Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Silliq mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Silliq mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi.
Silliq mushak to`qimasi 
mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo`layotgan mushak hujayralari dastlab o`simtalarga ega 
bo`lib, uning yordamida o`zaro bog`lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda 
miofibrillalar paydo bo`lishi differensiallanish boshlanganligining belgisi bo`lib xizmat qiladi. 
Keyinchalik silliq mushak hujayralari o`simtalarini yo`qotib, duksimon shaklni oladi va bir-
biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibrillalarning soni ortib, hujayraning uzun yo`nalishi bo`y-
lab tartibli ravishda joylasha boradi. 
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak 
hujairalarining mitoz yo`li bilan bo`linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumotlar bor. 
Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko`payishini qon tomirlarning o`sishi va 
tiklanishi jarayonlarida ko`rish mumkin. Tajribada yirik arteriya bog`lab qo`yilgan hollarda qon 
aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning devorida 
yangidan hosil bo`lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo`ladi. Silliq mushak hujayra-
larining gipertrofiyasi va giperplaziyasi bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi. 


149 
KUNDALANG-TARG’IL MUSHAK TO’QIMASI 
Ko`ndalang- targ`il mushak to`qimasi skelet mushaklarini, ovqat hazm qilish traktining 
ba’zi a’zolari (til, tanglay, qizilo`ngach bir qismi) mushaklarini, ko`z mushaklarini, mimik va 
nafas olish mushaklarini hosil qiladi. Yurak mushagi ko`ndalang-targil mushak to`qimasining 
maxsus turi bo`lib, u haqda quyida maxsus fikrlar bayoni bor. 
Ko`ndalang-targ`il mushak tolalarining tuzilishi. Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi 
tolalardan 
iborat bo`lib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 
mkm gacha yetishi mumkin. Shu sababli ko`ndalang-targ`il mushak tolalari 
simplastik tuzilmalar 
deb ataladi. Ular uzun silindrik tuzilmalar bo`lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda - sarkolemma 
bilan qoplangan. Mushak tolalarining yadrolari oval shaklli, xromatini kam, pereferiyada, 
sarkolemma ostida joylashadi (92-rasm, 
a). 
Mushak tolalari mitoxondriyalarga boy bo`lib, ular 
miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Shuni qayd qilish lozimki, mushakning harakat aktivligi 
ancha yuqori bo`lsa (qisqarish tezligi qancha katta bo`lsa), mushak tolasida sarkosomalar 
(mitoxondriyalar) shunchalik ko`p bo`ladi. Mushak tolalari sarkosomalarning kristallari kuchli 
rivojlangan bo`lib, sarkosomalarning uzun o`qiga nisbatan perpendikulyar yo`nalgan. Donador-
endoplazmatik to`r sust rivojlangan, yadro atrofida joylashadi. Sust rivojlangan plastinkasimon 
kompleks ham shu yerda yotadi. 
Ko`ndalang-targ`il mushakda 
sillik kanalchalar sistemasi 
mavjud bo`lib, uning mushak 
tolalarining maxsus strukturasi deb-hisoblash mumkin. Kanalchalar sistemasi tolaning uzun o`qi 
bo`ylab miofibrillalar oralig`ida joylashdi va Z chiziq qarshisida yoki 

va 

disklar chegarasida 
kengaymalar hosil qilib tugaydi. Bu sistema sarkoplazmatik retikulum (to`r) deb nomlanadi.. 
Bundan tashqari, 

va 

disklar chegarasida (sut emizuvchilarda) sarkolemmaning plazmatik 
membranasi tola ichiga botib kirib 

sistema naychalarini hosil qiladi. Bu naychalar tolaning 
uzun o`qiga ko`ndalang yo`nalgan (tubulus transversalis). 

sistema kanalchalari 

va 

disk 
chegarasida atrofidagi simmetrik joylashgan sarkoplazmatik to`r naycha kengaymalari bilan 
triadalar 
hosil qiladi. Sarkoplazmatik to`r qisqarishining yuzaga chiqishida ishtirok etadi. 
92-rasm. A-Skelet ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi tuzilishi (sxema). 1 - mushak 
to`qichasining bo`ylama kesimi; 2 - biriktiruvchi to`qima; 3 - yadro; 4 - A – disk; 5 - I - disk; 6 - 
mushak to`qimasining ko`ndalang kesimi 
B-ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining ultramikroskopik tuzilishi (sxema). 
1-sarkolemmaning bazal qismi; 2 - sarkolemmaning plazmatik membranasi; 3 - satellit 
hujayralar; 4 - yadro; 5 - mitoxondriya; 6 - A disk hosil qiluvchi yo`g`on protofibrillalar; 
7 - I disk hosil qiluvchi ingichka protofibrillalar; 8 - N zona; 9 - M liniya; 13 -. Z liniya; 
11 -triada (uchlik). (M.M. Ismoilovdan). 
Miofibrillalar 
tolaning qisqarishini ta’minlovchi tuzilmalardir. Bu ipsimon 
tuzilmalarning qalinligi 2 mikron keladi. Qo`ndalang-targ`il mushakning miofibrillalari silliq 


150 
mushakdan farq qilib, ko`ndalangiga taram-taram bo`lib bo`yaladi. Bu ularning nozik tuzilish 
xususiyatlariga bog`liq. Miofibrillalarda 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish