Surunkali nur kasalligi
.
O’tkir nur kasalligidan farq qilgan holda surunkali nur xastaligi odam
tanasiga nurning uzoq vaqt ta’sir etishidan kelib chiqadi. Surunkali nur kasalligi
harbiy holatlarda ham, nur bilan ishlovchilar ehtiyot choralarini ko’rmaganlarida
ham kelib chiqishi mumkin. Kasallik belgilari. Surunkali nur kasalligi belgilari
nurning miqdoriga, uning tanada qay tarzda tarqalganiga va inson organizmining
nurlar ta’siriga naqadar sezgirligiga bogliq. Shu munosabat bilan hozirgi paytda
surunkali nurlanish nurning organizmga ta’siriga ko’ra uch davrga bo’linadi.
Birinchi davr nurnkng tanaga uzok vaqt mobaynida bir xil ta’sir etishi bilan
ifodalanadk. Ikkinchi davr nurning ham tashqaridai, xam odam ichiga tushib ta’sir
etish •hollarini o’z ichiga olib, bunda nur alohida bir a’zoga mahalliy ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Uchinchi davr umumiy va maxalliy nurlanishlardan iborat
turlarni o’z ichiga oladi. Surunkali nur kasalligida tanadan o’tgan nur miqdori bilan
kasallikning nechogli ogir o’tishi o’rtasidagi munosabat aniqlanmagan. Taxminan
1—1,5 gy nur olgan odamda xastalik belgilari yaqqol sezilmasa, 4—5 gy nur olgan
bemorlarda nur kasalligining ogir kechishi kuzatiladi, degan fikrlar mavjud.
Surunkali nur kasalligi bemor umumiy ahvolining yomonlashuvi bilan boshlanadi.
Bunda: 1) vegetativ va markaziy asab majmuasidagi o’zgarishlar (uyqu buzilishi
va xotira pasayishi bilan kechadigan nevroz, ko’p terlash va h. k.); 2) EKG da
tishlar voltajining pasayishi, qov bosimi tushib ketishi, bradikardiya bilan
kechadigan yurak va tomirlar etishmovchiligi; 3) jigarning kattalashishi,, teri va
ko’z oqining sargayishi; 4) sochlar to’kilishi, tirnoqlar yupqalashishi, terining
qurishi va po’st tashlashi; 5) qon tarkibidagi o’zgarishlar; 6) teri osti va shilliq,
qavatlarga qon quyilishi kuzatiladi.
Kasallikning engil turida (I darajali surunkali nur kasalligi) yuqorida ko’rib
o’tilgan o’zgarishlarni ko’ramiz. Qon tarkibida leykositlar soni o’zgarib turadi.
Bunda leykositlar soni kamaya borib (3-109/l gach1., neytrofillar ozayib,
limfositlar soni oshishini kuzatish mumkin. Kasallikning bu turi engil kechib,
bemorlar ikkinchi oy oxiriga borib sogayib ketadilar.
Kasallikning o’rtacha ogir turida ham kasallik belgilari xilma-xil bo’ladi.
Asteniyaga xos-belgilar va tomirlar distoniyasidan tashqari, teri ostiga qon
quyilishi, ichki a’zolar faoliyati buzilishi va moddalar almashinuvi izdan chiqishini
ko’rish mumkin. Qon tarkibidagi eritrositlar , (3,5—2-10'2 l) va gemoglobin
miqdori kamayadi. Leykositlar va trombositlar soni xam keskin kamayib ketadi.
Shu munosabat bilan bemorlar teri ostiga qon quyilishi, milk, burundan, ayollar
bachadonidan qon ketishidan shikoyat qiladilar. Turli xil trofik o’zgarishlar yuz
berib, suyaklar zirqiraydi. Yurak sohasida ogriq paydo bo’lib, yurak sekin ura
boshlaydi (bradikardiya). Kasallik yillab davom etadi va qattik charchash,
infekstiyalar ta’sirida zo’rayib turadi. Bunday bemorlar ko’p marotaba
davolanishlari kerak. Ko’pincha shundan so’ng ham bemor darddan to’la sogayib
ketmaydi.Surunkali nur kasalligining ogir turida kon quyilishi, qon ishlab
chikaruvchi a’zolar faoliyatining keskin yomonlashishi, markaziy asab majmuasi
va ichki a’zolarda qaytmas jarayonlar kechishi, yuqumli asoratlar xuruj qilishi
kuzatiladi. Ogir kamqonlik, leykositlar sonining keskin kamayib, granulositlar
qonda yo’qolib ketishi va trombositopeniya yuzaga keladi.
Kasallik shiddat bilan kechib, ko’pincha qon quyilishi yoki yuqumli
asoratlar tufayli bemor o’limi bilan tugaydi. Ayrim hollarda qon tarkibi va
bemorning umumiy ahvoli sal yaxshilanishi bilan ifodalanadigan to’liq bo’lmagan
remissiya kuzatiladi. Kasallikni davolash va oldini olish. Kasallikning oldini olish
uchun nur bilan ishlanadigan joylarda xavfsizlik koidalariga rioya qilish zarur.
Bunday joylarda inson organizmiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan nur miqdori
nazorat etib borilishi lozim. Kasallikka to’liq davo qilinishi zarur.
Surunkali nur kasalligining engil turida quvvatga kirgizadigan va nerv
faoliyatini yaxshilaydigan dori-darmonlar (jenshen, limonnik, eleuterokokk va
boshqalar), vitaminlar, kichik trankvilizatorlar tayinlanadi. Kasallikning o’rtacha
ogir turida yuqoridagi dori-darmonlardan tashqari, markaziy nerv sistemasi
faoliyatini yaxshilovchi, qon va leykositlar ishlab chiqa-rilishini maromga
soluvchi, qon quyulishini to’xtatuvchy dorilar, antibiotiklar, qon va uning tarkibiy
kismlari qo’llanadi. Surunkali nur kasalligining ogir turiga uzoq zaqt chidam va
qat’iylik bilan davo qilish zarur. Bunda asosiy e’tibor qon holatini yaxshilashga
(eritrositlar, leykositlar va trombositlarni qonga yuborish)u yuqumli asoratlarga
qarshi kurashga (bakteriyalarga qiron keltiruvchi dorilar, gamma-globulin va b. q.)
qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |