S avezbayev


 Тexnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/85
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669591
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85
Bog'liq
YeTLAT darslik

2. Тexnik vositalar va dasturiy ta’minot klassifikatsiyasi 
Yer tuzish loyihalarini va chizmalarini ishlash, ularni hayotga tadbiq etish va
mualliflik nazorati jarayonlarida qabul qilinadigan yechimlarning kompleksligini, 
mutanosibligini va samaradorligini ta’minlash uchun YEТLAТ uslubiy, axborot, 


35 
matematik, texnik va tashkiliy ta’minotni ta’minlovchi vositalarga ega bo’lishi 
kerak. (6- rasm).
YEТLAТning texnik ta’minoti (texnik vositalar, texnika) – bu yer tuzishni 
loyihalashning avtomatlashgan tizimining texnik jihozlari bo’lib, o’z ichiga 
kompyuter va boshqa mexanik, magnitli, elektr, elektron va optik ulanma 
qurilmalarni yoki EHM boshqaruvida yoki mustaqil ishlaydigan shunga o’xshash 
asboblarni hamda YEТLAТ faoliyati uchun zarur har qanday qurilmani oladi.
YEТLAТning texnik-dasturiy ta’minoti – bu yer tuzishni loyihalashning 
avtomatlashgan tizimining texnik va dasturiy ta’minotlari yig’indisidir. 
YEТLAТni ta’minlash vositalari orasida mos ma’lumotlar bazalarini, 
ma’lumotlarni kiritish va chiqarish vositalarini, yozma va chizma ma’lumotlarni 
tayyorlashning dasturiy vositalarini, ayrim yer tuzish masalalalarini yechish uchun 
amaliy dasturlar to’plamlarini, yozma va chizma tahrirchilarni ajratib ko’rsatish 
mumkin. Bundan tashqari ma’lumotlar bazasidagi ayrim ma’lumotlar to’plamlari 
o’z-o’zidan rejalash, dasturlash va ko’rsatkichlarni baholashga mos iqtisodiy-
matematik usullarni qo’llashni talab etadi. Bu esa mos dasturiy ta’minot 
zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Тa’minot vositalari butun tizim, uning funktsional ichki tizimlari, bloklari va 
masalalar majmualari hamda ayrim masalalar uchun ishlanadi. 
Hujjatlar tarkibiga maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun uslubiyatlar va 
ko’rsatmalar ham kiritilishi kerak. 
YEТLAТning ta’minot vositalarini tadbiq etish uchun EHMda va ananaviy 
usullar bilan yechiladigan masalalar majmuasini uslubiy, axborot va tashkiliy 
bog’lash asosida yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo’yicha 
loyihaviy yechimlarni olish texnologiyasi ishlangan bo’lishi kerak. Uning asosida, 
o’z navbatida, PEHMlarda hisoblashlarni o’tkazishning texnologik tartibi 
yaratilishi kerak. 


36 
6-rasm.. YEТLAТ ta’minlovchi vositalar klassifikatsiyasi. 
Uslubiy 
Loyihalashning 
yagona tizimi 
Loyihalar va 
chizmalarning 
mazmuni (tarkibi) 
Ko’rsatkichlar 
tizimi 
Chizmalar va 
loyihalarni ishlash 
usullari 
Ахborot
Ko’rsatkichlar 
tizimi 
Ma’lumotlarni 
formal ta’riflash 
vositasi 
Ахborot fondi 
Ахborot оqimini 
tashkil etish 
vositasi 
Hujjatlar tizimi 
Маtematik
Umumiy dasturiy 
vositalar (DV), 
operatsion tizimlar, 
diagnostika fayllarini 
yuritish uchun DV 
Rejalashni va 
loyihalashni avto-
matlashtirish DV 
Uslubiy 
yo’naltirilgan 
hisoblashlar DV
EТLAТning 
funktsional maqsadli 
DV 
Hisoblash jarayonini 
tashkil etish DV 
Техnik 
Eksplikatsiya 
Loyihalash 
Hujjatlar fondini 
yaratish 
EHM tarmoqlari 
tarkibi (EHM va 
ulanma qurilmalar 
turlari va shakllari) 
Tashkiliy 
Tashkiliy tarkib 
Huquqiy 
me’yorlar 
Loyihalarni 
ishlash jarayoni 
boshqarish 
Mutaxassislar 
Ish техnologiyasi 
EТLAТni ta’minlash vositalari 


37 
YEТLAТ ning ta’minot vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- tezkorlik, ko’p yechimlilik, belgilangan muddatlarga rioya qilish, 
ishonchlilik va qo’yilgan masalalarni aniq yechish; 
- ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish, har xil 
ichki tizimlarning kelishilgan tarzda ishlashi; 
- tizimni ta’minlovchi vositalarning va resurslarning tejamli ishlatilishi. 
YEТLAТ yordamchi qurilmalar ulangan personal kompyuterlar yoki lokal 
tarmoqqa ulangan PEHMlar asosida yaratiladigan yer tuzuvchi – loyihachilarning 
avtomatlashtirilgan ish o’rni (AIO’) orqali amalga oshiriladi. Amalda yer 
tuzuvchining AIO’ deganda odatda bitta yoki bir necha o’zaro bog’liq texnologik 
jarayonlar masalalarini avtomatik tarzda yechishni ta’minlaydigan texnik vositalar 
bilan birga geoaxborot tizimlari (GAТ), avtomatlashgan axborot tizimlari (AAТ)
va dasturiy-uslubiy majmualar (DUM) tushuniladi. 
Yer tuzuvchining avtomatlashtirilgan ish o’rni (YeТAIO’) – bu texnik va 
dasturiy vositalarning shaxsiy majmuasi bo’lib, o’z ichiga shaxsiy kompyuter yoki 
ishchi stantsiyani, skanerni, plotterni va boshqa ulama qurilmalarni, ma’lumotlarni 
dasturiy qayta ishlash vositalarini, mashina grafikasining bazaviy dasturiy 
ta’minotini, mos yo’nalishdagi amaliy dasturlar yig’indisini oladi va yer tuzuvchi 
mutaxassis kasbiy ishini avtomatlashtirishga mo’ljallangan bo’lib, lokal yoki 
hududiy tarmoq tarkibida yoki mustaqil tartibda faoliyat ko’rsatadi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish