. Masalan, qora rangli magnetit (FeFe
2
O
4
), jezsimon sariq pirit
(FeS
2
), to‘q qizil kinovar (NgS), misning yashil va ko‘k rangli minerallari 
(malaxit, azurit, feruza va boshqalar), to‘q ko‘k rangli lazurit va hokazo.
12-rasm. Metallsimon yaltirash (Pirit) 
Minerallarning o‘ziga xos rangi idioxromatik rang deb yuritiladi. 
Minerallarda rangning paydo bo‘lishi uning tarkibidagi xromofor, 
ya’ni rang beruvchi kimyoviy elementning borligiga bog‘liq. Bunday 
xromoforlar jumlasiga Ti, V, Sg, Mn, Fe, So, Ni, W, Mo, U, Su va TV - 
elementlari kiradi. Mineral tarkibidagi xrom unga quyuq qizil (piron, 
rubin), och yashil (zumrad), gunafsha (rodoxrom) rang beradi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish