Adaptatsiya turlariga: yuqori harorat sharoitiga mosla-
shish; ovqat yetishmasligiga moslashish; axborotlar kamligiga
moslashish; past harorat ta’siriga moslashish; vaznsizlik holati;
yerning magnit maydoniga moslashish; yuqori atmosfera
bosimiga moslashish; kislorod yetishmasligiga moslashish; suv
tanqisligiga moslashishlardan iborat.
Organizmning adaptatsiya imkoniyatlarini oshirish
uchun: asoslangan kun tartibiga rioya qilish; jismoniy mash-
g‘ulotlar; organiznmi chiniqtirish; moslashishga yordam-
lashuvchi dori-darmonlarni qo‘llash; ratsional ovqatlanishga
rioya qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |