www.ziyouz.com
kutubxonasi
151
Yuzin ochsa, necha qilsam nazar, og‘zini ko‘rmasmen,
Nazarg‘a garchi kelmas zarra, xurshid o‘lmayin tole’.
Jamol ochqan soyi majnunlug‘um oshsa, ajab ermas:
Pariyning jilvasi savdog‘a hargiz bo‘lmadi dofe’,
Labing jonimg‘a qilsa mayl, darding xasta ko‘nglumga,
Tong ermastur, nedinkim, aylar ashyo aslig‘a roje’.
Ko‘zung fikri bila tan xilvatida notavon ko‘nglum,
Riyozat aynidindur kunda bir bodom ila qone’.
Fano yo‘lig‘a o‘zluktin shuru’ etganga tor o‘ldi,
Gar o‘lsa hodii tavfiq ochiqdur behad ul shore’.
Navoiy dayr aro gar butparastu mast esa, tong no‘q,
Ne qilsa piri dayr, ul ham qilur, chunkim erur tobe’.
G‘AYN HARFINING G‘AZOLALARINING G‘AVG‘OSI «FAVOYID»DIN
295
Oncha mahzun ko‘nglum o‘lmish ishqdin ozorlig‘
Kim, qilurmen yig‘labon, har kimni ko‘rsam, zorlig‘.
Do‘stlar, ko‘p zorlig‘ qilsam ajab ermaski, bor
Zor ko‘nglum do‘st javridin, base, ozorlig‘.
Bois ermish yng‘lamoqlarg‘a bo‘lub ko‘ngli zaif
Oshiqekim, furqat ichra cheksa ko‘p bemorlig‘.
Kimsaga gar g‘am yetar, g‘amxori bo‘lsa, g‘am emas,
Ul erur g‘amkim, yetib g‘am, topmag‘ay g‘amxorlig‘.
Tig‘din afgor emas, marhamni tashlangkim, iloj
Vasldur, topqan ko‘ngulga hajrdin afgorlig‘.
Bo‘lma gulzoringg‘a ko‘p mash’uf, ey dehqonki, yo‘q
Tongla rangidin bu gullarning chaman osorlig‘.
Chun Navoiy yoridur Shirinu Laylidek, ne tong
Aylasa farhodvashlig‘, yo‘qsa majnunvorlig‘.
296
Otashin la’ling o‘ti ayladi ko‘nglumni nsig‘,
Bo‘ldi bag‘rim dog‘i ko‘nglum isig‘i birla qizig‘.
Yaraqon ot qo‘yadurlar manga hikmat ahli
Kim, harorat yuzu ko‘zumni dog‘i qildi sarig‘.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
152
Men anga oshiqu ko‘z ham yuziga oshiqdur,
Ishq ahlining erur rangi sarig‘, ashki arig‘.
Men agar yig‘lar esam talx chuchuk la’ling uchun,
Ko‘zlarim dog‘i to‘kar ashkni achchig‘-achchig‘.
Ani chun ko‘rdum, aning ko‘yida qoldim mung ila,
Do‘stlar, siz o‘tung, ish tushti manga osru qotig‘.
Husni davrig‘a vafo yo‘q, bu quyosh bot uyoqur,
Xo‘blardin xush erur yaxshilig‘u yaxshi qilig‘.
Qon to‘kar ko‘ngli Navoiyningu ashk ikki ko‘zi,
Ulgusi ishq g‘amin gar yemasa issig‘-ilig‘.
297
Yetmay ikki labing mayidin ko‘ngluma osig‘,
Sho‘roba oqti ikki ko‘zumdin ochig‘-ochig‘.
Gohi yuzumga bir guli ra’no g‘amida boq,
Qonlarki tomdi — bir yuzi gulgun, biri sarig‘.
To oqti sayli ashk, yudi do‘st g‘ayridin
Ko‘zni, bu vajh ila ko‘zum o‘lmishturur orig‘.
Faryodkim, tushar manga chun dard ila firoq,
Ishq ahli ichra qatl uchun solsalar solig‘.
Daryoi shavqidin meni man’ etma, ey xirad
Kim, o‘lgum uylakim tushar ayru sudin balig‘.
Ko‘p qovma, shayx, mug‘bachalar ko‘yidin meni
Kim, ko‘nglum osru yumshoqu bu ish erur qotig‘.
Derlar fano yo‘li safarida osig‘, base,
O‘zluk bila Navoiy agar kirsa, ne osig‘.
298
Yuzung hajrida kim chekti fig‘onu zor men yanglig‘,
Kim ochti yuzda gulgun ashkidin gulzor men yanglig‘!
Agar ushshoqini bir tig‘ ila husn ahli qat’ etti,
Kishi hijronda qolsa, o‘lmadi dushvor men yanglig‘.
Firoq ahli agarchi o‘lmak istar, ey ajal, kelkim,
Emas sendin kishi bu ishta minnatdor men yanglig‘.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |