O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Jahongir keldi va men shu 
ondayoq ketdim 
gapidan ajralib turadi. 
Demak, qo‗shma gap grammatik shakllangan va birdan ortiq 
axborotni tashish uchun mo‗ljallangan nisbiy mustaqil sodda gapning 
grammatik, semantik, intonatsion va kommunikativ jihatdan 
yaxlitlangan butunligidir. 
Qo‗shma gap tarkibidagi sodda gap alohida olingan sodda gapdan 
nisbatan mustaqil emasligi bilan ajralib turadi. Avvalo, bu – 
grammatik va intonatsion nomustaqillik. 
Bahor keldi, shuning uchun 
dala ishlari qizib ketdi 
qurilmasiga ergash gapli qo‗shma gap tusini 
bergan jihat mazmuniy va grammatik taqozo etish va birdan ortiq 
axborot mavjudligi. Birinchi gapdagi mazmun ikkinchi gapdagi 
mazmun uchun sabab maqomida. Biroq bunday mazmuniy zich 


435 
bog‗lanishsiz ham qo‗shma gap hosil bo‗lishi mumkin. 
Osmonda 
turnalarning «qurey-qurey»i eshitilardi, uzoqlardan cho„ponlarning 
hay-haylagani quloqqa chalinardi. 
Ikkinchidan, 
shuning uchun 
bog‗lovchisi qo‗shma gap a‘zolarini grammatik jihatdan zich 
munosabatga kiritgan (Biroq bu bog‗lovchisiz ham qo‗shma gap hosil 
qilish mumkin: 
Bahor keldi, dala ishlari qizib ketdi
.) Ammo sodda 
gaplar orasidagi intonatsion uzilish qo‗shma gapni sodda gapga 
parchalab yuborishi mumkin: 
Bahor keldi, shuning uchun dala ishlari 
qizib ketdi – Bahor keldi. Shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. 
Demak, ma‘lum bo‗ladiki, qo‗shma gap tarkibidagi sodda gapning 
o‗zaro zichlashuvi mazmun, grammatik shakl va intonatsiya nuqtayi 
nazaridan bo‗ladi. Ammo bu omillar darajali ziddiyatda turadi: 
intonatsiya – grammatik shakl – mazmun 
Chunki mazmuniy bog‗liqlik va grammatik shakl mavjud bo‗lsa 
ham, birlashtiruvchi intonatsiya bo‗lmasa, ayrim gaplar qo‗shma 
gapni tashkil eta olmaydi. Ammo mazmuniy bog‗liqlik va grammatik 
aloqa bo‗lmasa ham, intonatsiya asosida qo‗shma gap hosil qilish 
mumkin (bog‗lovchisiz qo‗shma gap). Sodda gaplar asosida ajratuvchi 
pauza bo‗lganda, qo‗shma gapning yaxlitligiga putur yetadi. Masalan, 
Men sen bilan bormoqchi edim. Biroq sen qarshilik qilmasliging 
kerak. 
Gaplar orasida qo‗shma gapning barcha belgilari mavjud. 
Birgina birlashtiruvchi ohangning yo‗qligi sodda gaplarning mustaqil 
bo‗lishiga olib kelgan. 
Qo‗shma gapni uyushiq kesimli sodda gapdan, sodda va qo‗shma 
gap orasidagi uyushgan gapdan farqlash lozim. Uyushiq kesimli 
sodda gap egasi bitta, bitta umumiy [Pm]ga ega bo‗lgan birdan ortiq 
kesimdan tashkil topgan gap. Misollar: 1. 
Jamshid o„qir, yozar va 
chizar edi. 
2. 
Do„kondorlar do„konlarini ochib, mudrab o„tirishardi. 
3. 
Qushlar tinimsiz chug„urlashar va charx urishar edi. 
Uyushgan gap 
esa, aytilganidek, birdan ortiq egaga, shuningdek, bitta umumiy 
[
Pm
]li birdan ortiq kesimga ega bo‗lgan gap. Misollar: 1
. Bahor kelar, 
dala ishlari qizib ketar edi. 
2. 
Jamshid o„qir, Jahongir yozar, Isroil 
esa chizar edi. 
3. 
Do„kondorlar savdoga chorlab, attorlar esa 
mollarini maqtab o„tirishardi. 
Qo‗shma gap esa har biri o‗z [
Pm
]ga ega bo‗lgan birdan ortiq 
kesimdan tashkil topadi: 1
.Jamshid o„qirdi, Jahongir yozardi, Isroil 
esa chizardi. 


436 
Substansial yondashuvda bir egali, lekin birdan ortiq kesimli gap 
ham qo‗shma gap sifatida qaraladi. Chunki har bir kesimda shaxs- 
son, zamon, tasdiq-inkor, modallik (kesimlik) ma‘nolari birdan ortiq 
shakl bilan ifodalanadi. Bu esa semantik nuqtayi nazardan ularning 
har birida alohida axborot mavjudligidan dalolat beradi. 
Qo‗shma gap tarkibiga kiruvchi sodda gap orasida teng yoki tobe 
sintaktik aloqa mavjud bo‗ladi. Agar u teng bog‗lovchi yordamida 
amalga oshirilgan bo‗lsa, tenglanish deyiladi: 1. O‗
g„lim keldi va 
to„yni boshlab yubordik. 
2. 
Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi. 
To‗g‗ri, bu gaplar orasida sabab-oqibat aloqasi mavjud va ularni 
mazmunan tobe-hokim gaplarga kiritish mumkin. Biroq gaplarda 
mazmunan tobelik, shaklan tenglik mavjud bo‗lganda, formal 
yondashuv gaplarni teng munosabatli qo‗shma gap sifatida qaraydi. 
Shu boisdan bog‗lovchili qo‗shma gap bog‗lovchining tabiatiga 
ko‗ra, bog‗langan qo‗shma gap va ergash gapli qo‗shma gapga 
ajraladi. 
Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo‗shma gaplardagi 
tenglashish va tobelanishdan farq qiladi. Bu quyidagilarda ko‗rinadi: 
1)
sodda gapda teng va tobe aloqa turli qurilmalarni vujudga 
keltiradi. Aniqrog‗i, teng aloqa uyushiq bo‗laklarni o‗zaro bog‗laydi: 
1
. Yashil o„rmonlar va qorli tog„lardan o„tdik. 
2. 
Javohir o„qir va 
yozar edi. 
So‗z birikmalarini faqat tobe aloqa vujudga keltiradi: 
k
itobning varag„i, kitobni o„qimoq 
kabi. Qo‗shma gapda esa teng va 
tobe aloqa bitta lisoniy birlik – qo‗shma gapning turli ko‗rinishi uchun 
xizmat qiladi. 
Tobe va teng bog‗lovchi vosita bir xil semantik munosabatni ifoda 
etishi mumkin. Faqat ularda ushbu ma‘no kuchli yoki kuchsizligi bilan 
farqlanadi: 
Bahor keldi va dala ishlari qizib ketdi – Bahor keldi, 
shuning uchun dala ishlari qizib ketdi. 
Har ikkala qo‗shma gap 
a‘zolari orasida ham sabab-oqibat munosabati mavjud. Gaplarning 
ikkinchisida 

kuchli, 
birinchisida 
kuchsiz. 
Gaplarning 
propozitsiyasida bu munosabat bir xil, faqat 
va 
bog‗lovchisi buni 
kuchsiz, 
shuning uchun 
bog‗lovchisi kuchli namoyon qilgan; 
2)
sodda gapdagi teng bog‗lanish qo‗shma gapdagi teng 
bog‗lanishga nisbatan mustaqil. Chunki sodda gapda teng bog‗lanish 
uyushiqlik bilan «yo‗ldosh». U sodda gapni kengaytirish vazifasini 
bajarsa, qo‗shma gapda tarkibiy qismlarni bir yaxlitlikka birlashtirish 
vazifasini bajaradi; 


437 
3)
tenglanish va tobelanish aloqasi ifodalaydigan ma‘noviy 
munosabati jihatidan sodda va qo‗shma gap farqlanadi. Sodda gapda 
bog‗lovchisizlik, asosan, tenglanish munosabatini ifodalaydi va 
uyushiq bo‗laklarda yuz beradi. So‗z birikmasi tarkibidagi grammatik 
vositali tobelanishni bog‗lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib 
bo‗lmaydi. Qo‗shma gapda esa ergash gapli qo‗shma gap tarkibidagi 
sodda gaplarni ham, bog‗langan qo‗shma gap tarkibidagi sodda 
gaplarni ham bog‗lovchisiz gapga aylantirish mumkin. Uning aloqa 
turi bog‗lovchisiz aloqadir.
1. Botirlari kanal qazadi, shoirlari g„azal 
yozadi. (
H.Ol.)
2. Bor boricha, yo„q holicha.3. Yaxshi otga bir qamchi, 
yomon otga ming qamchi. (
Maq.
) 4. Yuragida qanday dard bor – 
mana bu menga sir. (
Oyb
.

Bog‗lovchisiz qo‗shma gap tarkibidagi sodda gap o‗zaro tobe 
yoki teng bog‗lovchi vositasiz birikadi. Ammo bu gapda mazmuniy va 
intonatsion yaxlitlik kuchayadi. Chunki bog‗lovchi vosita, mazmuniy 
va intonatsion birikuvchanlik omili qo‗shma gap tarkibida yaxlitlikni 
tashkil etib, ulardan biri kuchsizlansa, boshqalari buning evaziga 
kuchayadi. Demak, bog‗lovchisiz qo‗shma gapda bog‗lovchi 
vositaning hissasi mazmuniy va intonatsion birikuvchanlik omili 
zimmasiga yuklatiladi. 
Кo‗rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gapning bir murakkab 
butunlikni tashkil etishi ularning shakliy (grammatik), mazmuniy va 
intonatsion muvofiqligi natijasida yuz beradi. Qo‗shma gapni tashkil 
etayotgan sodda gap ohang jihatidan mutlaq tugallikka ega 
bo‗lmaydi. Ammo mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy 
yakunlangan bo‗ladi. Bu nisbiylik mustaqil sodda gapdagi 
tugallanganlikdan farqlanadi. Qo‗shma gap tarkibida birikayotgan bir 
sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta‘sir etmasdan qolmaydi. 
Natijada yangi modal ma‘no vujudga keladi. Bu masala kesimning 
MКSh va NКSh turi bilan ham zich aloqador hodisa. Shuningdek, 
qo‗shma gap tarkibiy qismini bog‗layotgan bog‗lovchi vositadagi 
modal ma‘no ham ana shu hosila modal ma‘noga qorishadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish