1-mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo‘lishi Reja


Ijtimoiy (sotsial) konflikt sabablari



Download 302,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.06.2022
Hajmi302,92 Kb.
#676743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 ped konf-мавзу

Ijtimoiy (sotsial) konflikt sabablari:
1) moddiy resurslar;
2) o‘ta muhim hayotiy ko‘rsatma(ustanovka)lar;
3) hokimiyat vakolatlari;
4) ijtimoiy (sotsial) tuzilmadagi maqom-vazifaga oid farqlar;
5) shaxsga doir (emotsional-psixologik) farqlar va h.k. 
Konflikt
sotsial (ijtimoiy) o‘zaro ta’sir(harakat)ning turlari sifatida, uning 
sub’ektlari va ishtirokchilari 
bo‘lib alohida individlar, katta va kichik sotsial 
guruhlar va tashkilotlar keladilar. 
Konfliktli qarama-qarshilik
– tomonlarning o‘zaro kurashi, ya’ni bir-
biriga qarshi qaratilgan harakatlaridir. 
4
Karina V. Korostelina and Simone Lassig. History Education and Post-Conflikt Reconciliation. USA Canada. 
Routledge, 2013. 


Sotsial konflikt asosida faqat sabablari o‘zaro tubdan zid bo‘lgan manfaat, 
ehtiyoj va qadriyatlar bo‘lgan ziddiyatlar yotadi; bu kabi ziddiyatlar tomonlarning 
ochiqdan-ochiq kurashi, real qarama-qarshilikka o‘tib ketadi. 
Konfliktda to‘qnashuvlarning kuch ishlatiladigan va kuch ishlatilmay digan 
shakllari mavjud. 
Sotsial konflikt o‘z ichiga raqib faoliyatini to‘siq bo‘layotgan yoki boshqa 
odam(guruh)larga zarar yetkazayotgan individ yoki guruh faolligini oladi. 
Konfliktlar problematikasi sohasida quyidagi atamalar qo‘llanadi: “bahs”, 
“munozara”, “savdolashuv, tortishuv”, “raqobatchi lik va nazorat qilinadigan 
to‘qnashuvlar”, “bilvosita va bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) zo‘ravonlik”. 
Pedagogik konflikt
– ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarni vujudga kelish 
sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ularni bartaraf etish usullari va amaliy 
tavsiyalarni ishlab chiqadigan nazariy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik 
konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki jamiyatning 
kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus 
ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z “Men”ini qattiq hurmat qilishga 
odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlarni bo‘lishi tabiiy 
hodisadir, lekin amaliy ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan 
pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlarni vujudga kelishiga sharoit 
yaratib berishi mumkin.
Pedagogik konfliktni pedagogika va psixologiya fanlari bir-biri bilan uzviy 
holda o‘rganadi va hal qiladi. Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – insonni
psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Bugungi kunda zamonaviy 
o‘qituvchi ijtimoiy psixologik tayyorgarliksiz auditoriyaga kirishi mumkin emas. 
Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola 
olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi 
zarur. Shaxsni shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar va jamiyatning roli 
juda kattadir. Chunki, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita
ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi. O‘qituvchi shularni hisobga olgan holda 
bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganishi va shu asosda o‘qitishning aniq va 
izchil tizimini ishlab chiqishi lozim.
Psixologiyadagi mavjud 4 ta temperamentni pedagog yaxshi bilishi zarur, 
chunki ana shu tushunchalar ta’lim tizimidagi pedagogik ziddiyatlarni oldini 
olishning asosiy omilidir.
Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo o‘qituvchiga, uning bilim 
saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi 
ijodiy fikrlovchi: umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni 
mukammal egallagan bo‘lishi, o‘z kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan 
insonparvar adolatli, talabchan, odobli, har bir o‘quvchisi ulg‘ayib kelajakda 


yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ishbilarmon kishi 
bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktni yuzaga keltirmasligi uchun o‘qituvchi nozik psixolog va 
mohir pedagog bo‘lishi lozim. Tarbiyachi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi 
vositasida o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan oson aloqaga kirishadi, maktabda va 
undan 
tashqarida 
birgalikdagi 
faoliyatnimohirlik 
bilan 
uyushtiradi, 
tarbiyalanuvchining fikri, tuyg‘usi va irodasini bevosita va bilvosita boshqarish 
san’atini egallagan bo‘ladi.
5
Tarbiyalanuvchi muomala odobini asosan tarbiyachi timsolida anglab oladi. 
Ustoz tarbiyalanuvchi uchun bir umrga sevimli, ideal, ibrat, namuna bo‘lib 
qolishga muyassar bo‘lmog‘i lozim. 
Pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning 
fe’l-atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo‘lgan millat, xalq, xudud 
xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. 
5
Olsson, Thomas; Martensson Katarina and Roxa, Torgny. Pedagogical competence. Swedish, Division for 
Development of Teaching and Learning,Uppsala University, 2010. 

Download 302,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish