www.ziyouz.com
kutubxonasi
289
Jilvasi Bahromning, ne tong, qamar davronida.
Yo‘qsa bir tirnog‘ing o‘lmishdur xinodin la’lgun,
Oyati keldi yadi bayzo chu ilging shonida.
Yo‘qsa nomam safhasin bir qatra qon etti nnshon,
Qon yoshim mahzun ko‘ngul dardin sanga yozg‘onida.
Yo‘qsa ul yuz ko‘zgusi bir qatra terdin tutti rang,
Chun quyosh tobi ayon bo‘ldi sipehr ayvonida.
Safhai jonimg‘a, ey soqiy, tomiz bir qatra may
Kim, o‘zin topting, ko‘ngul ne hol esa jononida.
Orazi ul sho‘x chobukning so‘yulg‘an vajhidin,
Yuz ming andoq zaxmdur miskin Navoiy jonida.
568
Niholi qadding eldin jon olur nozuk xirom ichra,
Yuz ul olg‘ancha gul barging berur shirin kalom ichra.
Erur uryon tanimda bo‘riyoe hajr naqshidin,
Ko‘ngul bir notavon qushkim, giriftor o‘ldi dom ichra.
Manga ishq otashin la’ling xayoli to bishirmakdur,
Ne o‘tlarkim, tutashti jong‘a bu savdoyi xom ichra.
Nishiman ayladi ko‘nglum qushi ko‘yungda, qayd etma,
Kabutarg‘a kishi qasd etmadi baytul-haram ichra.
Agar hayvon suyi tomizsalar hajringda og‘zimg‘a,
Berur men xastag‘a zahri halohil ta’mi kom ichra.
Ajoyib tiyradur g‘am shomi yo dud o‘ldikim, o‘rtar
Muhabbat ahlini mehr o‘tig‘a gardun bu shom ichra.
Bukim, Jamshidqa davron vafo ko‘rguzmayin yiqti,
O‘qu kayfiyatinkim, yozilibtur davri jom ichra.
Bu eski dayr chun qilmas mudom elga vafo, xush tut
O‘zingni doim eski may bila ayshi mudom ichra.
Deding, ko‘yida bo‘lg‘umdur Navoiy birla hamsuhbat,
Raqib oxir ko‘p, aning birla bo‘lma bu maqom ichra.
569
Gar quyoshtin qadrim ortug‘roqdurur shoh ollida,
Zarradin yuz qatla o‘ksukrakmen ul moh ollida.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
290
Yenida oy ollida xurshid erur har kimsakim,
Goh bo‘lsa dilbarining yonida, goh ollida.
Ko‘z yumub ochquncha garchi ko‘nglum olib o‘rtadi,
Vah, netib asray ko‘ngulni buyla dilxoh ollida.
Oy falak xirgohida andin chekar yuzga sahob,
Kim ocha olmas yuzin ul mohi xirgoh ollida.
Husn shohi boyu men munglug‘ gadolig‘ qilmasam,
Kimni topib aylagaymen shayalilloh ollida.
Ulki, vahdat sharhin aylar, sirridin ogoh emas,
Gar fano kasb etmagan bo‘lsa bir ogoh ollida.
Ishq iqboli Navoiyg‘a ekandur sarnavisht,
Ko‘rmay o‘lmas ulki, mehnat bo‘lsa yo joh ollida.
570
Gulekim, yor bergay men kebi uryon gadolarg‘a,
Magarkim, sanchqaymen ani bosh uzra yarolarg‘a.
Ne gul, tufrog‘ keltursa sabo, ko‘zlarga tortarmen,
Samandi yo‘lidin tarjih aylab to‘tiyolarg‘a.
Ko‘zu qoshini to ko‘rdum — ko‘zum qoshig‘a hayrondur,
Yana hech iltifotim yo‘q ko‘zu qoshi qorolarg‘a.
Chu ul begonavashdin oshnolig‘ ko‘rdum, aylabmen
O‘zumni bir yo‘li begona barcha oshnolarg‘a.
Ani haq asrasun bir o‘zidekka mubtalolig‘din,
Tarahhum aylasa gohi o‘ziga mubtalolarg‘a.
Jafosin garchi ko‘p tortib, vafo qildim, talofiydur,
Gar etsa bir vafo o‘tgan zamon qilg‘an jafolarg‘a.
Necha husn ahlidin yog‘sa balo, ushshoq tortar, vah,
Balokash el tahammul aylamay netkay balolarg‘a.
Menu may g‘ulg‘uliyu sho‘x soqiy hukmi ijrosi,
Sola olmon quloq davr ahli aylar mojarolarg‘a.
Zamona shug‘li tavqi la’natin solg‘an bo‘yunlardin,
Ajab yukdin o‘zin qutqardilar, yuz rahmat olarg‘a.
Hamono g‘ofil o‘ldi podsholar podshohidin,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |