Chiqindi kamroq bo‘lishi gazlamannng enini-ensizligiga, shuningdek,
to‘shama qanday usulda to‘shalgapnga ham bog‘liq bo‘ladi! SNIISHP andazalarni
ratsiopal joylashtirish usullari tasvirlangan bir qancha ko‘rsatma qo‘llanmalar ham
ishlab chiqqan. Ularda, yuqorida aytilganlardan tpshqari, to‘shamada gazlamani
o‘ngini o‘ngiga qilib to‘shasa ham gazlama anchagina tejalishi isbotlab borilgan.
Lekin kiyim konstrukspyasi bu usulni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydigan (masalan,
juft detallari yo‘q kiyimlar) bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda gazlama o‘ngi
faqat pastga qaratib to‘shalaveradi. Bichishda chiqindilarni kamaytirish uchun,
bo‘yi uzaytirilgan to‘shamaga mo‘ljallab bo‘rlama tayyorlash mumkin. Bunda
to‘shama oxiridagi qoldiq kamayadi, bir necha komplekt andazalarni baravariga
joylashtirish imkoniyati tug‘iladi. Bundan tashqari, to‘pdagi gazlamani qoldiqsiz
bichish uchun hisoblash osonlashadi. Agar fasoni ikki xil kiyim artikuli bir xil
gazlamadan tikiladigan bo‘lsa, unda ikkala fason andazalarini birga joylashtirish ham
yaxshi natija beradi.
Gazlamani ratsional sarflashni hisoblash osonroq bo‘lishi uchun, uzunligi har xil
bir nechta bo‘rlama tayyorlangani ma’qul. Xuddi shu maqsadda kattalar kiyimi
andozalarini bolalar kiyimi andozalari bilan birga joylashtirsa ham bo‘ladi, lekin bunda
ikkala kiyim artikuli bir xil gazlamadan tikiladigan, gazlama yalang qavat to‘shalsa,
uni sarf bo‘lishi buklab to‘shalgandagiga qaraganda 1—1,5% kamayadi. Lekin bunda
ham o‘ngini , o‘ngiga qaratib yalang qavat to‘shalsa, o‘ngini faqat pastga qaratib
to‘shalganiga nisbatan kamrok gazlama sarflanadi.
Qog`oz bo‘rlama surilib ketmasligi uchun to‘shamaning ustki qavatiga
maxsus qisqichlar bilan qisib qo‘yiladi yoki yelim bilan yopishtiriladi. Agar
fabrikada nur bilan ko‘paytirish stanoggi bo`lmasa, bo`rlamalar perfaratsion
moslamada ko‘paytirilidi. Buning uchun tayyorlangan bo‘rlamani bir necha (5—
10) qavat qog`oz ustiga qo‘yib perfaratsion moslama andozalar konturi bo‘ylab
yurgiziladi. Natijada barcha qogoz qavatlarida mayda mayda teshiklar hosil
bo‘ladi.
Trafaretlarinng o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Bular quyidagilardan
iborat:
1. Bor gazlamalar eni har xil bo‘lsa yoki kiyim fasoni tez-tez o‘zgarib tursa,
trafaretlardan foyda chiqmaydi.
2. Andoza izlarini gazlamaga o‘tkazish mexanizatsiyalashtirish anchagina qiyin.
3. Andoza izlari maydalangan bo‘r bilan gazlamaga tushirilgani uchun, ba’zi
joylari noaniq chiqib, ularni baribir qo‘lda bo‘rlash kerak bo‘ladi.
4. Trafaretlarni saqlash uchun maxsus joy talab etiladi.
Trafaret ishlatish oddiy bo‘rlama ishlatishga qaraganda foydalimi-yo‘qmi ekanini
bilish uchun, xarajatni qoplash koeffitsientidan foydalaniladi.Bu koeffitsient trafaret
tayyorlashga ketgan xarajatning bo‘rlama tayyorlashga ketgan xarajatga nisbati bilan
belgilanadi. Xarajatni qoplash koeffitsienti trafaretni tayyorlashga ketgan xarajat shu
trafaret necha marta ishlatilganda qoplanishini ko‘rsatadi. Tajribaning ko‘rsatishicha,
masalan, kog‘oz trafaret ikki-uch marta ishlatilgandayoq uni tayyorlashga ketgan
xarajat to‘la qoplanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: