Nazorat savollari va topshiriqlar
1.
Yer tuzish ishlarini avtomatlashtirishning tamoyillari qanday?
2. Yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy vositalarni
ishlashda qanday masalalarni yechish kerak?
3. Avtomatlashtirilgan hisoblashlar vositalari tizimi o’zida nimalarni
ifodalaydi?
4. Qanday turdagi ta’minotlar yer tuzish hisoblashlarini avtomatlashtirish
pastki tizimiga kiradi?
5. Yer tuzish ma’lumotlarining asosiy manbalarini ayting?
6. YEТLIAТni qo’llashdan olinadigan umumiy samara qanday tarkibiy
qismlardan iborat va ular qanday hisoblanadi?
7. Ma’lumotlarga ishlov berish tizimining iqtisodiy samaradorligi qanday
aniqlanadi?
8. Iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun qanday ko’rsatkichlardan
foydalaniladi?
9. Yer tuzishda YEТLIAТ va GAТlarni joriy etishdan olinadigan iqtisodiy
samarani hisoblash usulini bayonlab bering.
VIII –BOB YER TUZISHDA EKSPERT TIZIMLARI
1. Ekspert tizimlarining tarkibi va imkoniyatlari
118
YEТLIAТ va GAТlarning kelajakdagi rivojlanishi ko’p jihatdan ekspert
tizimlarini yaratish va foydalanishga bog’liq. Ular sun’iy intellekt tizimining bir
turi hisoblanadi.
Sun’iy intellekt – bu ХХ asrning 50 yillarida kibernetika, lingvistika,
psixologiya va dasturlash fanlari orasida paydo bo’lib, Viner, Makkalok va
Rozenblatlarning neyron tarmoqlari bo’yicha ishlaridan boshlangan va tez
rivojlanayotgan ilmiy fandir. Uni bilimlar va ularni qanday qilib olish, sun’iy
tizimlarda ko’rsatish, ularning ichida qayta ishlash va amaliy masalalarni yechish
uchun foydalanish to’g’risidagi fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu
sohadagi izlanishlar quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi:
- tabiiy tilga ishlov berish va muloqatni modellashtirish;
- ekspert tizimlari;
- teoremalarni avtomatik isbotlash;
- robototexnika;
- sun’iy savol-javob tizimlari;
- avtomatlashgan loyihalash;
- tasvirlarni (qiyofalarni) tanish;
- kombinatorlik masalalarini (boshqotirmalar, o’yinlar) yechish.
Sun’iy intellekt sohasida eng katta progress EТ larni yaratish bilan bog’liq.
Ular hozirgi vaqtda yetarlik darajada keng tarqalib ulgurgan va ko’plab amaliy
masalalarni yechishda foydalaniladi.
Yer tuzishni loyihalash masalalarini yechish doimiy ravishda katta hajmdagi
ekspertlar bilimlarini jalb etishni talab qiladi. Bu qator sabablardan kelib chiqadi:
ushbu turdagi masalalarning ko’pchiligi ojiz tarkiblashtirilgan; ularni qo’yishda
mutaxassis–ekspertlarning qatnashishi; har xil, biroq amaliy jihatdan teng qiymatli
loyihalar
olish
imkoniyati;
yechimlarning
yagona
algoritmi
yo’qligi;
loyihalashning navbatdagi qadamlarida loyihalanuvchi obyektlarning murakkabligi
oshib borishi va hisobga olinadigan ko’rsatkichlarning soni ko’payishi.
Ekspert tizimlari (25-rasm) – bu aniq amaliy masalalalarni yechishda baza
obyektlari bilan manipulyatsiya qilishni ta’minlovchi, ahamiyatli komponentlari
119
bilimlar bazasi (ularni taqdim etish uchun belgilangan shaklga mos qurilgan) va
chiqarish mexanizmidan iborat odam-mashina tizimidir.
Bilimlar bazasi o’zida ekspert ma’lumotlari to’plamini ifodalaydi, ya’ni,
ma’lum fan sohasidagi mutaxassislar bilimlari. Odatdagi ma’lumotlar bazasidan
25-rasm. Ekspert tizimi faoliyatining umumiy chizmasi.
farqli o’laroq, bilimlar boshqacha taqdim etish shaklini talab etadi: buning uchun
erkin tarkibli semantik tarmoqdan va doimiy tarmoqlar-freymalardan foydalani-
ladi. Freymalar umumiy tushunchalarni bayonlaydi, slotlar va katakchalar, ularni
aniqlashtiradi va natijada EТ lari iyerarxik tarkibga ega bo’ladi. «Yechuvchi»
(chiqarish mexanizmlari bloki) yordamida ekspertlarning professional bilimlari va
real vaziyatlar (masalaning kiruvchi ma’lumotlari) orasida aloqalar belgilanadigan
mantiqiy harakatlar yig’ilgan. Shunday qilib, EТ eng asosiy bilim sohasi va mos
masalalarni yechish usullari to’g’risidagi ekspertlarning tasavvurlari modeli
hisoblanadi. Тizimning takomilligi ushbu bilim sohasiga tizim yaratuvchilarining
qanchalik chuqur kirib borganliklariga, ya’ni ularning tajribasiga bog’liq bo’ladi.
EТ ning bo’laklarga ajratilgan tarkibi 26–rasmda keltirilgan. Foydalnuvchi
so’roviga asosan chiqarish moduli (yechuvchi) mavjud bilimlardan foydalanib,
javobni qidiradi, bu qidirish, odatda, foydalanuvchi va EТ orasidagi muloqat
yordamida amalga oshiriladi. Agar masalaning yechilishi foydalanuvchida shubha
uyg’otsa, u tushuntirish talab etishi mumkin (bu vazifani rasmda ko’rsatilmagan
tushuntirishlar pastki tizimi bajaradi).
Оdam (ekspert,
foydalanuvchi)
Chiqаrish
mexanizmi
Bilimlarb
azasi
120
Bilimlarni o’zlashtirish moduli, agar u EТga qo’shilgan bo’lsa, induktiv
chiqarish tamoyilida faoliyat ko’rsatadi; bunday modullarni ishlash endi
boshlanayapti, shuning uchun ko’pchilik mavjud EТlarda u yo’q bo’lishi mumkin.
Ekspert tizimlarini yaratish – kompyuter dasturlarini yaratish, ma’lumotlar
bazalarini, axborot-izlash tizimlarini ishlab chiqishga nisbatan kamroq shakllangan
jarayon. Buning sababi, ushbu sohaning yoshida (EТlar 30 yilga yaqin vaqtdan
buyon ishlanmoqda) emas, balki, har xil bilim sohalarida kelib chiqadigan, yomon
formallashtiriladigan masalalarning xilma-xilligidadir.
ЭТ маркази
Foydalanuvchi
Bilimlar
bazasi
taxrirchisi
Ekspertlardan olinadigan bilimlar
Ма’lumot-
lar bazasi
Bilimlarni
o’zlashtirish
moduli
Bilimlar bazasi
(bilim sohasi
bo’yicha ma’lum
dalillar, ushbu
bilimlarni
ko’rsatuvchi
formal qоidalar)
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
Ciqarish
mexanizmi
(interpretator,
rejachi)
121
26-rasm. Ekspert tizimi tarkibi
Shunga qaramasdan EТ yetarlik darajada keng qo’llaniladi; ularni quyidagi
turlar bo’yicha klassifikatsiyalash mumkin:
- interpretatsiya (kuzatilayotgan ma’lumotlar bo’yicha vaziyatlarni baholash);
- bashoratlash (berilgan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin bo’lgan xulosalarni
chiqarish);
- tashxislash (diagnostika, texnik tizim ishidagi yoki inson organizmidagi
buzilishlarni kuzatishlar ma’lumotlari asosida chiqarish);
- loyihalash (belgilangan cheklashlarni qoniqtiradigan obyektlarning shaklini
qurish);
- rejalash (ko’zlangan maqsadga erishish uchun harakatlar rejasini ishlab
chiqish);
- nazorat (xavf yoki kutilmagan vaziyat to’g’risida ogohlashtirish berish);
- tuzatish (faoliyatdagi kamchiliklarni tuzatish bo’yicha tavsiyalar berish);
- ta’mirlash (tizimda aniqlangan kamchiliklarni tugatish);
- o’qitish;
- boshqarish (tizimni o’zgaruvchi sharoitlarga moslash).
Hozirgi vaqtda o’z ichiga 6 asosiy bosqichni oladigan EТni yaratishning
ma’lum
texnologiyasi
shakllandi:
identifikatsiya,
kontseptualizatsiya,
formalizatsiya, bajarish, sinash va tajribali foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |