162
3.
Transport
vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq;
4.
Savdo huquqini olish uchun yig‘im va tovarlarning ayrim
turlari,
jumladan, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari bilan
savdo qilish huquqini olish uchun litsenziya yig‘imlari;
5.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
hamda jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlar tarkibida
birinchi moliyaviy
manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar va
yig‘imlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini to‘lashda
yetarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. Mahalliy byudjet
balansliligini ta’minlash uchun byudjet
parametrlarini belgilash
vaqtida yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan dotatsiya va
subvensiya miqdorlari belgilanadi.
Respublika
byudjetidan
subvensiyalar
va
dotatsiyalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
byudjetlariga tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar byudjetlaridan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari
tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli tasdiqlangan byudjetlar
doirasida ajratiladi. Ularning miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1.
Hududning moliyaviy holatiga o‘z
daromadlari bazasining
yetarliligiga;
2.
Ijtimoiy – iqtisodiy, ekologik,
demografik va boshqa
umumdavlat dasturlari va vazifalariga;
3.
Hududlar bo‘yicha tovar ( ish, xizmat)lar qiymatidagi farq;
4.
Har bir hududdagi aholi soniga;
5.
Byudjet
assignovasiyasidagi
hududlarda
joylashgan
tashkilotlar ehtiyojlarga ;
6.
Mintaqalarda moliyaviy disbalansni yo‘qotishga ta’sir etuvchi
boshqa omillar.
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi
Qonuniga asosan mahalliy byudjetlarga bir qancha cheklovlar
belgilangan. Mahalliy byudjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga
ega bo‘lishi kerak, mahalliy byudjetlarning taqchilligiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
163
Mahalliy byudjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga
jamg‘armalar tashkil etishga;
2.
Mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetdan
quyi byudjetga beriladigan ssudalar bundan mustasno);
3.
Byudjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘dan
ortiqroq
mablag‘ sarflashga;
4.
Byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga
moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5.
Yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: