www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
Eyki, man’ing aylab erdim ishq ko‘yi tavfidin,
Zorsen, go‘yo balo boshingg‘a kelturdung borib.
Xonaqah zuhdi aro, ey shayx, bas oshuftasen,
Go‘yiyo dayri fanoda tavba sindurdung borib.
Yorni istay Navoiy bormish erdi, ey rafiq,
Bilmadim, ani ne afsun birla yondurdung borib.
57
Kotibi sun’ chu har kimga bir ishni raqam aylab,
Sabz xatlar g‘amig‘a bizni qazo muttaham aylab.
Vasl ummidi bila ko‘nglum dog‘i to‘ymadi chekardin,
Necha ul xayl malul o‘lmadi javru sitam aylab.
Har qayon ul xatti mushkinki borur qilsa ishorat,
Boruram xoma kebi men dog‘i boshtin qadam aylab.
Zulfining tobini mashshotadin ochmoq emas imkon,
Dol yo lomni kim yozg‘an ekin, daf’i xam aylab.
Hurlar kelsa ani ko‘rmak uchun, xozini jannat
Yuborur sochini gulbarglaridin diram aylab.
Soqiyo, bodaki bu korgah avzoi xiradni,
Yo‘qki, ojiz qilibu masx gah devona ham aylab.
Dayr piri qoshida kamligimiz ko‘p edi, lekin
Mast qildi yana bir jom ila bizni, karam aylab.
Ey xusho, ko‘yi xarobotki, har eski safolin
Kimki durd ichmak uchun jom qilib, o‘zni Jam aylab.
Ey ko‘ngul, kimki Navoiy kebi vasl nstadi, ani
Ishq rasvolig‘ ila olam ichinda alam aylab.
58
Xushturur bir tiyra shomi hajr iki yor uchrashib,
Topishib, bir-birlarin mahkam quchushub, yig‘lashib.
Hajr dardiyu firoq anduhig‘a taskin bo‘la,
Ulturub ulfat bila, bir-birlariga yondashib.
Furqat ayyomida har birning boshiga kelganin,
Yuz tuman hamdardlig‘lar birla har dam so‘zlashib.
Goh vasl iqbolining ishratlaridin shukr deb,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
Gah firoq idborining shiddatlaridin mungrashib.
Goh ikki rishta yanglig‘kim, topar bir-birga tob,
Ikkilik fahm o‘lmog‘udek bir-biriga chirmashib.
Gah bu chirmanmog‘ ochilg‘anda ham ikki rishtadek,
Tob ochilsa qaytara ham bir-biriga to‘lg‘ashib.
Ikki yondin qo‘l hamoyil berk-berk andoq chekib
Kim, yana bir-birdin ayrilmas masallik o‘rmashib.
Ayni vasl ichra ishi o‘tsa shikoyat mujibi,
Ikki yondin raf’ etib, bir-birlarini aldashib.
Ey Navoiy, bu mahol andishag‘a chirmashma ko‘p,
Jur’at aylab betahoshi so‘zlaring haddin oshib.
59
Tun aqshom keldi kulbam sari gul gulrux shitob aylab,
Xiromi sur’atidin gul uza xo‘ydin gulob aylab.
Qilib mujgonni shabravlar kebi jon qasdig‘a xanjar,
Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.
Quyoshdek chehra birla tiyra kulbam aylagach ravshan,
Manga titratma tushti zarra yanglig‘, iztirob aylab.
Kulub o‘ltirdiyu ilkim chekib, yonida yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.
Ki, ey zori balokash oshiqim, mensiz nechuktursen?
Men o‘ldum lolu ayta olmadim mayli javob aylab.
Chiqardi shishai may dog‘i bir sog‘ar to‘la quydi,
Ichib, tutti menga, yuz nav’ nozoso itob aylab.
Ki, ey majnun, pariy ko‘rdung magarkim, tarki hush etting?
Takallum qil bu sog‘arni ichib, raf’i hijob aylab.
Ichib, faryod etib tushtum ayog‘ig‘a, borib o‘zdin,
Meni yo‘q bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.
Anikim, eltkay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab,
60
Bir oy firoqida har tun boshimg‘a o‘t tutoshib,
Quyoshg‘a shu’la yetib, dudi yetti ko‘kdin oshib.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |