3-Mavzu: Mashinasozlikda ishlab chiqarishning turlari, shakllari, ularning tavsiflari va vaqt meyorlari


 Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi



Download 187,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.06.2022
Hajmi187,13 Kb.
#668257
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza mashguloti

3. Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi 
 
Yakka ishlab chiqarish, qoida bo’yicha qayta tayyorlash ko’zda tutilmagan 
kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish 
shakli potoksiz bo’lib, tanavorlarga ishlov berish nomlari (tipi) bir xilda 
bo’lgan universal dastgohlardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu 
uchastkalarga: tokarlik dastgohlar uchastkasi; frezerlik dastgohlari uchastkasi va 
boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi buyumlarning soni 
bitta-beshtadan ko’p bo’lmaganligi sababli, detal homaki tanavorlari chiviq po’lat 
prokatlardan, bolg’alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz erga quyilgan chushkalardan 
olinadi. Bunday tanavorlarga ishlov berib detal shakliga keltirguncha juda ko’p 
miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffisienti yuqori bo’ladi. 
Qo’llaniluvchi moslamalar, o’lchagich asboblar ko’pincha universal bo’ladi 
va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilarning malakasi esa yuqori bo’ladi. 
Tayyorlangan buyum, qism va detallarning tannarhi juda ham qimmat bo’ladi. 
4. Seriyalab ishlab chiqarish va uning tavsifi. 
Seriyalab ishlab chiqarish deb, buyumlarni, detallarni periodik ravishda 
qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlashga yoki ta’mirlashga tushuniladi. 
Seriyalab ishlab chiqarish, buyumlarni yoki detallarni ishlab chiqarish hajmiga, 
murakkabligiga va og’irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o’rta 
seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga farqlanadi.
TJ larni loyihalash bosqichida ishlab chiqarish turini faqat tahminiy aniqlash 
mumkin. Detallarni tayyorlash mehanika sehlarini va uchastkalarini loyihalashda 
3.1 jadvalda berilganlardan foydalanish mumkin. Detalni chizmasida bir yil ichida 
tayyorlanuvchi detallar soni ma’lum bo’lsa, buyumning o’lchami baholanadi va 
jadvaldagi sonlar bilan tahmiy solishtirib, berilgan mahsulotni ishlab chiqarish turi
tanlab olinadi.
Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og’ir mashinasozlik ishlab 
chiqarishga taalluqli bo’lib, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo’ladi, ishlab 
chiqariluvchi buyumlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, 
soni esa juda ham kam miqdorda bo’ladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda 
dasturli dastgohlar ham qo’llaniladi. Ishchilar malakasi yakkalabdagiday juda 
yuqori bo’ladi. 
3.1. Jadval. Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda 
tayyorlanuvchi bir hil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni 
Ishlab chiqarish 
turi 
Og’ir mashina 
sozlikning yirik 
buyumiari 
O’rtacha 
o’lchamdagi 
buyumlar 
Mayda 
buyumlar 


Yakka 
Mayda seriyali 
O’rta seriyali 
Yirik seriyali 
Ommaviy (yalpi) 
< 5 
- 100 
- 300 
-1000 
1000 
< 10 
10 - 200 
200 - 500 
500- 5000 
5000 
< 100 
100- 500 
500 - 5000 
5000 - 50000 
50000 
Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu, har bitta ishchi 
joyga tanavorlar partiyalab keltirilishi va shu partiya tanavorlarga sozlangan 
dastgohlarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli patokli ham 
patoksiz bo’lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko’pincha yakka 
ishlab chiqarishdagi kabi patoksiz ish tashkil qilish usuli qo’llaniladi. 
Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli 
ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan dastgohlar sehlarda 
tanavorlarga ishlov berish texnologik marshruti bo’yicha joylashtiriladi. Universal 
dastgohlar 
bilan 
bir 
qatorda, 
maxsus-agregat 
stanoklari, 
sonli-dasturli 
boshqariluvchi dastgohlar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi 
markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, moslashuvchan avtomatik 
ishlab chiqarish va boshqalar qo’llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda 
maxsus yig’ib-buzuluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig’iluvchan 
moslamalar qo’llaniladi. 
Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Tanavorlar ko’pincha 
mahsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus 
qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda 
tayyorlangan bo’lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga 
qaraganda pastroq bo’ladi. Кo’pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va 
dastgohlarni asosiy ishchilarga sozlab beradi. 
Yirik seriyalab ishlab chiqarish buyum ishlab chiqarish hajmi bo’yicha 
ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo’lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar 
texnologik marshrut-rejasi bo’yicha joylashtiriladi. Bu erda ham ishchilar malakasi 
past bo’lib, ko’pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita 
detallarni tayyorlash amalsini bajarish biriktirilgan bo’ladi. Amallar bog’lanish 
koeffisienti 2- 10 oraligida bo’ladi. 

Download 187,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish