O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/64
Sana15.06.2022
Hajmi1,6 Mb.
#672362
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
Мажмуа коррекция

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Yordamchi maktablar tarmog‘i haqida fikr yuriting. 
2. Surdopedagogika qanday bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadi. 
3. Tiflopedagogika qanday bolalar pedagogikasi bilan shug‘ullanadi. 
4. Logopediya haqida fikr yuriting. 
5. Nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan muassasalar haqida ma’lumot bering. 
6. Nuqsonli bolalarga ijtimoiy ta’lim-tarbiya berish ishlarining respublikamizda hozirgi vaqtdagi 
ahvoli. 
13. YORDAMCHI MAKTABLAR, ULARNING MAQSAD VA VAZIFALARI, TA’LIM-
TARBIYA BERISH QOIDALARI (4-soat) 
Reja: 
 
1.
Yordamchi maktablarning maqsad va vazifalari. 
2.
Yordamchi maktablarda o‘qitishni tashkil qilish. 
3.
Yordamchi maktablarda ta’lim qoidalarining qo‘llanishi. 
 
Tayanch iboralar va tushunchalar:
 
maxsus maktablar, aqli zaif bola, ko‘zi ojiz bola, kar bolalar, 
majruh bola, difektologiyai, oligofrenopedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika, maxsus 
pedagogika. 
Hozirda respublikamiz miqiyosida jamiyatimiz ehtiyojlarini imkoniyat darajasida qondirib, 
samarali faoliyat yuritayotgan bir qancha yordamchi maktablarimiz mavjudki, ular ham “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”dagi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunidagi pirovard maqsadlarga o‘z ulushlarini 
qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, jamiyatimizda ushbu sohaga yondosh bir qancha masalalar hal 
etilmoqdaki, bu respublikamizning ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida difektologiya bo‘limlari ochilmoq va 
ular nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi malakali kadrlarni еtkazib chiqarish, bugungi 
kunda va kelajakda jamiyatimiz uchun foydali ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi insonlarni 
tarbiyalashda muhim vazifaning hal etilishini ko‘zda tutadi. 
Har bir bola o‘rganilmagan va ochilmagan boylikdir, uni o‘rganish muayyan bir yo‘lga solsa, u 
ham o‘z hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olishi, o‘z imkoniyatini namoyon etishi jamiyatning rivojlanishiga 
o‘z hissasini qo‘shishi, hayotda yashash istagi bo‘lmagan majruh bir qalbga yo‘lini yorituvchi chiroq 
orqali qalbiga “yorug‘lik” va “baxt” olib kirish, adolatli fuqaroni, komil insonni tarbiyalovchi har bir 
jamiyatning mezoni bo‘lishi tabiiydir. 
Yordamchi maktablarda ta’lim jarayoni ta’lim prinsiplari asosida amalga oshirilar ekan, ta’lim 
qoidalari, avvalo o‘qitishning mohiyatini, ta’limning barcha tomonlari: mazmuni, metodlari, tashkiliy 
shakllarini belgilab beruvchi asosiy manbalardan biridir. 
Pedagogikada ta’lim qoidalari tarbiya bilan uzviy dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi, chunki tarbiyasiz 
ta’limni, ta’limsiz tarbiyani amalga oshirish qiyindir. 
Ta’lim qoidalari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlari xususiyatlarini psixologiya va sotsiologiya 
ma’lumotlariga asoslanib hisobga oladi. Pedagogikada ishlab chiqilgan didaktik prinsiplar yordamchi 
maktablarda aqli zaif o‘quvchilarning psixofizik (ya’ni yunoncha physis – tabiat insonning psixik 


xususiyati va qonuniyatlarining fiziologik asoslarini o‘rgandi) rivojlanish xususiyatlarini nazarda tutib 
amalga oshiriladi. Yordamchi maktablar o‘qitish didaktikasida asosan quyidagi qoidalar qo‘llaniladi: 
ta’limning tarbiyaviy xarakterdaligi, faollik va onglilik ilmiylik, tushunarlilik, tizimlilik va 
muntazamlilik, ko‘rgazmalilik, o‘quvchilarga differensial munosabat, nazariyaning hayot bilan 
bog‘liqligi. 
Umumta’lim prinsiplari aqli zaif bolalarni o‘qitish masalasiga tadbiq qilingan holda amalga 
oshirildi, aqli zaif bolalarning bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish jarayoni qonuniyatlardan kelib 
chiqadi. Aqli zaif bolalarni o‘qitish prinsiplarini maxsus didaktika belgilaydi. U esa yordamchi maktabda 
umumiy didaktik prinsiplarni amalga oshirishning xususiyatini asoslab beradi. 
Didaktik prinsiplar ta’limning maqsadlaridan kelib chiqadi va o‘quv materialini o‘zlashtirishning 
muayyan qonunlarini aks ettiradi. Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, pedagogik-korreksion xususiyatni o‘zida 
aks ettirgan har bir qoida aqliy jihatdan qoloq o‘quvchilardagi har bir jarayonni aqliy jihatdan normal 
tengdoshlaridagi jarayonlar sodir bo‘lishi bilan qiyoslagan holda yondashiladi. 
Eng muhimi barcha prinsiplar kamol toptirishni maqsad qilar ekan, anomal va normal bolalarning 
kamol topishi uchun xarakterli bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni, shuningdek aqliy jihatdan qoloq 
bolalarning turli kategoriyalari uchun xos va tipik xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi. 
Faoliyat va psixika orasida murakkab o‘zaro aloqalar mavjud. Bir tomondan, psixika xilma-xil, 
tobora murakkab shakllarga ega bo‘lgan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi va shakllanadi, ikkinchi 
tomondan faoliyat psixik aks ettirishning turli darajalarida uni tartibga solib turadi. Jumladan, sezish va 
idrok etish darajasida kuchning muskul dozirovkasi (qismlarga ajralish) va harakat belgisining 
dozirovkasi sodir bo‘ladi. 
Umuman olganda yordamchi maktablarda ta’lim prinsiplari aqliy jihatdan qoloq bolalarning 
anomal kamol topishi jarayonida sifat jihatdan o‘ziga xos psixik jarayonlar, shaxsiy sifatlargina emas, 
balki faoliyatning o‘ziga xos tuzilishi ham shakllanadi. Har bir psixik hodisa yaxlitlikda qaralmog‘i 
lozim. Shaxsning xususiyatlari uning yo‘nalganligi (faoliyatning motivasiyasini taqozo etadi), hayotiy 
tajribasi, psixik jarayonlarga o‘ziga xos xususiyat bag‘ishlaydi. Shaxsning hamma jihati o‘zaro aloqada. 
Diqqatning rivojlanishi xarakterning irodaviy xislatlari shakllanishiga, tafakkurning rivojlanishi esa 
nutqning rivojlanishiga bog‘liq. Anomal bolalarda yuqorida aytib o‘tilgan sifatlarni rivojlantirishda 
tarbiyalovchi ta’lim prinsipi katta ahamiyatga ega. 
Barcha ta’lim prinsiplari tarbiyalovchi ta’lim prisipida bir butun sistemali tarzda amalga 
oshiriladi. Bunda o‘quvchilarni mehnatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi o‘quv va mehnat jamoasida fe’l-
atvor malakasini tarbiyalash va shuning asosida vatan oldidagi o‘z burchining zaruriy tasavvurlarini 
vujudga keltiradi. 
Ularni jamoatchilik ishlariga jalb etish, hosilni yig‘ishga, chorva mollarini boqishga zo‘r qiziqish 
bilan ishtirok etishini ko‘rishimiz mumkin. Ularni turli xil kechalar, yig‘inlar, ertaliklar va shunga 
o‘xshash turli xil tadbirlarni amalga oshirish, ularning qiziqish mayllariga qarab turli xil raqs dastasi, 
ansambllar, teatr, qo‘g‘irchoq teatr to‘garaklari, san’atsevarlar to‘garagi, texnikaga oid to‘garaklarga jalb 
etish, ular o‘z yo‘nalganligini belgilab olish, o‘zini sinab ko‘rishi, o‘z imkoniyatini shu asosda 
rivojlantirishga intilishi kelajakka zamin hozirlaydi. Ayniqsa ularni axloqiy jihatdan, jismoniy jihatdan 
tarbiyalanishida mehnat ta’limi muhim omil hisoblanadi. O‘quv ustaxonalarida o‘qish jarayonida ularda 
mehnatga jamoat mulkiga nisbatan to‘g‘ri munosabat shakllanadi.
Kuzatishlarga qaraganda, o‘quvchilarning ko‘pchiligi maktabni tugatib fabrika, zavod, ishlab 
chiqarish korxonalariga ishga joylashib, mehnatga nisbatan halol, jamoat mulkiga nisbatan ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo‘ladilar. 
O‘qishda bilimlarni puxta o‘zlashtirish prinsipida o‘quvchilarning qanchalik bilimlarni puxta 
o‘rganganligi nazarda tutiladi. Yordamchi maktab o‘quvchilarining bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga 
erishishning muhim sharti o‘quv materialni ular tomonidan tushunishini ta’minlash lozim. Bu prinsip 
o‘quvchilar bilimlarni ongli, tushungan holda, tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni uzoq 
muddat esda saqlashni talab etadi. Ular ta’riflar, ifoda, she’r va shunga o‘xshash materiallarni mexanik 
yod olishi mumkin, katta qismli materiallarni esa qisqacha ma’nosini aytib berishni o‘rgatish zarur. 


Anomal bolalar ko‘p hollarda o‘quv materialning muhimligini ajrata olmaydi, bunday hollarda ularga 
o‘qituvchi yordam berishi zarur. 
Bilimlarni puxta o‘zlashtirishda, o‘qituvchi materialni mustahkamlashga katta o‘rin ajratishi 
zarur. Bu haqda Ushinskiy shunday degan: “Materialni o‘z vaqtida mustahkamlamagan o‘qituvchi, yukni 
omonat bog‘lab, aravani quvgan aravakashga o‘xshaydi. Orqasiga qaramay, aravani quvib manziliga еtib 
kelgach, aravada hech narsa qolmagan bo‘ladi. U esa uzoq masofani bosib o‘tganligidan xursand bo‘ladi. 
O‘qituvchi ham o‘z vaqtida materialni mustahkamlab bormasa, fan o‘qib tugatilgach, bolaning ongida 
hech narsa qolmasligi mumkin”. 
Mustahkamlashning zaruriy sharti mashq qilish bo‘lib, u quyidagi shartlarni qanoatlantirishi 
lozim: 
1. Mashqning maqsadini, qanday natijalarga erishish kerakligini aniq bilish zarur. 
2. Bajarishning aniqligini maxsus kuzatish, agar xatolar paydo bo‘lsa, ular mustahkamlanib 
qolmasligi uchun mashqlarning natijalarini kuzatish, o‘z harakatlarini namuna bilan taqqoslash qanday 
muvoffaqiyatlarga erishib bo‘linganini anglash, kamchiliklariga barham berish uchun ulardan qaysilariga 
diqqatni qaratish kerakligini bilib olish zarur. 
3. O‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga oid bilimlari malaka hosil bo‘lishi 
uchun еtarli bo‘lishi lozim. 
4. Mashqlar bir xildagi harakatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat bo‘lmasligi lozim. 
5. Mashqlar bir qadar uzoq muddatga uzilib qolmasligi lozim. 
Shuningdek, mashqlar, bilimlar takrorlanib turishi va mavzular bir-biriga bog‘liq tarzda amalga 
oshirilishi kerak. Bilim va malakalarni ongli o‘zlashtirish o‘quvchilarning o‘zida ma’lum darajada 
mustaqillikka nisbatan qiziqish paydo bo‘lmaydi. Bu narsa ko‘pincha ommaviy maktab sharoitida 
o‘qishga muvaffaqiyatsizlikka uchrashi natijasida bo‘ladi. Buning ustiga o‘qishga nisbatan salbiy 
munosabat ozmi-ko‘pmi yangi sharoitda ham birmuncha vaqtgacha saqlanishi mumkin. 
Aqli zaif bolalarda o‘qishning ahamiyatini tushunish, birmuncha qiyin bo‘lib, bu ancha kech hosil 
bo‘ladi, shuning uchun o‘qituvchi aqti zaif bolalarda o‘qishga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish kerak. 
Aqli zaif bola еngilroq ta’limni o‘zlashtirib, tushunib borishi, shubhasiz uning faoliyatida muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi. 
Shuningdek, aqli zaif o‘quvchilarga taqqoslash, qiyoslash, tasniflash orqali o‘quv materialini 
tushunish orqali, tafakkurning rolini oshirish, ta’limni ongli o‘zlashtirib olishga zamin yaratadi. 
O‘quvchilarning materiallarni o‘zlashtirish, o‘zida mavjud imkoniyatlarga ishonch hissini 
o‘yg‘otish va uni yanada rivojlantirish va muvaffaqiyatlari unda ichki intilishni rivojlantiradi va 
o‘quvchining o‘z ustida mustaqil ishlashiga o‘rgatib boradi. Endi o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatmalaridan 
chetga chiqa boshlaydi, unda ichki bir faollik o‘yg‘ona boshlaydi. U ta’limni tushunib esda qoldirib, ya’ni 
ongli faol harakat qila boshlaydi. Bu esa pedagog tomonidan qanchalik onglilik va faollik prinsipini 
tushunishi va amalga oshirilishiga bog‘liq. 
Yordamchi maktabda o‘quv materialining tushunarliligi, o‘quvchilarning individual imkoniyatlari 
bilan ham belgilanadi va faollikni talab qiladi. O‘quvchi ustida haddan tashqari uzoq va doimiy homiylik 
qilish, o‘ziga ishonmaslik, jur’atsizlik hissini mustahkamlashi mumkin. Buning uchun ularga mustaqil 
ishlashga elementar mashqlarni berib borishdan boshlash zarur. Muayyan xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotgan 
xatoning oldini olish, ularga og‘zaki tez-tez ko‘rsatma berib turish zarur. Anomal bolalar mustaqil 
ishlashi uchun o‘qituvchi mustaqil ish haqida avval bilimlarini tekshirib ko‘rish zarur. 
Bu prinsipning mohiyati ta’limning mazmuni, hajmi, usullari bolalarning yoshi va aqliy 
rivojlanishiga, ularning bilim saviyasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Bunda bola mexanik tarzda yodlab olishi, 
materialni tushunmasligiga, fanga nisbatan qiziqishlarining susayishiga, o‘qishga nisbatan salbiy 
munosabatda bo‘lishga olib keladi. O‘qitishning tushunarli bo‘lishida bolaning imkoniyatiga qarab, ya’ni 
tipologik xususiyatlariga, individual xususiyatlariga, yoshiga e’tibor berish zarur. 
O‘qitishda onglilik va faollik prinsipi materialni o‘quvchilarning to‘liq tushunishini ta’minlash 
kerak, o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash kerak, fikrlashda ijod va 
mustaqillikni hamda o‘zlashtirilgan bilim, malakalarni amaliy faoliyatda faol ishlatish ko‘nikmasini 


rivojlantirmog‘i kerak. Yordamchi maktab sharoitida bu prinsipni amalga oshirishda o‘qituvchi bir qator 
qiyinchiliklarga duch keladi. Aqli zaif o‘quvchilar bilan tegishli tarbiyaviy ish olib borilmasa, ularda 
o‘qish jarayonida, bir sinfning o‘zida bir-biridan keskin farq qiluvchi o‘quvchilar uchraydi. Ba’zilarni 
psixofizik kamchiliklar (ular ham turli xil) jismoniy kamchiliklar, hissiy irodaviy kamchiliklar, oson va 
qiyin o‘zlashtirishi ularga individual munosabatda bo‘lishini talab etadi. Pedagog o‘quvchilarga 
individual yondashuv olib borgan holda, ularni frontal ishga, o‘qishga jalb eta olishi zarur. Guruhda 
ta’limni yuqori, o‘rtacha, passiv darajada differensiallashtirib, o‘quvchilarning yutuq tomonlariga tayanib, 
kamchiliklarini bartaraf etishga va ularni aqliy rivojlantirishga hissa qo‘shishi zarur. 
Yordamchi maktablarda o‘quvchilarning tushuncha va narsalar haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish bilan birga, ularda tushunchalarning bir-biriga tizimli bog‘lagan holda izchillik bilan ilmiy 
tushunchalarni rivojlantirish, ya’ni dunyoqarashni tarkib toptirish zarurdir. Bunda biror bir murakkab 
tushunchani o‘rganishida, uni tashkil etgan oddiy tushunchalarni bilishi, darsliklarning bir-biriga izchil 
bog‘lanishi uchun tushunarli bo‘ladi va bir tizimda o‘zlashtiriladi va darsni ilmiy o‘rganishga zamin 
yaratadi. 
Darsning tizimli izchilligini ta’minlashda ma’lumdan noma’lumga, konkretdan abstraktga, 
oddiydan murakkabga tomon borishi bilan amalga oshiriladi. 
Yordamchi maktablarda bilimlarni bir tekisda o‘zlashtirish uchun material o‘quv yiliga qat’iy 
taqsimlangan. Bunda material tushuntirishda o‘quvchilar ko‘rgan, eshitgan, bilganlari asosida tashkil 
qilinadi. Ta’limda ko‘rgazmalilik prinsipidan to‘g‘ri bilim va malakalarni mustahkam va ongli 
o‘zlashtirish shartlari hisoblanadi. Mantiqiy abstrakt umumlashtirish, haqiqatni hissiy idrok qilishdan 
boshlanadi. Oligofren bolalarda dunyo haqidagi tasavvurlari zahirasining torligi, idrok etish 
xususiyatlarining to‘liq emasligi bilan xarakterlanadi. 
Ko‘rgazmalilik asosida ularda atrofni to‘g‘ri idrok etishni, to‘g‘ri tasavvur hosil qilishni, 
narsalarni analiz qilish orqali, ularning qismlarini bir-biriga taqqoslash orqali, til vositalaridan foydalanish 
tafakkurning rivojlanishga, so‘zning mantiqiyligini ta’minlaydi. 
Ko‘rgazmali qurolarning har birining o‘z qo‘llanishi vaziyatlari mavjud. Yordamchi maktablarda 
ko‘rgazmalilik amaliy faoliyat bilan bog‘lab olib borilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo‘lmadi. Zeroki, 
“Ko‘rgan narsalarni tasavvur qilishga odatlangan, asta-sekin fikrlashga o‘tish osonlashadi” deya 
ta’kidlaydi mutafakkirimiz Beruniy. 
Yordamchi maktablarda ta’lim prisiplari ommaviy maktablardagi ta’lim prinsiplarining qo‘llanish 
xususiyatlaridan tubdan farq qiladi. Yordamchi maktablardagi ta’lim prinsiplarining qo‘llanish 
xususiyatlari anomal bolalar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning hududiy imkoniyat doiralariga, 
yaqin taraqqiyot zonalariga qarab amalga oshiriladi. 
Anomal bolalarda mavjud kamchiliklarni imkon doirasida korreksiyalash, ularda o‘zlarini 
anglash sferalarini, irodaviy-emotsional sferalarni shakllantirish, ya’ni tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali 
tadbirlarga jalb qilish ularda muayyan sohada bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumotni shakllantirish – 
berish, ularda mustaqil o‘z ustida ishlashga o‘rgatish, mavjud qobiliyatlarni shakllantirish, faoliyatlarini 
izchillikda amalga oshirishni o‘rgatish, ularni faoliyat jarayonida ongli va faollikka o‘rgatish, muayyan 
kasbga qiziqtirish va (shu kasbga nisbatan) kasb mahoratini shakllantirish, ularni normal taraqqiy 
etayotgan tengdoshlari singari intilishini shakllantirish va rag‘batlantirish, jamiyat uchun foydali 
insonlarni еtishtirib berish kabi og‘ir va mas’uliyatli ishni yordamchi maktab prinsiplari hal eta olishi 
zarur. 
Tarbiya nazariyasi yangi inson shakllatirishining umumiy qoilalarini ochib beruvchi еtakchi ilmiy 
g‘oyalar tizimidan iborat. Tarbiya jarayoning natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa 
ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilarning individual muvaffaqqiyatlariga, ularning hayotiy va ma’naviy 
tajribasiga, shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qadrli fazilatlarini 
shakllantirishga, uning atrofga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga va 
kengaytirishga qaratilgandir. Yordamchi maktab o‘quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilarining 
ijtimoiy normalarga zid xatti-harakat qilganliklarining guvohi bo‘lamiz. Tarbiya jarayonining tashqi 
ziddiyatlardan biri tashqi talablar bilan aqli zaif o‘quvchining o‘z xulq-atvori o‘rtasidagi ziddiyatdir. 


Insonning shaxs bo‘lib shakllanishi uchun faoliyat turlari to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 
Shakllanayotgan shaxs faoliyatining asosiy turlari pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil 
etilgan taqdirdagina tarbiyaviy jarayon vositalari bo‘la oladi. Faoliyatning ijtimoiy foydali bo‘lishining 
o‘zi kifoya emas, u o‘quvchining o‘zini qanoatlantirishi, u o‘quvchining shaxsiy idealiga to‘la mos 
kelmasada asosiy xususiyatlari bilan muvofiq kelishi kerak. Bola nima qilayotganligini, shu paytda unda 
qanday ruhiy kechinmachar ro‘y berayotganligi va u nimaga erishayotganligini, atrofdagilarga qanday 
munosabatda bo‘layotganligini ham nazarda tutish muhim. 
Yordamchi maktablardagi tarbiyaviy jarayon, shaxsning ehtiyoj motivlarini qanchalik boyitsa va 
qayta ko‘rsa, uning intellektual va hissiy-irodaviy aktivligi qancha ko‘proq rivojlantirsa, bu jarayonning 
samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Barcha maktablarda tarbiya prinsiplari umumiy ko‘rinishga ega. 
Ammo, aqli zaif bolalarning psixologik, jismoniy, hissiy nuqsonlariga ko‘ra o‘ziga xos prinsiplardan 
foydalaniladi. Yorlamchi maktab o‘quvchilarining tarbiyalash vositasi bo‘lgan faoliyatning barcha 
turlariga puxta yo‘nalish berilishi shart. 
Yordamchi maktabda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga maktabda, sinfda yurish-turish qoidalarini, 
o‘rtoqlari bilan muomalani o‘rgatadi. O‘qituvchi ham birinchi kundayoq o‘z sinfini, butun maktabini 
ko‘rsatadi, o‘quvchilar o‘zlarini qanday tutishlarini, ular qanday shug‘ullanishlarini, darsda qanday 
o‘tirishlarini, tanaffus vaqtida qanday dam olishlarini o‘rgatadi. Tushuntirish bilan bir qatorda tarbiyachi 
ularni katta yoshdagi kishilarga salom berish uchun partani taqqillatmasdan o‘rnidan turishini, ko‘pgina 
tartiblarga rioya qilishni o‘rgatadi. Yordamchi maktab bolalari rag‘batlantirishni yaxshi ko‘radi. Dastlabki 
kunlari tarbiyachi ayrimlarining yaxshi xulqi uchun maqtab qo‘yadi, boshqalariga esa gapga e’tibor bilan 
quloq solishini tushuntiradi. Shu tarzda aqli zaif bolalarni tarbiyalash jarayonida yordamchi maktab 
tarbiyachisi ta’sir etishning turli usul va yo‘llaridan foydalanadi. Yordamchi maktablarda tarbiyachi va 
o‘qituvchining jonli so‘zi hamisha bola shaxsining g‘oyaviy va ma’naviy shakllanishida katta rol 
o‘ynaydi.
Tarbiyaviy mazmunda bo‘lgan suhbatlar turli mavzularda: etnik (jamiyatdagi insonlarning yurish 
turishlari haqida) estetik xulq-atvor go‘zallik haqida olib boriladi. Tarbiyaning asosiy еtakchi usullaridan 
biri namuna asosida tarbiyalashdir.
2. Axloqiy tarbiya deganda shakllanayotgan, rivojlanayotgan, o‘sib kelayotgan avlodda xulq-
odob me’yorlariga mos keluvchi sifatlarning shakllanishini tushunamiz. Aqli zaif bolalar shaxsning 
o‘ziga xos xususiyatlari: aqliy еtishmaslik darajasi va qoldiqlari, axloqiy tasavvurlar, tushunchalar, 
ijtimoiy motivlar, o‘zlariga tanqidiy qarashning yo‘qligi bilan belgilanadi. Bunday qator nuqsonlarni 
to‘g‘rilash uchun qat’iy reja asosida ish olib borish darkor. Nuqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalash uchun 
quyidagi asosiy prinsiplarga amal qilish alohida ahamiyatga ega: 
1. Ma’lum toifadagi nuqsonli bolalarga tegishli umumiy va individual xususiyatlarni aniqlash 
uchun ularni atroflicha o‘rganish. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarini tahlil etish. 
2. Nuqsonli bolalarning nisbatan saqlangan, kuchli imkoniyatlarini aniqlash va shunga asoslanib 
ish olib borish. 
3. Pedagogik jarayonning bolalar nuqsonlarini to‘g‘rilash va ularning o‘rnini to‘ldirishga 
qaratilishi. Asosiy e’tiborni tarbiyaga oson beriladigan ikkilamchi nuqsonlarga qaratish. 
4. Turli toifa nuqsonlariga alohida-alohida munosabatda bo‘lish, ayrim bolalarga individual 
yondoshish. 
Yordamchi maktablarda axloqiy tarbiyaning quyidagi qator prinsiplari mavjud. Bularga axloqiy 
tarbiyaning maqsadi sari yo‘nalganligi, hayot bilan bog‘lab olib borishi, jamoa uchun va jamoa orqali 
tarbiyalash, bolaning shaxsiga nisbatan hurmat va uning xulqiga nisbatan talabchanlik, axloqiy tarbiyada 
onglililik va izchillik, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar kiradi. 
Aqli zaif bolalarga tarbiya berishda eng avvalo o‘yin, o‘rganish va mashq qildirish, namuna 
ko‘rsatish, topshiriqlar berish, musobaqalar o‘tkazish kabilarni olib borishi zarur. Yordamchi maktablarda 
quyidagi yo‘llardan foydalanish mumkin:
Talabnoma – kattalar bilan uchrashganda salomlashish, yo‘lda kattalarga yo‘l berish, oldiga katta 
yoshdagi kishilar kelganda, albatta o‘rnidan turishi kabilar uqtirib boriladi. Aqli zaif bolalar ayniqsa, 


ishonish talabi shaklida berilgan talablarni bajonidil bajaradilar. “Men ishonamanki, sen boshqa hech 
qachon o‘rtoqlaringni aldamaysan, sen yaxshi, to‘g‘ri bolasan”. Yordamchi maktablarda agar o‘quvchi 
ozgina bo‘lsada muvaffaqiyat qozonsa, ma’qullash talabi shaklidan foydalanish kerak. “Berilgan 
vazifacharni o‘z vaqtida bajarding” kabi so‘zlar bilan ularning ruhiyatini ko‘tarish zarur. 
3. Yordamchi maktablardagi mehnat tarbiyasi nuqsonli bolalarni mehnat faoliyatida tarbiyalash 
majmuasidir. Mehnat jarayonlari yordamchi maktab bolalarini atroflicha rivojlantirishi va hayotga va 
mehnatga tarbiyalashning asosidir. Nuqsonli bolalarni tarbiyalashda ijtimoiy foydali mehnat katta 
ahamiyatga ega. Bularga o‘z-o‘ziga xizmat qilish, turli mashg‘ulotlar o‘tkazish, har xil mehnat turlarini 
olib borish zarur. Yordamchi maktab o‘quvchilari jamoa bo‘lib xizmat qilish asosida o‘quvchilarni aqliy, 
estetik, jismoniy jihatdan rivojlantirib, ularning dunyoqarashlari, axloqiy sifatlari. xarakteri shakllanib 
boradi. Mehnat topshiriqlari bolaning kasallik darajasiga qarab belgilanishi zarur. Maxsus maktablarni 
tugatgan bolalar turli tashkilotlarga ishga boradi. Yordamchi maktablarda mehnat tarbiyasini amalga 
oshirishda mehnat haqidagi suhbatlar, ayrim mehnat jamoalari haqida hikoya qilib berish, qishloq 
mehnatkashlari haqida suhbatlar olib borish zarur. 
4. Estetik tarbiyaning vazifalari juda keng va rang-barangdir. Estetik tarbiya bolada ijodiy 
qobiliyatni shakllantiradi. Yordamchi maktab o‘quvchilari maktabni tugatgach, ishlab chiqarish 
korxonalariga yo‘llanma oladilar. Shu sababli bu bolalarning ish joyini, ishlab chiqarayotgan mahsulotga 
estetik did bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashimiz kerak. 
Aqli zaif bolalar o‘zlarining intellektual va hissiy nuqsonlari oqibatida go‘zallikni idrok etadi. 
Tuzatish tarbiyaviy ishlar oqibatida ularda sezgi xususiyatlari o‘zgarib, rivojlanib boradi. Bolalarning 
yoshiga, individual xususiyatlariga kasallik mos keluvchi ko‘rsatmalar, xalq hunarmandchilik asarlarini 
namoyish etish mumkin. O‘quv dasturida 4-6 sinflarda tasviriy san’at asarlari ustida suhbat uyushtirish 
berilgan. Aqli zaif bolalarda estetik tarbiya nihoyatda sekin amalga oshadi. Hatto yordamchi maktabning 
birinchi sinfiga kelgan bolalar tevarak atrofdagi narsalardan muayyan rangni, tovushlarni ajrata olmaydi. 
Bola sezgi organlari sog‘ bo‘lsada uning funksiyalari to‘g‘ri kelmaydi. Bola quloq soladi-yu, lekin 
eshitmaydi, qaraydi-yu, ammo ko‘rmaydi. Bu bola bilim faoliyatining cheklanganligi oqibatida estetik 
idrok etishlari ham juda sekin kechadi. Shu sababli yordamchi maktab ta’limining birinchi kunidan 
boshlab, estetik didni rivojlantirish, idrok etilganlarni tahlil qilish, taqqoslash masalalarini rivojlantirish 
talab etiladi. Yordamchi maktabda bolani o‘rab turgan barcha narsalar estetik did bilan jihozlangan 
bo‘lishi kerak. Xonalarda ranglar ham estetik did bilan shakllangan bo‘lishi kerak. 
5. Jismoniy tarbiya bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun asosiy omildir. Jismoniy tarbiya 
yordamchi maktablardagi barcha ta’lim-tarbiya ishlarining muhim qismi hisoblanadi. Boladagi mavjud 
nuqsonlarni tuzatishda jismoniy tarbiya, еtakchi maqsad hisoblanadi. 
Jismoniy o‘sishda asosan nuqsonli bolalar orqada qoladi. Bu hol bola bo‘yining yaxshi 
o‘smasligi, muskul kuchining zaifligida, gavda tuzilishining buzilishida ko‘zga tashlanadi. Aqli zaif 
bolalar o‘zlaridagi nuqsonlarni mustaqil holda bartaraf etish qobiliyatiga ega emas. Ular jismoniy 
mashqlarning mohiyatini tushunib еtmaydilar. Ularda harakat faoliyatini takomillashtirish uchun chidam, 
iroda, maqsadga intilish еtishmaydi. Bunday vaqtlarda yordamchi maktab o‘qituvchisi bolalarga yaqindan 
yordam berishi kerak. Yordamchi maktabdagi jismoniy tarbiya asosan aqli zaif bolalardagi nuqsonlarni 
to‘g‘rilash va ularni mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iborat. Ayniqsa toza havoda o‘tkaziladigan 
mashqlar modda almashinuvini yaxshilashga, nafas olish jarayonlarini takomillashishiga olib keladi. 
Yordamchi maktabdan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini 
hisobga olish kerak. 
Aks holda jismoniy tarbiya biriga foyda keltirsa, ikkinchisiga zarar keltirishi mumkin. Yordamchi 
maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalashda asosan quyidagi usullar, talablarga rioya etiladi: 
1. Aqli zaif bolaning kun tartibini gigiеna qoidalariga mos tarzda tashkil etish, uning bajarilishini 
nazorat qilish. 
2. O‘z vaqtida va еtarli ovqatlanish. 
3. Bolalarga gigiеna qoidalarini o‘rgatish va ko‘nikma hosil qilish. 
4. Aqliy va jismoniy mashqlarni bir-biri bilan almashtirib bajarish. 


5. Bolani oilada, maktabda jamoat ishlari bilan jalb qilish. 
6. Yozda ta’tilni to‘g‘ri tashkil etish va uyushtirish. Jismoniy tarbiya xodimlari doimo shifokor 
bilan birga ishlashi lozim. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda yordamchi maktablarda tarbiyani chuqur olib 
borish kerak. Aqli zaif bolalarni tarbiya orqali ularni insonlar qatoriga qo‘shish va ulardagi ko‘pgina 
nuqsonlarni yo‘qotish mumkin.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish