tushunchasining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning antimistik qa-
rashlari bilan bog‘liqdir.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari rejalashtirish va
ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlar-
ning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi va kishining
mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan
jonning moddiylikdan xoli tabiati haqida g‘oyalar paydo bo‘ldi. Shu
bilan birga,
avvalgi antimistik, afsonaviy tasavvurlar o‘rnini ruhni
borliqning tabiatni falsafiy tushunish manzarasi nuqtai nazardan
tushuntirishga urinishlar egallay boshladi.
Tabiatni falsafiy tushunuvchi allomalar – Fales (miloddan avvalgi
VII–VI acrlar), Anaksimen (miloddan avvalgi V asr) va Geraklit
(miloddan avvalgi VI–V asrlar) ruhni olamning ibtidosini tashkil
etuvchi narsaning (suv, havo, olov) odamlar va hayvonlarga jon ato
etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining
bu g‘oyani izchillik bilan ilgari surishlari materializmning o‘ziga xos
shakli – materiyaning jonliligi (gilozoizm) to‘g‘risidagi xulosaga olib
keldi.
Bunday materialistik g‘oyalarni Demokrit (miloddan avvalgi V–
IV asrlar), Epikur (miloddan avvalgi IV–III asrlar) va Lukresiy
(miloddan avvalgi I asr) kabi atomistlarning
rivojlantira borishi
oqibati o‘laroq, ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jism, shuningdek
moddiy asos hisoblanmish aql, ya’ni boshqacha qilib aytganda,
hayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok
bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi.
Ruh bilan aqlning o‘zi tananing a’zolari bo‘lgani uchun ularning
o‘zi ham tana hisoblanadi va atomistlarning fikriga ko‘ra, sharsimon
kichik va ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning
soddaligiga qaramay, unda jonli narsa tananing eng sodda funksiya-
lardan tortib to psixikaga xos xususiyat
ekanligining tasdiqlanishi
progressiv hol edi.
Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo‘lidagi dastlab-
ki yirik muvaffaqiyatlar uning tabiiy olam qonunlariga bo‘ysunishini
isbot qilish va uning ko‘rinishlari organizmning anatomik-fiziologik
tuzilishiga bog‘liqligini kashf etish bilan uzviy aloqadordir.
Shu bilan birga, o‘sha davr materializm namoyandalari ega bo‘l-
gan ma’lumotlar yordamida kishiga xos mavhum mantiqiy tafakkur
6
qanday bo‘lishini, shaxsning ma’naviy fazilatlari qay tariqa tarkib
topishini, kishining o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va gavdani o‘z izmiga
bo‘ysundira bilish qobiliyati qay yo‘sinda amalga oshirilishini va shu
kabilarni tushuntirib berish qiyin edi.
Insonga xos xulq-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati
doirasidan tashqariga olib chiqish, «sharbatlar»
aralashmasi yoki
miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa
quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarga
psixika haqidagi idealistik qarashlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratib berdi.
Bu faylasuflar orasida Aflotun (miloddan avvalgi 428 yoki 427–
337 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi
tushunchani yaratdi hamda ulardan aql-idrok, jasorat va orzu-istakni
alohida ajratib ko‘rsatdi. Aflotun ular tananing turli qismlari (bosh,
ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)da joylashgan bo‘ladi, degan fikrni ilgari
surdi. Faylasufning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil
taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun
bo‘lishi individning u yoki bu ijtimoiy
guruhga mansubligini belgi-
laydi.
Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni
tana bilan psixikani ikki mustaqil va antogonistik ibtidolar tarzida
tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga
qaraganda uning shogirdi Arastu (miloddan avvalgi 384–322 yil-
lar)ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdi. U
psixologik fikrlarni tabiiy va ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya
va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning «Jon to‘g‘risidagi» asari psixo-
logiyaning bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib
chiqqanligidan dalolat beradi.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonni
tananing ajralmas qismi ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu bilan
Arastu ilmiy psixologiya faniga asos soldi.
Sharq
allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Navoiy o‘z asar-
larida psixika va shaxs psixologiyasi muammolari yuzasidan turlicha
yondashuvlar bilan chiqishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: