2-masalaning bayoni
Psixologiya, pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘smirlarning 11-12 dan 15-16 yoshgacha bo‘lgan
davri jinsiy yetilish, faol jismoniy o‘sish, shaxs sifatida shaklanishi davri deb sifatlanadi. Ayni shu davrda
insonlarning fe’li, ijtimoiy munosabatlari sha-kllanib, odamlarga atrof voqealikka bo‘lgan munosabatlari
ham yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi.
Aytish joizki, aynan shu yoshdan boshlab, o‘z-o‘zini anglash, bolalik his-tuyg‘ularini kattalar
dunyoqarashiga o‘zgarishi, shaxsni ichki «meni» va uni anglash davri boshlanadi. O‘smirlik davri eng
murakkab palla hisoblanadi.
Ularning jismi, aqli, ongida bo‘layotgan o‘zgarishlar bezovtalik, his- tuyg‘ularning beqarorligi,
ichki kurashlar sababchisi bo‘lib qoladi. O‘smirlar ko‘p hollarda nafaqat jismoniy rivojla-nishdan, balki bir
qancha
ijtimoiy
insonlararo
munosabatlarda
ham
bezovtalik,
noqulayliklarni
boshdan
kechiradilar.Shaxsning kamol topishdagi asosiy bosqichlardan bo‘lgan o‘smirlik yoshi shu bilan ajralib
turadiki, unda shaxs ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, jinsiy tomondan yetiladi.
Ba’zi o‘smirlar tezroq, ba’zilar sustroq rivojlanishadi. Bu davr shunchalik qarama-qarshiliklar,
keskinliklarga boyki, olimlarning ba’zi-lari bu davrni uzluksiz muammolar davriga tenglashtirishadi.
O‘smirlarning yosh davri xususiyatlari ular fe’lidagi xislatlar-ga chambarchas bog‘liqdir. O‘smirlarning
bir-biridan farqi keskin namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Deviant xulqli o‘smirlar uchun tar-tibbuzarliklar, yaqin insonlari bilan keskin muomala,
«ko‘cha» va turli to‘dalarning ta’siriga oson berilishi kabilar xos.Oiladagi salbiy, beshafqat muhit, ma’lum
turdagi o‘smirlar-dagi qo‘pollik, yovvoyilik, sovuq munosabat kabi illatlarni pay-do bo‘lishiga zamin
yaratadi, ular atrofdagilarga nisbatan qara-ma-qarshi ruhda harakatlanib, tajovuzkorona buzg‘unchilik si-
fatlarini namoyon qilishadi. O‘smirlar xulqidagi deviantlik-ning oldini olish, unga qarshi kurashish
maqsadida ularning nafaqat yosh davri balki shaxsiy ijtimoiy-psixologik xususiyat-larini o‘rganish
davomida ular yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra, 3 guruhga bo‘linishi ma’lum bo‘ladi.
1.Shaxsning ijtimoiy qobiliyatlarini namoyon etish xususi-yatlari, shuningdek, o‘zaro muloqotga
kirishish xossalari;
2.Shaxsning guruh ichidagi o‘zaro munosabati va guruh uchun umumiy bo‘lgan qadriyatlarni qabul
ila olishi;
3.Shaxsning ijtimoiy xulq-atvori, atrof-voqelikka bo‘lgan nuqtai-nazari bilan bog‘liq bo‘lgan
umumiy xususiyatlari.
3 guruhning ijtimoiy-psixologik xossalaridan kelib chiqqan holda, deviant xulqli o‘smirlarning
ba’zi bir o‘ziga xos-liklarini aniqlash mumkin.
Ijtimoiy persepsiya - guruh ichida qabul qilingan o‘zaro muomala meyorlari va xulq-atvor
mezonla-rini o‘zlashtirish. Deviant xulqli o‘smirlar guruh ichidagi ular uchun referent, ya’ni ahamiyatli
hisoblangan guruh a’zolarining muomala, xulq-atvor, munosabat meyorlarini o‘zlashtirishga moyil
bo‘ladi. Ijtimoiy xayolot - o‘zining hayotiy tajribasiga tayanib, shaxsiy va umuminsoniy qobiliyatlarga
baho bera olish.
Ijtimoiy holat - deviant xulqli o‘smirlarda juda zaif rivoj-langan yoxud umuman bo‘lmaydi.
Ijtimoiy tafakkur - insonlar-ning o‘zaro muloqot va ijtimoiy munosabatlardagi bog‘liklariga ko‘ra tushuna
bilish qobiliyati. Bu qobiliyat ham zaif rivojlan-gan o‘smirlarda ko‘pgina hollarda mavjud emas.
Ijtimoiy faol-lik - deviant xulqli o‘smirlar o‘z tengdoshlari tomonidan bo‘ladi-an maqtovlardan
manfaatdor bo‘lsalargina o‘zaro yordam ko‘rsatib, javobgarlik hissini sezadilar.
Deviant xulqli o‘smirlarga quyidagi xususiyatlar xosdir:
-lider fikriga buysinish va unga ishonish;
-o‘zining guruhi o‘smirlariga taalluqli bo‘lgan muomala;
-muloqot meyorlarini qabul qilish.
Barcha ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, shaxs qobiliyatlari o‘ziga xosdir, ularning muloqot,
faoliyat va o‘zaro muomala jarayo-nida rivojlanishi esa shaxsning jamiyatda, oilada, jamoada ijtimoiy
faolligi yoki passivligini belgilaydi.
Yuqorida aytib o‘tganimiz: «ijtimoiy xayolot», «ijtimoiy tafakkur» kabi xossalar alohida
ahamiyatga egadir. Ammo, aynan shu xossalar de-viant o‘smirlar tabiatidagi eng kam o‘rganilgan
xossalardir.O‘smirlar
jinoyatchiligini o‘rganganpsixologA.I.Dolgovaning ta’kidlashicha, huquqbuzarlik
qilishdan avval o‘smirni xulq-atvorida meyordan keskin chekinishlar bo‘lib o‘tadi.
Muallif deviant xulqli o‘smirlar uchun xos bo‘lgan 2 toifa meyoriy chekinishlarni ajratib
ko‘rsatgan:o‘rma-zo‘raki vaxudbinona toifadagi o‘smirlar o‘zini kuchli, hozirjavob, tengdoshlariga
yordamga shay qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
Ammo bunday toifa o‘smirlarning haqiqat haqidagi xulosasi jinoyatchi xulosadir.Ular
xarakterida xudbinlik, zolimlik, jismoniy kuchga ishonish, noan’anaviy guruhlarni yoqlash kabi elementlar
ustu-vordir. Xudbinona toifalar uchun yakkalik, xudbinlik kabi bu-zilgan xususiyatlar xosdir. Barcha
voyaga yetmagan jinoyatchilar umuminsoniy qadriyatlarni, jamiyat foydasiga mehnat qilishni, ijodiy
faoliyatni tushunmasliklari, qadrlamasliklari bilan xarakterlanadi. Ularning qiziqishi moddiy boylik
to‘plashga, «xohlaganidek yashashga», «sof vijdon» prinsiplariga yo‘nalti-rilgan.
V.V.Korolev o‘smir yoshidagi huquqbuzarlikning psixologik holatlarini o‘rganish davomida
ularga xos bo‘lgan quyidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni aniqlagan: odob-axloq, namunali xulq
tajribalarining yo‘qligi;do‘stlik, sevgi, jasurlik kabi ijtimoiy qadriyatlarni qabul qilmasligi, ular haqidagi
to‘pori tushunchalar; o‘z-o‘zini o‘ta past yoki juda yuqori baholash;huquqiy va ma’naviy qadriyatlarni
noto‘g‘ri tushunish va ularga teskari munosabatda bo‘lish;tashqi barcha ta’sirlarga beriluvchan bo‘lish.
YE.V.Zaika, N.P.Kreydul, A.S.Yachina kabi tadqiqotchilar o‘smir xulqidagi huquqbuzarlik,
meyordan chekinish holatlarini o‘rga-nishgan. Tadqiqotlarda maktab o‘quvchilari, voyaga yetmaganlar bi-
lan ishlash komissiyasi ro‘yxatidagi o‘smirlar axloq tuzatish ko-loniyalaridagi yoshlar ishtirok etgan.
Bunda asosiy e’tibor ular fe’lidagi nosozliklarga, meyoriy buzilish holatlariga qara-tilgan.
Shaxsning rivojlanish jarayonidagi umumiy qiyinchi-liklari va orqada qolayotganidan darak
beruvchi xususiyatlari -kelajak haqidagi tasavvurining yo‘qligi, oiladagi nosog‘lom muhit, atrofdagi
insonlar bilan kelisha olmaslik, o‘zini hurmat qilmaslik.
Ularning ko‘pchiligi kelajakka ishonmasligini ko‘rish mumkin. Ular uchun shuhrat, moddiy
boylik, zo‘r do‘st kabi tushunchalar qadrlidir. Ularning 80%i kelgusi rejalari yo‘qli-gi, ko‘pincha bunday
o‘smirlar nosog‘lom muhitdagi oilada yashaydi-lar va doimo ota-ona, o‘qituvchilari bilan janjanlashadilar.
Bundaylarning 56%ida boshqalar bilan muloqotga kirish xohishi umuman yo‘q. 77% deviant
o‘smirlar jinoyatga moyil illatlarga ega bo‘ladilar, bunday illatlarning barchasi o‘smirlarning 40%ida
ko‘ringan bo‘lsa, 17% deviant xulqli o‘smirlarda jinoyat-ga xos bo‘lgan ikkita xususiyat mavjud
bo‘ladi.Axloq tuzatish koloniyalarida jazoni o‘tovchi o‘smirlar uchun kelajakka nisbatan yaxshi
tuyg‘ularni o‘yg‘ota olmasalar, kolo-niyadagi buzilgan ma’naviy muhitni deviant xulqli o‘smirlar juda ham
osonlik bilan o‘ziga singdiradilar.
Bunday o‘smirlar shaxsini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu toifa o‘smirlarning 96%i qo‘pol
huquqbuzarlik xislatlariga ega bo‘ladi.Y.A.Kleyberg, I.S.Kon, S.T.Konyuxova, I.A.Semikasheva kabi
tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, deviant xulqli o‘smirlarni o‘ziga xos ijtimoiy guruh desak, bu guruh
a’zolari uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy-psixologik sifatlarni aniqlashimiz mumkin.
Deviant
xulqli o‘smirlar maxsus ijtimoiy guruh sifatida quyidagilar bo‘yicha
asoslanadi:Odatlari, urflari, an’analari. Bunday muhitda o‘z maxsus madaniyati shakllanadi. Tashqi
tomonidan kiyim-kechak, soch tur-magi, jargonda so‘zlashuv.Deviant o‘smirlarni o‘rganuvchi
psixologlarning ilmiy ishlarida ularning umumiy psixologik va ijtimoiy xususiyatla-ri aniqlanadi.
D.I.Feldshteynning fikricha, deviant o‘smirlar ijtimoiy sust, tajovvuzkor, qiziqqon, qo‘pol,
«ko‘z yosh» to‘kishga moyil bo‘lib, ko‘plari aldoqchi, mas’uliyatsizligi bilan ajralib turadi.
I.A.Semikashevaning izlanishlari bo‘yicha bunday guruh qatnashchilari ota-onaga o‘xshash xislatlarga ega
bo‘lib, alohida insonlarni emas, o‘zi mansub guruhni hurmat qiladi.
Bunday o‘smirlar o‘z xarakterlariga mas’uliyat sezmay, omma orasida ham-ma qatori
harakatlanadi. S.A.Kulakovning ta’kidlashicha, bunday xulqli o‘smirlar psixoterapevtlarning mijozidir,
ularga aniq tashxis qo‘yilmagandiru, ammo ularning ko‘pgina xislatlari meyoriy jihatdan buzilgan.
Affektiv sohada - bu hissiy bo‘shan-glik depressiya va hayajonga tez berilishdir. Ma’noni talab qilish
sohasida erkinlik, himoyalanganlikka bo‘lgan ehtiyojini yopib qo‘yilishi, referent guruhiga xos bo‘lishi,
kognitiv sohada xulosa qilishni rad etish kuzatiladi.N.Y.Maksimovaning tadqiqotlaridan shu narsa
aniqlandiki, og‘ir tarbiyali o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarida salbiy holatlarga olib keluvchi
quyidagi ichki sabablar ham bor ekan, jumladan: sinfdoshlar bilan muloqotning qiyin olib bori-lishi, xulq-
atvor meyorlarining shakllanmaganligi, ijtimoiy meyorlar va xulq-atvor qoidalarining qadrini
tushunmasligi, in-kor etish, o‘zi atrof olamni birbutun deb tasavvur etaolmasligi, pedagoglarning talab va
takliflarini inobatga olmaslik, o‘z-o‘ziga o‘ta baland baho berish, ota-ona, o‘qituvchi bilan kelishmaslik
oqi-batida ijtimoiy to‘g‘ri rivojlanmaslik. A.YE.Lichkoning aytishicha, o‘smirlarning ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari shu yosh uchun xos bo‘lgan quyidagi xossalar bilan bog‘liq:
Tengdoshlari bilan birgalikda guruhlarga ajralish.
Vaqt o‘tgan sari o‘zlariga zarar bo‘luvchi mojaro va sarguzashtlarga o‘ralashib qolishlari.
Achinarlisi, bekorchi o‘smirlar bo‘sh qolib, kayfiyatni ko‘tarish uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qili-
shi. O‘smirlar ba’zilari qiziquvchanlikdan «kattalardek bo‘lish», boshqalari esa qolganlaridan qolib
ketmasligi uchun ham ichishga ro‘ju qo‘yadilar. Ular nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlar ham bo‘ladilar
2.Imitatsiya
(o‘xshatish)
bu
doimo
kimgadir
taqlid
qilishdir.
Bunday o‘smirlar o‘z tengdoshlari yoxud kattalarning xatti-harakatini takrorlaydilar. Atrofdagilardan
birortasi spirtli ichimlik, giyohvand modda iste’mol qilsa, unga taqlid qiluvchilar ko‘payadi. Ko‘pgina
o‘smirlar o‘ziga “namuna” qilib kino qahramonini, aktyorlar, sozandalarni tanlaydilar va ularga taqlid
qiladilar. Agarda taqlid qilinayotgan qahramon salbiy qahramon bo‘lsa, unda ota-ona va pedagoglar turli
noxushliklarga
tayyor
turishlari
darkor.
Ayniqsa, “namuna” uchun tanlangan inson real shaxs bo‘lsa-yu, u ichkilikboz, giyohvand, jinoyatchi bo‘lsa,
undan juda katta kulfatlarni kutish mumkin, chunonchi, ko‘pgina giyohvandlar, katta pul kerakligidan turli
jinoyatlarga o‘ralashib qolishadi.
3.Inkor reaksiyasi(qarama-qarshi tuyg‘u). O‘smirlar uchun xos bo‘lgan tuyg‘u. Xulqning qarama-
qarshi xususiyatlari yaqinla-rining dilsiyohligi, shaxsiyatni xafa qilishi, talablarning ba-jarilishida namoyon
bo‘ladi. Qarama-qarshi ruhdagi harakatlar ko‘pincha ota-ona, kattalarga qaratilgan bo‘ladi. Oilada
muammoli vaziyat yuzaga kelganda, bolaning ichki va tashqi “meni” kichik yoki bo‘rttirilgan
huquqbuzarliklar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday is-yonkorlik ruhidagi harakatlarga ota-onalarning bolaga
nisbatan loqaydligi, shaxs sifatida uni hurmat qilmasligi, qiziqishlari-ga to‘sqinlik qilishi sabab bo‘ladi. Ota-
onaning bolasiga qo‘ygan o‘ta yuqori talablari, uni “vunderkind” – o‘ta yuqori cho‘qqilarni egallovchi shaxs
qilishdek orzulari ham sababi bo‘ladi. Dushman-lik hissini berkitib, o‘smir kattalarga bo‘lgan norozilik,
xafa-ligini, undan ruhan begonasirashini namoyon qiladi. U o‘ziga do‘stlarni tashqaridan izlay boshlaydi va
ko‘pincha ichuvchi, che-kuvchi to‘daga kirib qoladi.
4.Rivojlanish tuyg‘usi(emansipatsiya) - o‘smirning o‘z erkin-ligi, mustaqilligi uchun kurashi. U
kattalar nazoratidan tezroq ozod bo‘lishni xohlaydi. Uni qancha nazorat qilishsa, u shuncha er-kinlikka
talpinadi. Kattalarga u ataylab mustaqil harakatlarini namoyon qiladi. Ota-ona yoxud o‘qituvchi unga biron
harakatni maj-buriy singdirmasa, balki u o‘zi ham ixtiyoriy ravishda shu harakat-ni bajargan bo‘lar edi. Bu
o‘smirning qaysarligi bilan bog‘liq. Ruhan sog‘lom o‘smirlardan o‘ta qaysarlik xislatlari vaqti bilan o‘tadi.
Agarda kattalar o‘ta shafqatsizlik va so‘zsiz bo‘ysunishni so‘rashsa, unda o‘smirlar o‘ta keskin xarakter
namoyon qiladilar.Eng xavotirga soladigani shuki, o‘smirlarning xatti-harakati bunday holatlarda uydan
qochish va daydichilik bilan tugallanadi.
5.Rad etish tuyg‘usi - bu o‘yinlarga, ovqat yeyishga, uy ishlari, jamoat ishlariga qo‘shilishini
inkor etish tuyg‘usi. Bunday voqelikda ota-onalar o‘smirlarning ba’zilariga ma’lum bir teng-doshlari bilan
muloqot qilishni rad etadilar. Ota-ona o‘z far-zandini ichuvchi, chekuvchi tengdoshlaridan himoya qilish
maqsadida boshqa maktabga, boshqa hududga ko‘chirishga ham majbur bo‘ladi, natijada o‘smir o‘z ota-
onasini tengdoshlaridan ajratganligida ayblab, ulardan arazlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |