8
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
Qishiki istasakim, yetmagay malolat anga,
Kerakmas ahli jahon birla zavqu holat anga.
Gar odame malak o‘lsaki, qilmasun ta’rif,
Agar kishi desakim, yetmagay xijolat anga.
Yomonni demaki, izlol etar ekin shayton,
Degil: fasodda mundin yetar zalolat anga.
Chu derlar insonni mushtaq o‘ldi nisyondin,
O‘zinu ahdin unutmoq etar dalolat anga.
Bilurki, ro‘zi anga haq berur, o‘zidekning
Bo‘lur chu bandasi, bois erur razolat anga.
Demaki, ilmda kelmish malakdin ul afzun
Ki, devdin dog‘i afzun erur jaholat anga.
Birov amonatini asray olmas, archi erur
Xudoy amonatini asramoq havolat anga.
Chu bo‘ldi nutq ila mumtoz barcha hayvondin,
Ham oxir ul hayvondin erur maqolat anga.
Bu zulmlarki, ul aylar, ne aylagay nogah
Aning hisobida haq aylasa adolat anga.
Navoiy og‘zida na’m al-vakil erur zikring,
Surug‘ kuni karamingg‘a buyur vakolat anga.
9
Necha ko‘nglum pora bo‘lsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bag‘rim bo‘lsa qon, boqmas dame dildor anga.
Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdnn xor anga.
Nomam eltur qush agar mazmunin aytib qilsa sharh,
Sochqay o‘t qaqnus kebi ming chok o‘lub minqor anga.
La’ling ollida chekar el jonini olg‘ach ko‘zung,
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga.
Aql uyi sari inonin boshlamoq, nosih, ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzug‘ devor anga.
Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatqakim,
Yuk og‘ir bo‘lsa, ruku’ ul dam bo‘lur nochor anga.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
Umri g‘aflat uyqusi birla tilarsen kechsa oh,
Ko‘z yumub ochquncha kimning e’timodi bor anga.
Men xud o‘ldum, ey sabo, ko‘nglumni ko‘rsang ko‘yida,
Chiqma andin, deb nasihat qilg‘asen zinhor anga.
Zor ko‘nglum tushkali hajr o‘tidin g‘am changiga,
Ey Navoiy, o‘xshashur ham ud anga, ham tor anga.
10
La’ling ul o‘tki, ko‘ngul mijmar anga,
Yo ko‘ngul durju labing gavhar anga.
G‘amidin ayru emonkim, tutmish
Uns bu xotiri g‘amparvar anga.
Zordur telba ko‘ngulkim, ko‘runur
Har dam ul hur pariy paykar anga.
Qon ko‘nguldin ne ajab turmasakim,
Kirpiking har dam urar nishtar anga.
Hajr o‘tidin tanim ul nav’ kuyar
Kim, erur ostida kul bistar anga.
Hajridin holim erur andoqkim,
Bo‘lmag‘ay ko‘rmagucha bovar anga.
Dahr xush gulshan erur, naylaykim,
Yo‘q vafo gullaridin zevar anga.
Jon olurda g‘ami hajr, ey soqiy,
Choradur boda bila sog‘ar anga.
Yuzi vasfig‘a Navoiy tushmish,
Bargi guldin yasangiz daftar anga.
11
Vah, ne hol o‘lg‘ayki, kelgach ul buti zebo manga,
O‘zga qilg‘ay hol har dam ul qadi ra’no manga.
Ne ajab, o‘lsamki aylab toza ruhin, xalqning
Ruh zoyil aylagay ul husni ruhafzo manga.
Shukr erur, ey ko‘zki, har o‘qkim otar ul qoshi yo,
Yo sangadur, yo bag‘irg‘a, yo ko‘ngulga, yo manga.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |