391
tomirlari hamda nerv tolalari yotadi. Egri-bugri urug’ nayi va bo’lak ichida qon kapillyarlarining
atrofida urug’donning yirik interstitciy bez hujayralari (glandulo cytus testis) - Leydig
hujayralarining to’plami joylashadi. Bu hujayralar yirik, yumaloq yoki ko’p qirrali bo’lib,
tcitoplazmasida lipidlar, glikogen kiritmalari va turli kristalloidlar tutadi. Esh ortib borgan sari
hujayra tcitoplazmasida pigment yig’ila boradi. Trofik kiritmalarning ko’pligi, interstitciy
hujayralari spermatogen epiteliyning oziqlantirishda qatnashadi deyishga imkon beradi. Bundan
tashqari, Leydig hujayralari shu bilan bir qatorda erkaklar jinsiy gormoni ishlanishida ishtirok
etadi, deb qaraladi. Urug’donning faoliyati gipofiz bezining oldingi bo’limida ishlanuvchi
gonadotrop gormonining ta’siriga bog’liq.
Urug’donning yoshga qarab o’zgarishi. YAngi tug’il-gan bolalar urug’donining og’irligi 800 mg
ga teng bo’lib, bo’lak-larga bo’linganligi yaqqol ko’rinib turadi. Urug’donlar bu davr-da siyrak
tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimali stro-mada yotuvchi uncha egri-bugri bo’lmagan,
ba’zan bir-birlariga tegib yotuvchi urug’ kanalchalaridan iboratdir. Urug’ kanalchala-ri tor,
bo’shlig’i deyarli ko’rinmay, ba’zan kanal hujayralari uni to’la bekitib qo’yadi. Kanal hujayralari
etilmagan Sertoli hujayralari, spermatogoniylar va birlamchi gonotcitlardan iborat.
Erkaklar jinsiy sistemasining bola tug’ilgandan so’nggi taraqqiyotining b i r i nch i to’rt yili
statik davrdeb nomlanadi. Bu davrda urug’ kanalchalari kichik o’lchamga ega bo’-lib, ozgina
egri-bugridir. Hujayralar esa bir qavat bo’lib yotadi. Urug’donning maxsus funktciyasi
kuzatilmaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha davr urug’don postnatal taraqqiyotining ikkinchi davridir. Bu davr
ichida kanallarda spermato goniy va birinchi tartibli spermatotcitlarni uchratish mumkin.
Interstitciyda Leydig hujayralariga asos bo’luvchi hujayralar paydo bo’lib, differentciallasha
boshlaydi. Hujay-ralar o’lchamlarining oshishi, jinsiy hujayralar sonining ko’-payishi, I tartibli
spermatotcitlarning paydo bo’lishi, tayanch
hujayraning differentcirovkasi bu davrni bolaning organiz-
mida jinsiy sifatlarning paydo bo’lish davri deyishga asos beradi.
Uchinchi davr 10 yoshdan 12-16 yoshgacha bo’lib, taraqqiyot davri deb nomlanadi. Morfometrik
kuzatishlar urug’donning bu davrida intensiv o’sishini tasdiqlaydi. Hujayralar katta-lashadi va
soni oshadi. Ayniqsa, Sertoli hujayralari sezilar-li darajada o’zgaradi. Ularning yadrosi
kattalashadi, 1-II tartibli spermatotcitlar ko’payadi. Ba’zan spermatidlar ham uchraydi. 12-14
yoshlarda kanalda etarli darajada spermato-tcitlar bo’ladi. Bu davrda urug’ chiqaruv yo’llarining
taraqqiyoti ham sezilarli darajada bo’ladi. Urug’don ortig’i morfologik jihatdan katta yoshdagi
odamlarniig urug’don ortig’idan farq qilmaydi.
Spermatogenezning muntazam ro’y berishi urug’don taraqqi-yotining to’rtinchi davri
hisoblanadi. Spermatogen epiteliyning barcha hujayralari hamda spsrmatozoidlarning kanallarda
uch-rashi bu davrning muhim morfologik belgisidir.
18-20 yoshdan boshlab aktiv spermatogenez davri boshlanadi. YUqori funktcional aktiv holat
50-55 yoshlargacha davom etadi. 50 yoshdan 80 yoshgacha urug’donda atrofik, distrofik va
nekrobio-tik xarakterdagi jarayonlar rivojlanib boradi. Bu o’zgarish-lar
Do'stlaringiz bilan baham: