www.ziyouz.com
kutubxonasi
192
Ey ishq, netib ul qora ko‘zni ko‘rayinkim,
Ko‘zning qorasin hajrida ashk ayladi zoyil.
To bo‘ldi sening husnunga oshiq uza oshiq,
Ish bo‘ldi mening ko‘ngluma mashkil uza mushkil.
Ul ko‘z olur el jonin o‘g‘urluq bila, vahkim,
Boqmas bu taraf, tutsam o‘zumni necha g‘ofil.
Yodi bila behushlug‘um daf’ini qilmang,
Devoridin ul ko‘yning ar bo‘lmasa kahgil.
Ey mug‘bacha, oshiqmenu durdikash, etib rahm,
Ne yuzunga, ne jomg‘a qil pardani hoyil.
O‘zlukni fano o‘tig‘a kuydurdi Navoiy
Kim, savmaadin xorij erur dayrg‘a doxil.
377
Ul shayxki, minbar uza afsung‘a berur tul,
Shaytondur o‘zi, majlisining ahli suruk g‘ul.
G‘aflatdin agar va’z ila uyg‘otsalar elni,
Ul aylar uyutmoq uchun afsonag‘a mashg‘ul.
Boshtin ayog‘i minbarining poyasi doston,
Ham o‘ziyu ham ma’rifati johilu majhul.
Ko‘rmay xirad ashobida bir fardni oqil,
Topmay kishi afsunida bir nuktani ma’qul.
Har neki hadis oti qo‘yub, barchasi mavzu’,
Naqliki mashoyixdin etib, borisi majhul.
Yuz pora qilib, minbari o‘t yoqqali avlo,
Bu shart ilakim, bo‘lsa o‘zi qotilu maqtul.
Iblis sifat el sari mayl etma, Navoiy,
To bo‘lmag‘asen zarqu riyo qaydida ma’lul.
378
Qon yoshim ichra tanim to‘lg‘ang‘anin nazzora qil,
Lolazor ichra yilon gar ko‘rmading, o‘t uzra qil.
Bodadinmu erkin, usruk ko‘zlaringning humrati,
Yo uzoring o‘ti tobidin bo‘lubturlar qizil.
Ko‘nglum ichra har yara og‘zida paykoning uchi,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
193
Keldi darding lazzatining shukrini ayturg‘a til.
To tushubmen ul uzoru ikki gesu hajrig‘a,
Ey quyosh, rahm aylakim, bo‘lmish, bir oyu ikki yil.
Dog‘ima andoza marhamliq momug‘din istagan,
Ko‘nglum ichra buyla har yon dog‘i beandoza bil.
Dahr bo‘stonida chun yo‘qtur vafoe, ey ko‘ngul,
Loladek gulgun qadah tut, g‘unchadek bir dam ochil.
Iltifoting ozidin itti Navoiy telbarib,
Ey pariy, bir ham bu Majnung‘a parvo aylagil.
379
Ul quyosh og‘zi uza mushkin xol,
Zarraning nuqtasidin keldi misol.
Gar ravondur ne tong ul qadki, erur,
Ruh sarchashmasida toza nihol.
Raxsh har yonki surar ul chobuk,
Yugurur tegrasida payki xayol.
Chobukumning otining na’li emas,
Tushti shabrang ayog‘ig‘a hilol.
G‘uncha og‘ziki takallum qilmas,
Ul og‘iz g‘unchasi qilmish ani lol.
Hajrning chorasi bexudlug‘ emish,
Soqiyo, jom ketur molomol.
To Navoiydek o‘lay ani ichib,
Mastu Majnun sifatu sheftahol.
380
Ul pariy chehra chu ko‘rguzsa jamol maqbul,
Ko‘rgan emasturur o‘z aqlig‘a qolmoq ma’qul.
Surtulub yuzga, agar yetsa dimog‘img‘a isi,
Meni ul zulf tanobi bila qilg‘il maqtul.
Istasang dahrda ming telba ko‘ngul sargardon,
Halqa-halqa rasani zulfidin ochg‘il marg‘ul.
Xotirim iki jahon mashg‘ulidin o‘lmish forig‘,
Do‘st yodi bila to ko‘nglum o‘lubtur mashg‘ul.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |