111
VIII-Bob. Bank auditini tashkil qilish asoslari
Reja:
8.1. Bank auditining predmeti va metodi.
8.2. Bank auditning maqsadi va vazifalari.
8.3. Respublikada bank auditini shakllanish bosqichlari va
rivojlanish ustiqbollari.
8.1. Bank auditining predmeti va metodi.
Tijorat banklari faoliyati yuqori darajadagi iqtisodiy risklar bilan
chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Banklar faoliyati asosan jalb qilingan mablag‘lar
hisobidan amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra banklar faoliyatida doimo likvidlilik
riski, kredit riski va tizimli risk yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Tijorat banklarining
bosh maqsadi - yuqori darajada foyda olishni ta’minlash,
bu esa bankni yuqori
daromadli, ayni vaqtda, yuqori riskli operatsiya-larni (kreditlar berish, tijorat
qimmatli qog‘ozlarini sotish-sotib olish operatsiyalari va h.k.) amalga oshirishni
taqozo etadi. Bularning barchasi pirovard natijada banklar faoliyatida foydalilik va
likvidlilik kategoriyalari o‘rtasidagi murakkab, ziddiyatli bog‘liqlikni
yuzaga
keltiradi.
Tijorat banklarining bankrot bo‘lishi aholining, korxona va tashkilotlarning
pul mablag‘larini yo‘qotilishiga olib keladi. Ayniqsa, banklar tizimli bankrot
bo‘lishi korxonalarning omma-viy tarzda bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Oqibatda, birinchidan, aholining, korxona va tashkilotlarning bank tizimiga
bo‘lgan ishonchiga putur etadi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatni
yomonlashuvi yuzaga keladi. Uchinchidan, hukumatning fiskal manfaatlariga
ziyon etadi.
Yuqorida bayon etilgan holatlar tijorat banklarining milliy iqtisodiyotda yuksak va
ma’suliyatli mavqega ega ekanligidan dalolat beradi. Shu boisdan ular faoliyatini tartibga
solish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Barcha davlatlarda tijorat banklari faoliyatini makrodara-jada joriy tartibga
solish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy bank banklar
112
faoliyatini tartibga solish orqali moliya-bank tizimining yuqori darajadagi
likvidliligini, banklarning to‘lovga qobilligini ta’minlaydi va bir vaqtning o‘zida
uzluksiz faoliyat ko‘rsatadigan to‘lov tizimini yaratish orqali banklarning
mijozlarini himoya qiladi.
Tijorat banklari faoliyatiga real baho berish, aksiyadorlar va omonatchilar,
kreditorlar va investorlarning bank faoliyati to‘g‘risida aniq,
ishonchli
ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida audit tekshiruvi xulosa va natijalari muhim
ahamiyatga ega.
Ma’lumki, audit atamasi lotincha “audit” - eshitmoq so‘zidan olingan bo‘lib,
turli mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobini yuritish,
moliyaviy hisobotlarining haqqo-niyligini tekshirish jarayonini anglatadi. Audit
mustaqil nazo-rat qiluvchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida xo‘jalik sub’ekti
tomonidan berilayotgan moliyaviy axborotlarning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Undan
kutilgan maqsad xo‘jalik sub’ekti faoliyati-ning barcha qirralari bo‘yicha faktlarni
yig‘ish va baholash,
hiso-botlarini tekshirish, ularning me’yoriy hujjatlarga mos
ravishda bajarilgan yoki bajarilmaganini tekshirishdan iborat.
Iqtisodiyotning real sektoridagi korxona va tash-kilotlarda buxgalteriya
hisobi yuritilishi va hisobotini tashkil etish metodologiyasi bilan Moliya vazirligi
shug‘ullanadi. 2000 yil 1 sentyabrdan kuchga kirgan “Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida”gi
qonunning
1-moddasiga
muvofiq
“Banklarni
auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston
Res-publikasining
Markaziy banki tomonidan belgilanadi» deb mus-tahkamlandi hamda banklar va
boshqa kredit tashkilotlarining har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi
kerakligi aniq belgilandi. Shu bilan birga mazkur hujjatda bank auditi bilan
shug‘ullanadigan auditorlik kompaniyalari va auditorlarga lizensiyalarni Markaziy
bank berishi belgilangan.
Bank auditining ob’ekti
Do'stlaringiz bilan baham: