343
Elektrofiltrlarda nurlanuvchi elektrodlar
ham doim tok manbaining
manfiy qutbiga, cho‘ktirish elektrodlari esa musbat qutbiga ulanadi.
Cho‘ktirish elektrodining tayyorlanishiga qarab trubali va plastinali
elektrofiltrlar bo‘ladi. Elektrofiltrlar o‘zgarmas tokda ishlaydi, chunki tok
o‘zgaruvchi bo‘lganda zaryadlangan zarrachalar o‘z harakati yo‘nalishini
o‘zgartirib cho‘ktirish elektrodlarida cho‘kishga ulgurolmay,
gaz bilan
elektrofiltrdan chiqib ketishi mumkin. Elektr cho‘ktirish dastgohlari yuqori
kuchlanishli o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadi. O‘zgarmas tok kuchlanishi
220 – 500 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokdan kuchaytiruvchi transformator va
to‘g‘rilagich yordamida olinadi.
7.11.
Oqava suvlarni tozalash
Oqava suvlarni tozalashning ahamiyati.Foydali qazilmalarni
boyitish fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar boyitish jarayonining
chiqindilar bilan birgalikda chiqindi saqlash maydonlariga tashlanadi. O‘z
navbatida ular atrofdagi suv havzalariga tushib sifatiga sezilarli darajada
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Fabrikalardan
chiqayotgan
oqava
suvlarda
ifloslantiruvchi
moddalardan biri – bu dispers moddalardir.
Ular jumlasiga gravitatsiya
jarayoni chiqindilari, suvda erigan tuzlar, emulsiya holidagi flotatsion
reagentlar, reagentlarni o‘zaro va minerallar bilan ta’siri natijasida hosil
bo‘lgan mahsulotlar kiradi [2; 5].
Oqava suvlar tarkibida quyidagi zararli
moddalar va birikmalar
bo‘lishi mumkin.
-
Texnologik
jarayonlarda
qo‘llanilayotgan
kislotalar
va
ishqorlar.
-
Reagentlarda erigan temir, mis, nikel, rux, kaliy, alyuminiy,
kobalt, kadmiy, surma va boshqa metallar ionlari.
-
Sianidlar – suvlarni asosiy ifloslantiruvchi moddalar turkumiga
kirib boyitish fabrikasida flotatsion reagentlar sifatida keng qo‘llaniladi,
shuningdek sianidlar ruda va boyitmalarda oltinni ajratib olishda asosiy
reagent hisoblanib, oltin ajratish fabrikalarida keng qo‘llaniladi
shuningdek, sianidli eritmalarda rangli metallar bo‘lishi (mis,
rux va
boshqalar komplekslar hosil qilib, inson hayoti uchun zaharli hisoblanadi).
-
Ftoridlar ham boyitish fabrikasida flotatsiya jarayonida
reagent
sifatida qo‘llaniladi va ular jumlasiga ftor kislotasi, natriyning ftor
kremniyli tuzi misol bo‘ladi.
344
-
Foydali qazilmalarni flotatsion boyitish jarayonida, reagent
sifatida neft mahsulotlaridan keyin, fenol va krezollar, mis, mis-molibden
hamda molibden - volfram rudalari uchun foydalaniladi.
Oqava suvlar tarkibidagi zararli moddalarni tozalash.Xullas boyitish
fabrikalaridan chiqayotgan oqava suvlar tarkibi jihatidan zararli
moddalarga juda boy bo‘lib, atrof – muhitdagi suvlarni sezilarli darajada
zaharlaydi, u esa o‘z navbatida ekologiya va insoniyat hayotiga o‘zining
salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun fabrikadan chiqayotgan oqava
suvlarni tozalash muhim ahamiyatga ega,
undagi zararli moddalarni
miqdori mumkin qadar kam bo‘lib, sanitar normativlarida belgilangan
konsentratsiyadan oshmasligi shart, jumladan: Atrof muhitni oqava
suvlardan zararlanish darajasini kamaytirish usullaridan biri bu boyitish
texnologiyasida
qo‘llanilayotgan
suvlarning
aylanma
harakatini
ta’minlashdir, ya’ni fabrikadan chiqayotgan
oqava suvlarni texnologik
jarayonga qaytarishdan iboratdir.
Qaytarma oqava suvlar toza suvlardan farq qilib, ular texnologik
jarayon ko‘rsatgichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan: mis-
molibdenli rudalarni boyitish fabrikasidan chiqayotgan suvlar tarkibi
dispers zarrachalar va kerosindan tozalashda ishqordan foydalaniladi,
natijada oqava suvlardan kalsiyning miqdori
ortib ketishi flotatsiya
jarayonini buzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: