Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

 


338 
INGICHKA ICHAK 
 
Ingichka ichakda oziq moddalarning parchalanishi va so’rilishi: bilan bog’liq turli xil jarayonlar 
amalga oshadi. Bu erda hamma oziq moddalar - oqsillar, yog’lar va karbonsuvlar ximiyaviy ji-
hatdan qayta ishlanadi, ya’ni parchalanadi. Oqsillarni qayta ishlashdan oddiy oqsillarni 
parchalovchi - e n t e r o k i n a z a,. kinazogen va tripsin, peptidlarni aminokislotalargacha 
parchalovchi - erepsin (peptidazalar aralashmasi) va murak-ka.b oqsillar- nukleoproteidlarni 
parchalovchi - nukleaza fermentlari ishtirok etadi. Qarbonsuvlarni parchalashda - amilaza, 
mal’taza, saxaroza, laktaza va fos-fataza, yog’larni parchalashda-lipaza fermentlari qatna-shadi. 
Ichakning evakuatciya faoliyati uning mushak pardasining peristal’tik qisqarishi hisobiga 
bajariladi. Bundan tashqari» ichak endokrin vazifani ham bajaradi va serotonin, gnstamin, 
motilin, sekretin, enteroglyukagon, xoletcistokinin, pankrezi-min, gastrin va gastrinni ingibitori 
kabi biologik aktiv mod-dalarni ishlab chiqaradi. 
Taraqqiyoti. Embrion rivojlanishining 5-haftasida birlamchn ichak nayi o’rta qismining oldingi 
bo’limidan o’n ikki barmoq, o’rta bo’limidan och ichak, yombosh va yo’g’on ichaklar paydo 
bo’lsa, orqa bo’limi to’g’ri ichakni hosil qiladi. Vorsinkalar, kriptalar epiteliysi va duodenal 
bezlar ichak endodermasidan hosil bo’-ladi. Homila taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida 
ichak nayn yirik kubsimon entodermal hujayralari bilan qoplangan. 5 haftalik homila ingichka 
ichak epiteliysi ikki qator prizmatik bo’lsa, faqat 7-8 haftadan keyingina bir qavatli tcilindrsi-
mon ko’rinishda bo’ladi. Taraqqiyotning 3-oylari davomida ichak yuzasida ko’ndalang 
chuqurchalar bilan alohida qabariqlarga bo’-linuvchi uzun burmalar paydo bo’ladi. SHu 
qabariqlar bo’lajak vorsinkalar o’rnidir. 4-oylarga kelib ham ingichka, ham yo’g’on ichaklar 
ichki yuzasi vorsinkalar bilan qoplanadi. Ingichka ichak-da vorsinkalar soni ortib boradi, yo’g’on 
ichak vorsinkalari esa taraqqiyotining 9- oyi davomida asosidan to uchiga qadar bir-bi-ri bilan 
tutashib ketadi. Vorsinkalarni ajratib turuvchi bo’sh-liq shilliq parda hosil qilgan chuqurchalar 
holida bo’lib, Li-berkyun bezlari yoki kriptalar deb ataladi. 
Ingichka ichak vorsinkalari uzunasiga uning yarmigacha tutash-ganligidan bu erda kriptalar 
chuqur bo’lmaydi. Un ikki barmo^ ichakning xususiy bezlari (Brunner bezlari) homila 
hayotining 4-oylarida kripta epiteliysining shilliq osti pardasiga o’sib kirishidan hosil bo’ladi. 
SHilliq pardaning xususiy qatlami va shilliq osti parda embriogenezning 7-8- haftalarida 
mezenximadan taratcqiy eta-di. 
Mushak parda qatlamlari bir vaqtda hosil bo’lmaydi, dastav-val 7-8-haftalarda ichakning ichki 
mushak qatlami, so’ng tashqi uzunasiga yo’nalgan qatlam rivojlanadi. Mushak parda embrion 


339 
206- rasm. Ingichka ichak devorishshg tuzilpshi. Gematoksilii-eozin bi- 
lai bo’yalgan. 06. 3,5, ok. 10. 1 -shilliq parqa: a - so’rrichlar (vor-u-inkalar); b - kriptalar; 2 – 
shilliq osti pardasi; 3 - mushak parda; 4 - serez parda. 
hayotining 7-8 oylarida to’la hosil bo’ladi. Seroz parda pusht taraqqiyotining 
5- haftalarida embrional biriktiruvchi to’qimadan paydo bo’ladi. 
INGICHKA ICHAKNING TUZILISHI 
Ingichka ichak devorida shilliq, shilliq osti, mu-shak va seroz pardalar ta-fozut etiladi (206-
rasm). 
SHillitc, parda 
epiteliy, xususiy va mushak qatlam-lardan iborat bo’lib, unda aylana burmalar, 
vorsnnka (so’rg’ichlar) hamda kripta-lar borligi uchun ingichka ichakka xos bo’lgan manzara-ni 
yaratadi. Bu tuzilmalar ikgichka ichakning umumiy yuzasini oshiradi va uning asosiy 
vazifalarini baja-rishga yordam beradi. 
A y l a n a burmalar (plicae circulares) shilliq va shilliq osti pardalari hisobi-ga hosil bo’ladi. 
Vorsinkal ar (villi in-testsinales) shilliq pardaning barmoqsimon bo’rtmalari bo’-lib, ichak 
bo’shlkg’ida erkin holda chiqib stadi. Ingichka ichakda vorsinkalar soni juda ko’p. Vorsipkalar 
miqdori va balandligi ingichka ichakpiing butun uzunasi bo’ylab bir xil-da bo’lmay, o’rta 


340 
hisobda o’n 
ikki barmoq ichakiing 1 mm
2
yuzasida 22- 40, yonbosh ichakda zsa 18 dan 25 tagacha bo’ladi. 
O’n ikki barmoq ichakda vorsinkalar serbar va kalta (balandligi 0,2 - 0,5 mm), och va yonbosh 
ichaklarda esa ingichka-poi^, lekin baland (0,5-1,5 mm gacha) bo’ladi. Vorsinkalarning hosil 
bo’lishida shilliq pardaning hamma kavatlari ishtirok etadi. Vorsin-kalar hamda burmalar 
hisobiga ichak yuzasi 10 martagacha oshadi. 
Kriptalar yokiichak b e z l a p i (criptae seu glandulae intestina-les) epiteliyning xususiy 
plastinkaga botib kirishidan hosil bo’lgan naysimon tuzilmalardir. Ular vorsinkaler orasiga 
ochiladi. Ingichka ichakning 1 mm
2
yuzasida 100 tagacha kripta bo’lib, ularning umumiy soni 
150 mln dan oshadi. Har bir kriptanning uzunligi 0,25-0,5 mm diametri esa 0,07 mm atrofida 
bo’ladi. Ingichka ichakda kriptalar-ning umumiyyuzasi 14m
2
ga etadi. Vorsinkalar va 
kriptalarning yuzasi bir qavatli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Vorsinkalar epi-teliysi 3 xil: 
«jiyakli» prizmatik (enterotcitlar), qadahsimon va endokrin hujayralardan tashkil topgan. 
Kriptalarda esa yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, Panet xujayralari va ixtisoslashmagan, 
«jiyaksiz» hujayralar ham bo’ladi. Limfoid follikulalar sohasida-gi epiteliy tarkibida ba’zan 
«tukli» - neyroepitelial va M-hujay-ralar uchrab turadi. 
Hoshiyali p r i z m a t i k h u j a y r a l a p (enterotcitlar) baland, tcilindrsimon bo’lib, 
cho’zinchoq yadrosi hujayraning past-ki '/z qismida joylashgan. Bu hujayralarning apikal 
plazma-tik membranasida «jiyak» (hoshiyalar) ko’rinadi. Elektron mik-roskop «jiyak»ning 
tcitoplazmatik o’siqchalar - mikrovorsinka-lardan iborat ekanligini ko’rsatadi (7, 44(G)- 
rasmlarga q.). Har bir prizmatik hujayra 2-3 ming mikrovorsinkaga ega. Mik-rovorsinkalarning 
uzunligi 0,65-1,5 mkm, eni esa 0,1 mkm. Mik-rovorsinkalar hisobiga ichakning so’rilish yuzasi 
30-40 marta oshadi. 
Har bir mikrovorsinka uch qavatdan tuzilgan plazmatikmem-brana bilan qoplangan. 
Mikrovorsinkalar matriksi tcitoplaz-maga nisbatan hiyla zich bo’lib, mikronaychalar va 
fibrillalar tutadi. Ular yuqorida apikal membrananing ichki elektron zich qavati bilan bog’langan 
bo’lib, terminal to’rda tamom bo’ladi. «Jiyakli» hujayralar mikrovorsinkalarida fosfataza, 
aminO-peptidaza, invertaza, nukleoziddifosfataza, glikozidaza, mal’-taza, laktaza, saxaraza va 
boshqa fermentlarning ko’pligi aniq-langan. Bu ma’lumotlar mikrovorsinkalar faqatgina hujayra-
ning so’rish yuzasinigina oshirib qolmay, balki so’riladigan moddalarni parchalashda ham aktiv 
ishtirok etishini ko’rsatadi. 
Mikrovorsinkalar yuzasida lipoproteid va glikozamingli-kanlardan tashkil topgan glikokaliks 
joylashgan. 
«J iyakli» hujayralarning apikal qismida yaqqol ko’rinib turadigan terminal to’r bo’lib, u hujayra 
yuzasiga pa-rallel’ yo’nalgan filamentlardan tashkil topgan. 
Prizmatik hujayralar organellalarining aksariyati termi-nal to’r va yadro oralig’i zonasida 
joylashgan. Hujayra organel-lalaridan ko’p miqdorda uchraydigan mitoxondriyalar alohida 


341 
207-rasm. Ingichka ichak epiteliysi qadahsimon hujayrasining elektron mikrofo- 
tografiyasi. x8.000 (K. I. Rasulov rasmi). ' -yadro; 2-sekretor donachalar; 3 - plastinkasimon 
kompleks. 
o’rin tutadi. Ular hujayrannng apikal qismida cho’zinchoq bo’lsa, bazal qism sari dumaloq 
shaklga ega bo’lib boradi va betartib joylashadi. Prizmatik hujayralarda Gol’ji kompleksi yaxshi 
rivojlangan va, asosan, hujayra yadrosining ustida joylashgan. Donador endoplazmatik to’r 
hujayra tcitoplazmasida bir xpl tarqalgan. Erkin ribosoma va polisomalar butun tcitoplazma 
bo’ylab joylashadi. Endoplazmatik to’r va Gol’ji kompleksi at-rofida ribosomalarning yirik 
to’plamlari joylashgan. Prizma-tik hujayralarning yadrosi oval bo’lib, hujayraning pastki qismida 
joylashadi. 
Qadahsimon h u j a y r a l a p (exocrinocyti caliciforrnes) ichak-ning boshlanishidan oxmrigacha 
mavjud bo’lib, prnzmatik hujayralar srasida yakka-yakka joylashgan (207-rasm). Ingichka ichak 
vorsinkalari asosida, kriptalarning kjori qismlarida qadahsimon hujayralar an-chagina ko’p 
bo’ladi. O’n ikki barmoq ichakdan yonbosh ichakka qarab ularning soni ortib boradn. 
Qadahsimon hujayralar karboksil tutuvchi, sul’fatlangan,. kislotali glikozaminglikanlar, 
sialomutcin va neytral gliko-zamimglikanlar komplekslaridan iborat shilliq sekret ishlab 
chiqaradi. Sekret bilan to’lgan hujayra qadah shaklini oladi, yadro va boshqa organellalar, 
hujayraning ingichkalashgan bazal qismiga qarab siljigan bo’ladi (207- rasmga q.). Hujayradan 


342 
sekret apikal membrananing yorilishi bilan chiqadi. Hujayra-lardan sekret chiqishi bilan sekretor 
tcikl yaia qaytariladi. Le-kin sekreti chiqib ketgan ayrim hujayralar emirilib ketishi ham 
mumkin. Qadahsimon hujayralar kriptalarning differentci-allashmagan hujayralaridan taraqqiy 
etadi. 
Endokrin hujayralar maxsus bo’yoqlar yordamida bo’-yalganda ko’rinadi. Bu hujayralar asosan 
kriptalarda joylash-gan bo’lib, vorsinkalar epiteliysida ham uchrab turadi. Kumush tuzlari bilan 
bo’yalganda endokrin hujayralarning asosi keng, apikal qismi esa toraygan bo’lib, ko’pincha, 
epiteliy yuzasiga etib bormaganligi yaxshi ko’rinadi. Bu hujayralar o’simtalarga ega bo’lib, 
o’simtalari epiteliy hujayralari orasiga tarqaladi. Endokrin hujayralar tcitoplazmasi oqish bo’lib, 
o’zining bazal qismida ko’plab sekret donachalari tutishi bilan ajralib tura-di (208-209-rasmlar). 
SHuning uchun ba’zan 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish