Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

LIMFA TOMIRLARI 
 
Limfa sistemasi dastlab umurtqalilarda paydo bo’lib, sut emizuvchilarda eng yuqori 
darajada takomillashgan bo’ladi. To’qimalarda limfa tomirlari bir uchi berk naychalar shaklida 
boshlanadi va ular o’zaro tutashib limfa kapillyarlari to’rini hosil qiladi. Kapillyarlar a’zo 
ichidagi limfa tomirlariga aylanadi, bular esa, o’z navbatida qo’shilib, a’zodan limfa suyuqligini 
olib ketuvchi tomirlarni hosil qiladi. Barcha a’zolardan chiqqan limfa tomirlari o’zaro qo’shilib 
borib, nihoyat ikkita yirik limfa tomirini hosil qiladi. Ular esa yirik venalarga ochiladi. Limfa 
tomirlari sistemasining vazifasi modda almashinuvi mahsulotlarini saqlovchi to’qima suyuqligi-
ni barcha to’qimalardan olib chiqishdan iborat. 
Limfa kapillyarlari tuzilishi bo’yicha qon kapillyarlariga o’xshasada, bir qator farq 
qiladigan xususiyatlari ham bor. Limfa kapillyarlari qon kapillyarlaridan keng bo’lib, bir uchi 
berk naychalar shaklida boshlanadi. Ularning devori bir qavat endoteliy hujayralaridan iborat 
bo’lib, ular qon kapillyarlarining endoteliy hujayralaridan bir necha marta kattadir. Shu bilan 
birga limfa kapillyarlari endoteliy hujayralarining ultrastrukturasi birmuncha farq qiladi. 
Jumladan, 
limfa 
kapillyarlarining 
endoteliy 
hujayralarining 
mitoxondriyalari 
qon 


224 
kapillyarlarinikiga nisbatan yirikroq va sitoplazmada bir tekis joylashadi. Endoplazmatik to’r, 
mikropinotsitoz pufakchalari ancha kam uchraydi. Limfa kapillyarlarining endoteliy hujayralari 
sitoplazmasining elektron zichligi qon kapillyarlarinikiga nisbatan kamroq. Limfa kapillyarlari 
endoteliy hujayralari plazmolemmasining ichki yuzasi silliq, juda oz sitoplazmatik o’simtalarga 
ega (131-rasm). 
Limfa kapillyarlarida bazal membrana va peritsitlar bo’lmaydi. Shu sababli limfa 
kapillyarlari endoteliysi biriktiruvchi to’qimaning oraliq asosiy moddasiga bevosita tutashadi. 
Limfa kapillyarlari devori tuzilishining xususiyatlari ularning drenajlash funksiyasiga nihoyatda 
mos keladi. 
131- rasm. Limfa kapillyarlarining elektron mikrofotografiyasi (me’da osti bezidan olingan). 
X.28.000. 
1 – endoteliy hujayrasining sitoplazmasi; 2 – endogeliy hujayralarining tutashgan joyi; 3 – limfa 
kapillyarining teshigi; 4 – kollagen tolalar . 
Limfa tomirlarini kichik, o’rta va yirik tomirlarga bo’lish qabul qilingan. Limfa tomirlari 
tuzilishi bo’ycha venalarga o’xshaydi. Ularning o’xshashligi limfa tomirida va venada qon oqish 
sharoitlari bir xil bo’lishi bilan bog’liqdir. Limfa tomirlari ham venalar kabi mushakli va 
mushaksiz bo’lishi mumkin. Mayda limfa tomirlari (30–40 mkm) asosan a’zolar ichidagi 
tomirlar bo’lib, ularda mushak elementlari bo’lmaydi, devori endoteliydan va biriktiruvchi 
to’qimadan iborat pardadan iborat. O’rta va yirik limfa tomirlari (0,2 mkm dan katta) devorida 
uch qavat farq qilinadi. Ichki qavatida endoteliy hamda elastik va kollagen tolalaridan iborat 
endoteliy osti qavati, hamda unchalik yaxshi ifodalanmagan ichki elastik membrana farq 
qilinadi. Ichki qavat klapanlar hosil qiladi. Klapanlarning asosini biriktiruvchi to`qima tashkil 
etib, yuzasi bir qavat endoteliy hujayralari bilan qoplanadi (132-rasm). O’rta qavat aylana va 
qiyshiq yo’nalishdagi silliq mushak hujayralari, shuningdek, kollagen va elastik tolalardan 
tuzilgan. Tananing pastki qismida joylashgan limfa tomirlarida bu qavat yaxshi taraqqiy etgan 
bo’ladi. Adventitsiya qavati biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unda uzunasiga yo’nalgan 
silliq mushak hujayralarining tutamlari uchraydi.


225 
Ko’krak limfa yo’li yirik limfa tomiri bo’lib, uning devorida ham uch qavat tafovut 
qilinadi. Har uchala qavatda ham silliq mushak hujayralari borligi kuzatiladi. Ichki qavat 
endoteliy hamda endoteliy osti qavatlaridan iborat. Endoteliy osti qavati biriktiruvchi to’qimadan 
iborat bo’lib, undagi mushak hujayralari bo’ylama yo’nalgan. Ichki elastik membrana o’rnida 
nozik elastik tolalar to’ri joylashadi. 
132-rasm. Limfa tomirining elektron mikrofotografiyalar (gipofizdan tayyorlangan).X 4000.
1 – endoteliy hujayrasi; 2 – klapanlar; 3 – limfa tomirining teshigi. 
O’rta qavat sust taraqqiy etgan bo’lib, aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari va elastik 
tolalar tutamlaridan tuzilgan. 
Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan va unda bo’ylama yo’nalgan silliq mushak 
hujayralarining yaxshigina rivojlangan tutamlari yotadi. Tashqi qavat eng qalin qavat bo’lib, 
ichki va o’rta qavatlar qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta kattadir. 
Barcha tomirlar devori 
tomirlarning tomirchalari 
(vasa vasorum) deb ataluvchi mayda 
tomirlardan oziqlanadi. Ular yirik tomirlarning adventitsiya qavatida joylashib, undan o’rta 
qavatga o’tadi. Ichki qavat shu tomir ichidan oqayotgan qondan oziqlanadi. Tomirlarning 
tomirchalari tomir atrofidagi biriktiruvchi to’qimadan boshlanadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish