Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Taraqqiyoti.
Taloq kurtagi dastavval embrion taraqqiyotining 5–6- haftasida paydo 
bo`ladi. U rivojlanayotgan katta charvi ichidagi mezenxima hujayralarining zich to`plamidan 
hosil bo`la boshlaydi. Taloqning qon tomirlar sistemasi avvalroq differensiallashadi. So`ngra 
tomirlar orasida joylashgan retikulyar hujayralar hosil bo`ladi. Ularning orasida qonning o`zak 
hujayralari joylashadi. 7-8- haftalarga borib taloqda makrofaglar, 11–12-haftalarda esa B-
limfotsitlar paydo bo`ladi. Embrion taraqqiyotining 5-oyigacha taloqda granulotsitopoez, 
eritropoez va trombotsitopoez jarayonlari faol kechadi. So`ngra bu jarayonlar asta-sekin 
susayadi, limfotsitopoez esa, aksincha, kuchayadi. 
Embrion taraqqiyotining 3–5-oylarida arteriyalar atrofida dastavval T-limfotsitlar 
to`planadi (T-zona yoki periarterial zona). So`ngra bu yerda B-limfotsitlar ham to’planib, 


247 
taloqning oq pulpasi hosil bo`ladi. Ular orasidagi retikulyar to`qima yirik sinusoid qon tomirlar 
bilan birgalikda qizil pulpani tashkil etadi. 
Tuzilishi. 
Taloq toq a’zosi, shakli cho’ziq, qonga to’lib turishi tufayli to’q qizil rangli 
bo’ladi. U sirtdan seroz parda va zich fibroz kapsula bilan o’ralgan. Kapsuladan a’zo ichiga 
yo’g’on to’siqlar trabekulalar o’sib kiradi. Sekin-asta ingichkalashib boruvchi bu trabekulalar 
taloqni unchalik yaxshi ifodalanmagan bo’lakchalarga bo’ladi. Kapsula va trabekulalar ko’p 
miqdorda kollagen va elastik tolalar tutuvchi zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Kapsulada 
ayrim silliq mushak hujayralari bo’ladi. Taloqda qon tomirlar kiradigan joyda kapsula 
qalinlashib va ichkariga buralib, bu a’zoning darvozasini hosil qiladi. 
Taloq trabekulalari orasida parenxima joylashib, unda oq va qizil pulpa farq qilinadi 
(144-rasm). Taloqning oq va qizil pulpalari asosini retikulin tolalardan iborat retikulyar to’qima 
tashkil qiladi. A’zoning taxminan 1/5 qismini tashkil etuvchi oq pulpa (pulpa lienis alba) limfatik 
follikullar (Malpigi tanachalari)dan iborat. Organ kesib ko’rilganda oq pulpa tarqoq joylashgan, 
och kulrang, yumaloq tanachalar shaklida ko’rinadi. Ularning morfologik tuzilishi limfa 
tugunlarining po’stloq moddasidagi follikullarga o’xshash, ya’ni ular limfotsitlarning 
to’plamlaridan iborat follikullar bo’lib, ba’zilarining markaziy qismlari och bo’yalib, ko’payish 
markazi nomi bilan yoritiladi. Bu yerda yirik limfotsitlar va limfoblastlar joylashib, ularning 
ko’pchiligi mitoz bo’linishning turli bosqichida bo’ladi. Limfatik follikulning chekka qismida 
arteriya (arteria lymphonoduli) joylashadi va bu bilan limfa tuguning follikulidan farq qiladi. Oq 
pulpaning shu ekstsentrik joylashgan, lekin markaziy arteriya deb ataluvchi tomirining atrofi 
(periarterial zona) taloq limfatik follikulining timusga tobe qismi hisoblanadi va u yerda 
ko’pgina T-limfotsitlar joylashadi. Bu yerda makrofaglar va T-zonalar uchun xos bo’lgan 
interdigitirlovchi hujayralar ham bo’ladi. 
Taloq limfatik follikulida arteriya atrofidagi T-zonadan tashqari, aytib o’tilgan ko’payish 
markazi, yopqich zona hamda qirg’oq zonalar ajratiladi. Ko’payish markazi va yopqich (mantiy) 
zona asosan B-limfotsitlardan, B-limfoblastlardan, plazmotsitlardan, makrofaglardan iborat. Bu 
zonalar B-zonalar bo’lib, bu yerda B-limfotsitlar uchun mikromuhit hosil qiluvchi follikulyar 
dendritli hujayralar joylashadi. Qirg’oq zona qizil pulpa bilan chegaradosh bo’lib, unda T- va B-
limfotsitlar va yakka makrofaglar uchraydi. Qirg’oq zonani qirg’oq sinusoidal tomirlari o’rab 
turadi.
Qizil pulpa

(pulpa lienis rubra) taloqning asosiy qismini tashkil etib, retikulyar 
to’qima va unda joylashgan qon hujayralaridan iborat. Qizil pulpa sinusoid tipdagi qon 
tomirlarga juda boydir. Qizil pulpaning sinusoidlar orasida joylashgan qismi pulpar yoki taloq 
tasmalari (chordae lienalis) deb ataladi. Bu tasmalarda B-limfotsitlar va ulardan hosil bo’lgan 
plazmotsitlar uchraydi. 
Qizil pulpaning retikulyar stromasida monotsitlardan hosil bo’lgan fagotsitoz qiluvchi 
hujayralar – makrofaglar (taloqda ular «splenotsitlar» deb yuritiladi) va eritrotsitlar juda ko’p 
bo’ladi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish