O‘zbeкiston respubliкasi


Harakat tarzi kategoriyasining ichki bo„linishlari



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Harakat tarzi kategoriyasining ichki bo„linishlari. 
Harakat 
tarzi shakllarining UGMsini ochishda, kategorial xususiyati va 
paradigmatik munosabatini oydinlashtirishga ularning tarkibli, ya‘ni 
qo‗shimcha+fe‘l leksema tuzilishga ega ekanligi ham ma‘lum 


213 
darajada 
monelik 
qilishi 
tabiiy. 
Chunki 
bunda 
masalani 
murakkablashtiruvchi bir necha holat mavjud: 
1)
shaklda uni o‗ziga biriktirayotgan leksemaning ham, 
ravishdosh shaklining ham, shuningdek, ko‗makchi fe‘lning ma‘nolari 
ham qorishgan holda voqelanib, umumiy tarz ma‘nosining ko‗rinishini 
murakkablashtirishi; 
2)
harakat tarzi shaklini hosil qilishda ishtirok etayotgan 
ko‗makchi fe‘llar ma‘nolarining mustaqil qo‗llanishidagi lug‗aviy 
ma‘nolari bilan aloqasining mavjudligi va bu aloqaning turli daraja va 
ko‗rinishda ekanligi; 
3)
ravishdosh ko‗rsatkichining ham, ko‗makchi fe‘lning ham 
ma‘noviy murakkabligi, serqirra mohiyatliligi harakat tarzi shaklining 
ham ko‗p ma‘noliligini keltirib chiqarishi va shaklni ayni bir ma‘no 
ifodalovchi 
vosita 
sifatida 
muayyan 
paradigmaga 
kiritish 
imkoniyatining cheklanganligi. 
Ma‘lum bo‗ladiki, harakat tarzi shakllari garchi «tarz» umumiy 
grammatik ma‘nosi ostida birlashsa-da, ularni boshqa grammatik 
kategoriyalarda bo‗lgani kabi, shakllardan kelib chiqqan holda 
paradigmatik tahlil qilish imkoni cheklangan. Shu boisdan harakat 
tarzi shakllari paradigmasi lisoniy tizim sifatida tahlilga tortilar ekan, 
«xususiylikdan umumiylikka» yo‗nalishida emas, balki 
«umumiylikdan xususiylikka» tamoyili asosida ish ko‗rmoq lozim 
bo‗ladi. 
Harakat tarzi shakllarining XGMlari ham bevosita nutq bilan 
bog‗liq bo‗lib, ular faqat nutqiy hosilalardagina o‗zining XGMlarini 
yuzaga chiqaradi. Harakat tarzi shakllarining UGMsi esa bevosita 
kuzatishda berilmagan bo‗lib, tayyorlik, umumiylik, majburiylik, 
barqarorlik kabi xususiyatga ega. Harakat tarzi shakllarining UGMsi 
xususiyliklarning umumiy xossalari sifatida mazkur xususiyliklarda 
yashaydi va ular orqaligina nutqda reallashadi. 
Harakat tarzi shakllarining xususiylashuvi umumiy grammatik 
ma‘noning muayyan xossalari asosida shakllanadi. Har qanday hodisa 
ko‗plab mohiyatlar zarrasidan iborat bo‗lganligi sababli, nutqda 
qo‗llanilgan muayyan so‗zshaklda turli UGMning XGMsi sifatida 
yuzaga chiqqan zarralar mavjud bo‗lib, ular nutqiy alohidalik sifatida 
so‗zshakllarda shunday zich birlashganki, ko‗p holda ularni bir- 
biridan ajratish qiyin. 
Miqdoran ellikdan ortiq shaklni o‗z ichiga qamrab olgan harakat 


214 
tarzi shakllari, aytilganidek, «tarz» umumiy grammatik ma‘nosi ostida 
birlashadi. Bu umumiylik muayyan nutqiy qo‗llanishgacha bir necha 
oraliq bosqichni bosib o‗tadi. Birinchi bo‗linishi ikki a‘zoli bo‗ladi: 
a)
«jarayonlilik»; 
b)«qobiliyat». 
Ikkinchi bo‗linish – oraliqlanishda «jarayonlilik» oraliq ma‘nosi: 
a)
«ish-harakatning boshlanishi»; 
b)
«ish-harakatning davomiyligi»; 
d) «ish-harakatning tugallanganligi» oraliqlanishlariga ega 
bo‗ladi. 
«Qobiliyat» oraliq ma‘nosi: 
a)
«qodirlik»; 
b)
«sinash» parchalariga bo‗linadi. 
O‗z navbatida ikkinchi oraliq ma‘nolar yana parchalanadi. 
Ma‘lumki, o‗zbek tilida shu kungacha eng katta morfologik 
paradigma sanalgan zamon kategoriyasi 18 a‘zodan iborat. Hajman 
undan-da katta bo‗lgan, qariyb 50 ga yaqin a‘zoni o‗z ichiga olgan 
harakat tarzi shakllari paradigmasini «tarz» umumiy grammatik 
ma‘nosi ostida birlashtirish mumkin. 
Harakat tarzi kategoriyasi fe‘l tasniflovchi kategoriyalari sirasida 
nisbat va bo‗lishli-bo‗lishsizlikdan keyin joylashadi. Chunki fe‘lning 
bu kategoriyaga munosabati doimiy emas. Aniqrog‗i, barcha fe‘llarda 
tarz ma‘nosidan biri voqelanishi shart bo‗lmaydi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish