277
oxirlariga boy ayrim sohalar aniqlan-gan.
Upkaning yoshga tcarab o’zgarishi.
YAngi tug’ilgan bolalarda o’pka al’veolalari juda kichik
bo’ladi. Go’dak hayotining birinchi oylarida al’veolyar yo’llar va al’veolalarning o’lchami katta-
lashadi, lekin elastik tolalar hali ham oz miqdorda bo’ladi.
Go’dak o’pkasi 3-5 yoshgacha o’z tuzilishining nozikligi va lim-fa tomirlariga boyligi bilan
ajralib turadi.
CHsh
o’tishi bi-lan o’pkada limfa sistemasining qayta rivojlanishi sodir bo’-ladi.
Al’veolalarning shakllanishi ularning elastik sinchinchng rivojlanishi bilan tugaydi.
YOsh ulg’ayganda o’pka sklerozining rivojlanishi kuzatiladi va pnevmoskleroz vujudga keladi.
Ba’zan biriktiruvchi to’qi-mada gialin tugunchalar hosil bo’ladi. Al’veolalararo to’siq-larning
elastik tolalari ingichkalashadi, ba’zi joylarda esa uziladi. Buning natijasida o’pka to’qimasi
o’zining elastikli-gini (cho’ziluvchanligini) yo’qotadi. Bu esa, al’veolalarning pu-faksimon
kengayib ketishiga (emfizema) sababchi bo’ladi.
Nafas olish a’zolarining regeneratciyasi.
Upkaning fiziolo-tik regeneratciyasi kam o’rganilgan.
Nafas yo’llari epiteliysi-ling ko’chib, shilliq bilan birga tashqariga chiqarilib turishi aniqlangan.
Kiprikli epiteliy kuyish, mexanik jarohatlanish kabilardan so’ng yaxshi tiklanadi. Upkaning bir
qismini olib tashlanganda unda al’veolalarning kompensator gipertrofiyasi sodir bo’ladi. Lekin
o’pka to’qimasida regeneratciya sust boradi, chunki jarohatlangan joyda biriktiruvchi to’qima
zo’r berib rivojlanadi, bu esa o’pka tuzilmalarining xaqiqiy tiklanishi-ni to’xtatib qo’yadi.
PLEVRA
Plevra ko’krak bo’shlig’ini qoplab turuvchi parda bo’lib, u ikki: parietal
va vistceral varaqlardan
iborat.
Parietal plevra ko’krak bo’shlig’ini va ko’ks oralig’ini ichki tomondan qoplaydi. Vistceral plevra
esa o’pkani tashqi tomon-dan o’rab turadi.
Plevra pardasining asosi qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan bo’-lib, unda qorin tutqichi kabi 6 qavat
farqlanadi: 1) mezoteliy, 2) bazal membrana, 3) yuza joylashgan kollagen tolali qavat, 4) yuza
elastik tolali to’r qavat, 5) chuqur joylashgan bo’ylama elastik to’r qavat. 6) chuqur panjarasimon
kollagen - elastik tolalar qavati.
Vistceral plevrada elastik tolalar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular to’r hosil qilib joylashadi. Upka
to’qimasidagi elastik tolalar bilan vistceral parda elastik tolalari yagona sinch ho-sil qilib,
o’pkaning funktcional faoliyatida muhim rol’ o’ynay-di. SHuning uchun ham vistceral pardani
o’pka to’qimasidan aj-
ratib olish ancha qiyin. Vistceral pardada yaxshi rivojlangan elastik tolalardan tashqari onda-
sonda silliq mushak hujayra-lari ham uchrab turadi.
Plevra bo’shlig’ining tashqi devorini qoplab turuvchi parie-tal varaqda"elastik tolalar oz
miqdorda uchraydi, biriktiruv-chi to’qimali qavati esa sustroq rivojlangan.
Plevraning ustki tomoni bir qavatli mezoteliy bilan qop-langan bo’lib, u o’pkaning holatiga
qarab yassi yoki bo’ychan bo’li-shi mumkin.
Plevrada qon va limfa tomirlari va ayniqsa, nerv oxir-lari yaxshi rivojlangandir. Ular plevraga
o’pka ildizidan, qon tomirlar bilan birga hamda o’pka to’qimasidagi bo’laklararo biriktiruvchi
to’qimadan o’tib keladi.
Parietal plevrada qon tomirlari, parietal qorin tutqichiga o’xshab uchta ustma-ust chigal hosil
qilib joylashadi. Vistceral plevrada nerv tolalari ikkita chigal hosil qiladi. Biri mayda sirtmoqli
bo’lib, mezoteliy ostida joylashsa, ikkinchisi yirik sirtmoqli bo’lib, plevraning chuqurroq
qavatida joylashadi. Pa-rietal plevrada erkin va kapsulali, ya’ni sezuvchi va mexanore-
tceptorlarga tegishli nerv oxirlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: