4. 0 ‘troq dehqon aholida ish hayvonlari, qishloq xo‘jalik
ishlarida ulardan foydalanish. Ish hayvonlarining miqdori va turli
etnik guruhlarda ularning farqi. Chorvani boqish: xususiy
xo‘jalikda chorvani oila a’zolari tomonidan haydash, jamoa bo‘lib
boqish, chorvani boqishga (haydovga) topshirish.
III. Suv inshootlari
1.
0 ‘rganilayotgan hududda dehqonchilik tizimining tarqa
lishi: tartibga solingan suv inshootlari; lalmikorlik; tartibga solin-
magan suv inshootlari — vaqtinchalik suv manbalari, suv yig‘i-
ladigan inshootlar, qurib qoladigan k o ‘l va boshqalardan
foydalanish.
2. Oqava suv va chig‘ir vositasida sug‘orishning tarqalishi va
ularning nisbati.
3. Korizlar va ularning tarqalish zonasi.
4. Sug‘orish kanallari, suv bilan ta ’minlash manbalari (daryo,
irmoqlari, ariq, ko‘l, tog‘ daryosi, buloqlar).
5. Sug‘orish inshootlari turlari — to ‘g ‘onlar, dambalar, suv
taqsimlash qurilmalari.
6. Sug‘orish usuli: a) ariqlarda jo ‘yaklar bo'ylab suv q o‘yish;
b) pol olinadigan joylarda suvni bostirish. v) vaqtinchalik ariqlar
va boshqalar. Turli qishloq x o ‘jaligi ekinlarini sug‘orish farqlari.
7. Navbati yoki vaqti bilan ekiladigan ekinlarning farqlari;
a) yer haydovidan oldingi ekin;
8. Xonliklarda xususiy va jam oa b o ‘lib suvdan foydalanish.
XIX asr o'rtalari — XX asr boshlarida suvdan foydalanish
tartibining o ‘zgarishi. Suvni olish vaqtini muvofiqlashtirish.
Su g‘orishda suv m e’yori. Suvni navbat bilan o lish , sutka
davomidagi navbat, sutkalik va boshqalar. Maydondagi ekinlar
uchun kanallarning bo'linishi (bosh, o ‘rta va quyi «quloq»).
Do'stlaringiz bilan baham: |